Узбекнефтегаз Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
Bosh sahifa  Yangiliklar  6-BYD Toshkent Marafoniga 5000 Ishtirokchi Qo‘shildi

6-BYD Toshkent Marafoniga 5000 Ishtirokchi Qo‘shildi

« Back

22.04.2024 18:20

 

 

6-BYD TOSHKENT XALQARO MARAFONIGA 5000 ISHTIROKCHI QO‘SHILDI

21-aprel kuni Humo Arena sport majmuasi maydonida 45 ta davlatdan 5000 ga yaqin yuguruvchini to‘plagan 6-BYD Toshkent xalqaro marafoni start oldi. Sport tadbirining dasturiga 4 masofa kiritildi: 2,8 va 10 kmga ommaviy yugurish musobaqalari,   21 km yarim marafon va 42 km klassik marafon masofasi.

Tadbir arafasida, 20-aprel kuni, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi hududida Kids run ommaviy yugurish musobaqalari, Shimoliy yurish va nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar uchun ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tib, ularda 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

Marafon tashkilotchilari sifatida Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hamda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi yengil atletika Federatsiyasi Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi bilan birgalikda sport tadbirining koordinatori sifatida oltinchi marotaba ishtirok etdi.

Tadbirni sport vaziri Adham Ikromov ochar ekan, Toshkent marafoni 2019-yildan buyon sportni hayotining ajralmas qismiga aylantirgan ko‘plab yuguruvchilar uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanganini ta’kidlab o‘tdi. Marafon ishtirokchilari yildan-yilga startdan finishgacha yo‘llarini davom ettirib, yugurish tajribasini kengaytirib bormoqda va natijalarini yaxshilamoqda. Shubhasiz, Toshkent marafoni bahor faslida o‘tkaziladigan eng go‘zal va manzarali shahar tadbirlaridan biri nomiga sazovordir. Ushbu omillarning barchasi nafaqat O‘zbekistonda, balki uning ortida, qo‘shni davlatlarda ham yugurishni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov va BYD Markaziy Osiyo bosh direktori o‘rinbosari, BYD Factory Direktorlar kengashi a’zosi Ivan Tsao ham marafon ishtirokchilariga tabrik so‘zlari bilan murojaat qilishdi.

Marafon World Athletics sport tadbirlari taqvimiga kirib, World Athletics Label rasmiy maqomiga ega. Toshkent xalqaro marafon trassasi Xalqaro marafonlar va ommaviy yugurish musobaqalari assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan. Tadbir arafasida Toshkentga Janubiy Afrikadan texnik delegat Norri Villiamson nufuzli yugurish musobaqasining xalqaro talablarga muvofiq ravishda tashkil etilganligi va o‘tkazilishini baholash uchun tashrif buyurdi. Marafonda shuningdek antidoping nazoratini amalga oshirish maqsadida xalqaro doping-ofitserlar ham ishtirok etdi.

Sport tadbirining maqomi va nufuzi yildan yilga tobora ortib bormoqda. Toshkent marafonida ishtirok etish uchun tobora ko‘proq nufuzli sportchilar ariza topshirmoqda. Bu safar startning birinchi liniyasiga xalqaro va yarim marafonlarining g‘oliblari chiqdi: Yekaterina Tunguskova, Ilya Tyapkin, Xanna Kovalyova, Rinas Axmadeyev, Andrey Petrov, Mariya Korobitskaya, Marina Xmelevskaya, Katerina Vasilchenko, Shohrux Davlatov va boshqalar. Yosh sportchilar 720 mln so‘m miqdoridagi rekordli mukofot fondi uchun kurash olib bordi.

Mutlaq toifadagi erkaklar va ayollar orasida marafon istirokchilari uchun quyidagi pul mukofotlari ko‘zda tutilgan: 1-o‘rin uchun – 60 mln so‘m, 2-o‘rin uchun – 40 mln so‘m, 3-o‘rin uchun – 30 mln so‘m, 4-o‘rin uchun – 20 mln so‘m, 5-o‘rin uchun – 16 mln so‘m, 6-o‘rin uchun – 10 mln so‘m. Yarim marafon g‘oliblari 1-o‘rin uchun – 35 mln so‘m, 2-o‘rin uchun – 25 mln so‘m, 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m, 4-o‘rin uchun – 16 mln so‘m, 5-o‘rin uchun – 12 mln so‘m, VI o‘rin – 8 mln so‘m bilan taqdirlanadi. 10 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari 1-o‘rin uchun 9 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 6 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 3 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. 3 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Marafon tashkilotchilari ilk marotaba trassa rekordi uchun bosh mukofotga qo'shimcha sifatida pul mukofotlarini ham ajratdilar. 6-BYD Tashkent xalqaro marafonida marafon va yarim marafon masofalaridagi rekordlar yangilandi. Erkaklar o‘rtasidagi marafon masofasida 2:18:39 natija bilan trassadagi yangi rekordi bilan belaruslik sportchi Vladislav Primov g‘olib bo‘ldi. Vladislavning natijasi Baxtiyor O‘tkirovning avvalgi rekordidan 1:34 tezroq bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi yarim marafonda rossiyalik sportchi Rinas Axmadeev birinchi bo‘lib marraga yetib keldi. U 1:03:22 natija ko‘rsatdi va Shohrux Davlatovning o‘tgan yilgi natijasini 19 soniyaga yaxshiladi.

