“MY5” telekanali ham endilikda kibersportni qoʻllab quvvatlaydi
« Back
“MY5” telekanali ham endilikda kibersportni qoʻllab quvvatlaydi: Esports Uzbekistan Federatsiyasi hamda telekanal oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Esports Uzbekistan Federatsiyasi yurtimizdagi eng ommabop va rang-barang efirlar oʻrin olgan “MY5” telekanali bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Endilikda kibersportni ommalashtirish va rivojlantirish yoʻlida “MY5” telekanali ham Esports Uzbekistan Federatsiyasi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Kelishuv yuzasidan ilk hamkorlik hozirda davom etayotgan “MINSPORT ONLAYN KUBOGI”da amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
25-apreldan 30-aprelga qadar ushbu kibersport musobaqasidagi markaziy va hal qiluvchi uchrashuvlar “MY5” orqali efirga uzatiladi va turnirga bagʻishlangan koʻrsatuvlar tashkillashtiriladi.
Shuningdek, Federatsiyaning kelgusi loyihalarida ham “MY5” telekanali bosh axborot hamkori sifatida musobaqalarning keng yoritilishida ishtirok etadi va hamkorlikda kibersport va Federatsiya faoliyatiga bagʻishlangan koʻrsatuvlar yoʻlga qoʻyish maqsad qilindi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati





