"Osiyo bolalari" o'yinlaridagi chiqish natijalari
« Back
Vladivostok shahri ( Rossiya) da bo‘lib o‘tgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etgan o‘smirlarlar terma jamoasi (2007-2008) sportchilari tomonidan 4 oltin, 4 kumush va 8 bronza jami 16 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal soxiblari:
Toshkent shahri sportchisi Rustam Abdullaev 100 m 11,51sek, 200 m 23,36 sek va uzunlikka sakrashda 6,71sm uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Murabbiyi Lyubov Nikolaevna Chuprunova.
Namangan viloyati sportchisi Maftuna Axmedova 1500 metrga yugurishda 4:36,81 sek natijaga ega bo‘ldi. Murabbiyi Hakimov Ravshan Xolmatovich.
Kumush medal egalari:
Qashqadaryo viloyati sportchisi Servar Meyliyev uzunlikka sakrashda 6,37 sm natijani ko‘rsatdi. Murabbiyi A’zam Xoliyarov
Andijon viloyati sportchisi Dilnoza Xoshimova 1500 metrga yugurishda 4:48,91 sek natijasi bilan ishtirok etdi. Murabbiyi Mo‘min Qodirov.
Yengil atletikaning 4x100 metrga o‘g‘il bolalar o‘rtasida estafetaga yugurish bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasi 46,81 sek natija ko‘rsatib II-o‘rinni egalladilar.
Sportchilar Ilya Sirenko ( murabbiyi Yelena Drozdova), Amir Ishonxo‘jaev (murabbiyi Kuzmin Anatoliy Georgievich) , Rustam Abdullaev va Servar Meilievlar.
Qiz bolalar jamoasi 4x400 metr estafetaga yugurish bo‘yichafaxrli II-o‘rinni egalladilar ularning natijalari 4:03.98 sek.
Namangan viloyatidan Moxidil Mamajonova, Navoiy viloyatidan Visola Sanoeva va Karina Karimovalar, Qashqadaryo viloyati sportchisi Niginabonu Qanoatova.
Bronza medal soxiblari:
Toshkent shahri sportchisi Amir Ishonxo‘jaev 100 m 11,92 sek va 200 m 23,92 seklarga yugurishda III-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Murabbiyi Kuzmin Anatoliy Georgievich.
Navoiy viloyati sportchisi Karina Karimova 100 metrga yugurishda – 12,88sek natijaga erishdi. murabbiylari Sanjar Aslanov va Zulfizar Aslanova.
Farg'ona viloyati sportchisi Islom Tilaboldiev 400 metr masofaga 53,46 sek.
Murabbiyi Axatjon Maxsumov Abdumalikovich
Farg'ona viloyati sportchisi Ruxshona Muxamedinova 3000 metrga yugurishda 10:43.37 sek.
Murabbiyi Axatjon Maxsumov Abdumalikovich.
Namangan viloyati sportchisi Maftuna Axmedova 800 metrga yugurishda 2:14.20sek.
Murabbiyi Ravshan Xolmatovich Hakimov.
Farg‘ona viloyati sportchisi Asadbek Xaliljonov 800 metrga yugurishda 2:04.56 sek. Murabbiyi Axatjon Maksumov Abdumalikovich.
4x100 metr estafetaga yugurish bo‘yicha qizlar jamoasi 51,08 sek natija bilan III- o‘rinni egalladilar.
Sportchilar: Navoiy viloyati Karina Karimova, Namangan viloyati Sofiya Nikolaeva, Farg‘ona viloyati Shahribonu Qambarova va Buxoro viloyatidan Jasmina Kiyomovalar ishtirok etdilar.
VII Xalqaro “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritib xalqaro arenalarda O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga ko‘tarib ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritgan terma jamoa a'zolarini, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va Respublikamizning barcha sporchi hamda murabbiylari nomidan Sizlarni va murabbiylaringizni chin qalbdan tabriklaymiz. Kelgusida yanada ulkan yutuqlarni kutib qolamiz.
Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishda o'rinbosarlar jamoasi katta murabbiyi Sibagatullina Albina Salavatovna, jamoa psixologi va sport menejeri Andreeva Naira Talgatovna va RSVSM direktori Kutybaev Erkinbay Menglibaevichga shuningdek, xalqaro musobaqada milliy terma jamoa a'zolariga yaqindan ko‘maklashgan va ularga sharoitlar yaratib berishda amaliy yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.