6-Toshkent xalqaro marafonining titul hamkori BYD davom etayotgan yarim marafon va marafon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati doirasida Oʻzbekistonning eng yaxshi sportchilari Shoxrux Davlatov va Yekaterina Tunguskovani taqdirlash uchun ikkita eng yangi bestseller – SONG PRO DM-i CHAMPIONni taqdim etdi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, haqiqiy muvaffaqiyat nafaqat savdo ko‘rsatkichlari va bozor ulushi, balki asosiy qadriyatlar bilan ham belgilanadi. Tadbirga homiylik qilish uning barqaror rivojlanishga sodiqligini namoyish qiladi va Oʻzbekistonning mahalliy avtomobil sanoatiga salmoqli hissa qoʻshish maqsadida sport va uning gumanitar maqsadlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildiradi.

Tashkilotchilar joriy yilda hamkor tashkilotlarni ham marafon ishtirokchisi, ham homiy sifatida jalb etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidladilar. Bu yilgi marafonning hamkorlari Hayat tibbiyot markazi, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Kalleh va RG Brands kompaniyasining A‘SU ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi savdo belgisi va salomatlik, sport va go‘zallik uchun innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi Siberian Wellness bo‘ldi. Eng yirik tez xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘i EVOS marafon kuni 200 dan ortiq ko‘ngillilarni oziq-ovqat bilan ta’minladi. Shuningdek, O‘zbekistonning 70 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlari mazkur sport tadbiriga korporativ jamoa sifatida qo‘shildi.

Marafon boshlanishi arafasida Yengil atletika federatsiyasi rahbariyati tomonidan navbatdagi Toshkent xalqaro marafonining sanasini ma’lum qilinib, u 2025-yil 13-aprelda bo‘lib o‘tadi.

6-Toshkent xalqaro marafoni g‘oliblari quyidagilar:

Marafon masofasi - 42 km, ayollar oʻrtasida:

1. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 2:40:58

2. Shohsanam Xurramova (O‘zbekiston) – 2:44:30

3. Yekaterina Tolstix (Rossiya) – 2:49:30

4. Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) – 2:52:58

5.Olga Serdyukova (Qozog‘iston) – 2:56:07

6. Gulnur Yelemesova (Qozog‘iston) – 3:10:25

Marafon masofasi - 42 km, erkaklar oʻrtasida:

1.Vladislav Primov (Belarus) – 2:18:39

2. Baxtiyor O'tkirov (O'zbekiston) - 2:23:29

3. Ilya Tyapkin (Qirg'iziston) – 2:24:53

4. Zikrillo Mamatqulov (O‘zbekiston) -2:32:11

5. Bekzod Boymatov (O‘zbekiston) – 2:44:30

6. Shahboz Tursunov (O‘zbekiston) – 2:48:42

Yarim marafon masofasi – 21 km, ayollar o‘rtasida:

1.Mariya Korobitskaya (Qozog'iston) - 1:12:53

2. Xalil qizi Aynuska (Qirg‘iziston) – 1:15:26

3. Moxinabonu Komilova (O‘zbekiston) – 1:23:04

4. Arafatxon Imomalieva (O'zbekiston) -1:26:45

5. Oydina Ikromova (O‘zbekiston) -1:32:33

6. Diana Yafasova (O‘zbekiston) – 1:39:03

Yarim marafon masofasi – 21 km, erkaklar oʻrtasida:

1. Rinas Axmadeev (Rossiya) - 1:03:22

2. Shohrux Davlatov (O‘zbekiston) – 1:04:22

3. Evgeniy Fadeev (O'zbekiston) - 1:06:47

4.Nodirbek Mutalipov (O‘zbekiston) -1:08:27

5. Tilekjan Jekshenali uulu (Qirg'iziston) – 1:08:38

6. Suyunbek Kubanov (Qirg'iziston) – 1:09:22

Ayollar oʻrtasida 10 km masofada:

1. Azizaxon Mirzakbarova (O‘zbekiston) – 38:49

2. Daria Antropova (O‘zbekiston) – 38:50

3. Anastasiya Silchenkova (O‘zbekiston) – 39:46

Erkaklar oʻrtasida 10 km masofada:

1. Hasan Mirsoatov (O‘zbekiston) – 33:32

2. Aleksandr Salahutdinov (Qirg'iziston) – 33:36

3. Rahimjon Kelmanov (Qozog'iston) – 33:52

2,8 kilometr erkaklar

1.Eldor Botirov – 8:05

2.Viktor Tsurenko – 8:21

3.Diyorbek Ahmedov – 8:24

2,8  kilometr ayollar

1. Marjona Oqqo'zieva – 9:16

2. Xayotxon Abdumannopova – 9:36

3. Mixizarbegim Avazjonova – 10:44

Musobaqa protokollari


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5