Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  O‘zbekiston Ochiq Kubogida yuqori natijalar qayd etildi

O‘zbekiston Ochiq Kubogida yuqori natijalar qayd etildi

« Back

22.09.2025 02:00

Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogi (Uzbekistan Cup Open) yengil atletikaning erkaklar va ayollar o‘rtasida 22 turi va 1 aralash yo‘nalishidan iborat dastur asosida o‘tkazildi. Musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan sportchilar, shuningdek Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar hamda Bahrayn, Quvayt va Qatar kabi xorijiy davlatlardan kelgan professional atletlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Mazkur musobaqa joriy yilda Bahrayn mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib olish, shu bilan bir qatorda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan oltinchi Islom birdamligi o‘yinlariga terma jamoa tarkibini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Ochiq Kubogi juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bunga musobaqa davomida qayd etilgan bir qator yuqori natijalar va rekordlar ham katta hissa qo‘shdi. Dastlab 100 metr va 400 metrga g‘ovlar osha yugurish bahslarida ishtirok etgan Shodiyona Raxmonova 41 yillik O‘zbekiston rekordini yangiladi. 400 metr masofani g‘ovlar osha bosib o‘tish musobaqasida Farg‘ona viloyati vakilasi Shodiyona Raxmonova 59.76 soniya qayd etgan holda 18 yoshgacha bo‘lgan ayol atletlar orasida eng tezkor ko‘rsatkichni o‘rnatdi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati Shodiyona Raxmonovani pul mukofoti bilan taqdirladi. 

Yana bir atletimiz Anastasiya Silchenkova uzoq masofaga yugurish turlari tarkibiga kiruvchi 5,000 metrga yugurish musobaqasida ishtirok etgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Qizig‘i, Toshkent shahar vakilasi aynan o‘zi tomonidan joriy yilning 22-iyunida o‘rnatilgan rekord — 16:55.02'ni yanada yaxshilab 16:42.83 natija bilan 18 yoshgacha bo‘lgan ayol yengil atletika sportchilari o‘rtasida O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati Anastasiya Silchenkovaga ham mukofot puli topshirdi. Yosh atletning qayd etgan natijasidan uning murabbiyi Z.Sh.Amirova xursandligini bildirdi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rais o‘rinbosari Otabek Bobomuratovich Choriyev taqdirlash ma'rosimida bevosita ishtirok etib sportchi va uning murabbiyini yuksak natija bilan tabrikladi.


IMG_8738_cr

Ayollar o‘rtasida o‘rta masofaga yugurish turlari orasida 800 metrga yugurish bo‘yicha musobaqada Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan Saboxat Saminjonova barcha raqiblaridan tezkor ekanini isbotladi va marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi. Uning ushbu masofani yugurib o‘tishi uchun sarflagan vaqti — 2:06.76 juda yuqori natija hisoblanadi. So‘nggi paytlarda bunday yuqori ko‘rsatkich qayd etilmagan edi. Yakunlangan O‘zbekiston Ochiq Kubogi mana shunday yorqin lahzalari bilan yodda qoladi.

 


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5