BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
« Back
OLYMPIC DAY VA YOSHLAR KUNI BYD YANGI NAFAS OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASI BILAN NISHONLANDI
29-iyun kuni ikkita ahamiyatli sana – O‘zbekiston Yoshlar kuni va Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan respublikaning 16 shahrida bir vaqtning o‘zida BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qariyb 60 ming yugurish ishqibozlari yoshlar olimpiya harakatini birlashtirish uchun shaharlarning markaziy ko‘chalariga chiqdilar. BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Shaxrisabz, Buxoro, Qorovulbozor, Urganch va Nukusda o‘tkazildi. Shuningdek, sport tadbirlari doirasida oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari va kursantlari ishtirokidagi Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi yugurish musobaqasi tashkil etildi.
Ulkan sport bayramining tashkilotchilari sifatida “O‘zbekneftgaz” AJ va O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi ko‘magi ostida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirok etdi. Viloyatlarda ommaviy yugurish musobaqalari hududiy hokimiyatlar ko‘magi ostida tashkil qilindi.
An’ana ko‘ra BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining masofasi har qanday yoshdagi barcha tayyorgarlik bosqichlarida bo‘lgan yuguruvchilar uchun eng maqbul hisoblangan 3 kilometrni tashkil qildi. Musobaqaga o‘quvchilar, talabalar, oilalar, shuningdek harbiy xizmatchilar hamda ishbilarmonlik va davlat sohalarining vakillari qo‘shildi. Toshkentda 2000dan ziyod ishtirokchi Yangi Uzbekistan hiyobonidagi ommaviy yugurish musobaqasida qatnashdi.
Olympic Day sharafiga o‘tkazilgan ommaviy yugurish musobaqasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Prezidenti Tomas Baxning murojaati bilan boshlandi. Bax o‘z murojaatida ushbu global voqea butun dunyo bo‘ylab barcha yoshdagi va turli millatlarga mansub millionlab odamlarni birlashtirgan holda, faol turmush tarzini yuritishga va sport tadbirlarida ishtirok etishga undashini qayd etgan. Ommaviy sportni rivojlantirish qabul qilingan Olimpiya xartiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
2024-yilda o‘tkaziladigan Yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida Xalqaro Olimpiya kunining nishonlanishi har bir professional sportchining hayotidagi eng muhim voqeaga tayyorgarlik ko‘rayotgan olimpiyachilarimizni qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Har yili 30-iyun kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yilda ta’sis etilgan yana bir milliy bayram – Yoshlar kuni keng nishonlanadi. Ushbu sanani bayram qilish doirasida ketma-ket uchinchi yil tadbirlar dasturiga Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari ham kiritiladi. Tashkilotlarning ta’kidlashicha, muvofiq barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida yoshlarni sport va jismoniy madaniyat bilan yaqindan tanishtirish eng muhim vazifalardan biri sanaladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari va kursantlari hamda huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari uchun tashkil etilgan Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ommaviy yugurish musobaqasining asosiy maqsadi harbiy tuzilmalar vakillari orasida sog‘lom musobaqa ruhiyatini tarbiyalash hamda sport va vatanparvarlikka asoslangan hamjihatlik g‘oyalari yordamida ularni jipslashtirishdan iborat.
Toshkentdagi tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adxam Ikramov olqishlovchi nutq bilan so‘zga chiqdi. Vazir qayd etganidek, Yangi Nafas an’anaga binoan butun respublikani birlashtiradi va minglab yuguruvchilar bir vaqtning o‘zida startni boshlaydi. To‘rt yil ichida ushbu loyiha 750 mingdan ortiq odamni qamrab olgan keng ko‘laml harakatga aylandi. Aynan yugurish O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirish hamda jamiyat uchun sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishning ilk bosqichi bo‘ldi.
Sport bayramida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurdagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov so‘zga chiqdi.
BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan sovrinli pul mukofoti ta’minlandi. Tantanali taqdirlash va g‘oliblarni qutlash marosimi Yengil atletika federatsiyasining stadionida tashkil etildi.
BYD Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari:
Erkaklar – 3 km (mutlaq toifa):
1. Eldor Botirov – 0:09:38
2. Oybek Mamatkomilov - 0:09:47
3. Jaxongir Raxmatullayev - 0:09:56
Ayollar – 3 km (mutlaq toifa):
1. Aziza Mirzaakbarova – 0:11:27
2. Darya Andropova – 0:11:50
3. Faridaxon Tulkinboyeva – 0:11:56
Erkaklar – 3 km (talabalar orasida):
1. Eldor Botirov – 0:09:38
2. G‘ayrat Xakimov - 0:10:06
3. Shaxrom Abduraxmonov - 0:10:12
Ayollar – 3 km (talabalar orasida):
1. Kamola Xakimdjnova – 0:22:49
2. Go‘zal Olimova– 0:23:5
3. Shaxlo Saloxiddinova – 0:24:08
Erkaklar – 3 km (kadetlar orasida):
1. Akmal Salayev – 0:10:47
2. Akobir Qironboyev – 0:10:51
3. Ulug‘bek Ashurboyev – 0:10:56
Ayollar – 3 km (kadetlar orasida):
1. Iroda Bekmirzayeva - 0:14:48
2. Navbaxor Daniyarova - 0:15:15
3. Zarina Abdusamatova - 0:16:06
Erkaklar – 3 km (+35):
1. Kamol Tashpulatov – 0:12:13
2. Ramil Gumirov – 0:12:29
3. Alisher Radjabov – 0:13:26
Ayollar – 3 km (+35):
1. Nigora Ruziyeva - 0:21:10
2. Kamila Sharobidinova - 0:22:13
3. Madina Davletova - 0:29:49





