Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  16 yoshli yengil atletikachimiz jahonda mavsum yetakchisiga aylanadi

16 yoshli yengil atletikachimiz jahonda mavsum yetakchisiga aylanadi

« Back

29.05.2022 08:31

 

 

Poytaxtimizdagi yengil atletika markazida ushbu sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida mamlakat kubogi va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Bugungi bahslar davomida uch hatlab sakrash sektorida U18 yosh toifasida jahonda mavsumning eng yaxshi natijasi va mamlakat rekordi qayd etilgan bo‘lsa, U20 yo‘nalishida JCh normativi bajarildi.

img_1878.jpg

Ushbu dasturda Sharifa Davronova (2006 yil) oltinchi urinishda 13.92 metr natija bilan 13 yildan beri o‘zgarmay turgan o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. 2009 yil Italiyada o‘tgan dunyo birinchiligida bronza medalini qo‘lga kiritgan Valeriya Kanatova 13,74 metr ko‘rsatkich bilan ushbu sektordagi Respublika rekordi muallifi bo‘lib turgan edi. Yanada ahamiyatlisi, joriy yil butun dunyoda o‘smirlar va yoshlar toifasida hech bir sportchi bunday uzoqlikka sakray olmagan.

Shuningdek, Xushnoza Shavkatova (2005 yil) 12,91 metr natija qayd etdi. Bu bilan Shavkatova joriy yilning 1-6 avgust kunlari Kolumbiyaning Kali shahrida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati normativini (12,85 m) bajardi.

img_1885.jpg

Qayd etish joiz, har ikki sportchimiz Samarqand maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, Muzaffar Karimov qo‘l ostida shug‘ullanishadi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, musobaqa yakunlangach, Xalqaro yengil atletika federatsiyasi unda qayd etilgan natijalarni tasdiqlashi bilan Sharifa Davronova ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida uch hatlab sakrash dasturida mavsum yetakchisiga aylanadi.

img_1900.jpg


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5