Узбекнефтегаз Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
Bosh sahifa  Yangiliklar  16 ta shaharda ommaviy yugurish musobaqasi bo’lib o’tdi

16 ta shaharda ommaviy yugurish musobaqasi bo’lib o’tdi

« Back

03.09.2023 09:46

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNIGA BAG‘ISHLAB 16 TA SHAHARDA YANGI NAFAS OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

3-sentyabr kuni «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!» shiori ostida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlari, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildilar.

photo_2023-09-03_09-57-46.jpg

photo_2023-09-03_11-38-10.jpg

Ushbu kuni har bir hudud va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar mamlakatning asosiy bayramini shaharlarning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish orqali nishonladi. Toshkentda Yangi Nafas barcha shahar ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadigan joyda – Humo Arena sport maydonining hududida o‘tkazildi. Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talabalar ham ishtirok etdi.

Tadbirning tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari,  “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.

Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasining dasturiga 3 v 10 km masofalik ikkita distansiya kiritildi. Qolgan shaharlar uchun - Yangi Nafas sport harakatining yagona ramziy masofasi - 3 km ni tashkil qildi.

Ta’kidlash kerakki, Yangi Nafas sport xalqaro ommaviy yugurish musobaqalarida, fuqaroligidan qat’i nazar, istagan barcha ishtirok etishi mumkin. 30 ta chet el davlatlarining vakillari ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi.  Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan taxminan 400 ta ishtirokchi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurdilar.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tabrik so‘zi bilan chiqib, barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi va davlatning asosiy sanalariga bag‘ishlab Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqalarining o‘tkazilishi yaxshi bir an’anaga aylanib qolganini belgilab o‘tdi. Respublikaning har bir fuqarosi qo‘shilishi mumkin bo‘lgan Yangi Nafas sport harakati, ruh irodasi, vatanparvarlik tuyg‘usi va butun mamlakat bilan hamjihatlik birlashtiriladigan platformaga aylandi.

Shu bilan birga, Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining ochilishida Viktor Mahmudov, Respublika Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik Kengashi kotibi, Adham Ikromov Yoshlar siyosati va sport vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Bahriddinovna so‘zga chiqdi.

Ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilib kelayotgan uch yil davomida 700 mingdn ortiq ishtirokchi Yangi Nafas sport harakatining bayrog‘i ostida birlashib, uning asosiy maqsadi millat salomatligini mustahkamlashtirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hisoblanadi. Ushbu munosabat bilan, hududlar doirasida ham ommaviy sportga va yengil atletikaga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Farg‘ona vodiysi va Samarqandda press-anjumanlar o‘tkazilgan bo‘lib, bunda keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

An’anaga ko‘ra, Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi paytida, Sport TV telekanalida, Toshkentdagi Humo Arena maydoni hududida ishtirokchi-shaharlardan sport tadbiri o‘tkazilishining jonli efirlari tashkil qilindi.

Yangi Nafas go‘liblari uchun tashkilotchilar tomonidan pullik mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari ajratildi. Musobaqa yetakchilarini tantanali taqdirlash uchun Milliy Bog‘ parkida maxsus tantanali oqshom tashkil etildi.


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5