Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  O‘zbekiston Ochiq Kubogida 41 yillik rekord yangilandi

O‘zbekiston Ochiq Kubogida 41 yillik rekord yangilandi

« Back

22.09.2025 02:00

17—18-sentabr kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogi (Uzbekistan Cup Open) musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Yuksak saviyada tashkillashtirilgan va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqada yurtimizning kattalar toifasida eng tezkor va eng kuchli atletlari o‘zaro kurash olib bordi. O‘zbekistonlik professional atletlar qatorida xorijlik sportchilar ham o‘z imkoniyatlarini mazkur musobaqada yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Yengil atletikaning erkaklar va ayollar o‘rtasida 22 turi hamda 1 aralash yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi, diplom va medallar topshirildi, shuningdek oldinda turgan muhim xalqaro musobaqalar oldidan barcha atletlar o‘z jismoniy holatiga baho berib oldi.

Musobaqani tomosha qilish uchun yig‘ilganlar shiddatli kurashlar bilan birga hayratlanarli natijalarga ham guvoh bo‘lishdi. Xususan, 400 metr masofaga g‘ovlar osha yugurish bahslarida Farg‘ona viloyati vakilasi Shodiyona Raxmonova 59.79 soniya natija bilan 18 yoshgacha bo‘lgan ayol atletlar orasida O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. Ajablanarlisi, ushbu natija qariyb 41 yillik rekord yangilanishiga olib keldi. 400 metrga g‘ovlar osha yugurish musobaqasida Shodiyona eng yaqin ta'qibchisidan naqd 8 soniya tezroq marra chizig‘ini kesib o‘tdi(!). Mazkur natija tashkilotchilar va tomoshabinlar uchun musobaqani yanada ishtiyoq bilan o‘tkazishga turtki bo‘ldi. Ayniqsa, Shodiyona Raxmonovaning murabbiyi A.Karimov
va Farg‘ona viloyatidan kelgan ishtirokchilar yangilangan rekord va ajoyib natijadan mamnun ekanliklarini namoyish etishdi. Bu mamlakatimizda yengil atletika rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mevalaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, ushbu natija boshqa yosh sportchilarni yanada ko‘proq o‘z ustida ishlashga undadi hamda ularga mavjud rekordlarni yangilash, ulardan yaxshirog‘ini qayd etish imkonsiz emasligini yana bir bor isbotladi.

O‘z ustida tinimsiz ishlash va aniq maqsad yo‘lida bardavom bo‘lish, albatta bir kun o‘z so‘zini aytadi. Rekordchi atlet bu natija bilan cheklanib qolmasligini oldinda turgan Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish niyatida ekanligini bildirdi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati yuqori natijaga erishib rekordni yangilagan Shodiyona Rahmonovaga pul mukofoti topshirdi. Taqdirlash ma'rosimida federatsiya rais o‘rinbosari Otabek Bobomuratovich Choriyev bevosita ishtirok etib, atletni rekord natija bilan tabrikladi hamda kelgusida faoliyatiga omad tiladi. Shodiyona Rahmonovaning mamlakatimizda yengil atletika sporti rivoji uchun qo‘shgan hissasiga yuqori baho berdi.

IMG_8626_cr

IMG_8667_cr

IMG_8681_cr

IMG_8637_cr


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5