Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida konferensiya bo‘lib o‘tdi

« Back

26.09.2025 02:00

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida navbatdan tashqari o‘tkazilgan konferensiya kun tartibidan muhim masalalar o‘rin oldi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rais o‘rinbosari K.A.Usmonov konferensiya avvalida yig‘ilish kun tartibida turgan muhim masalalarni e‘lon qildi

Muhokama qilingan masalalar doirasida federatsiya tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan rais o‘rinbosari O.Choriyevning ma’lumotlari tinglandi. Yil davomida sohada erishilgan yutuqlar e’tirof etildi va tegishli xulosalar chiqarildi. Shuningdek, konferensiya davomida Federatsiya Ustavining yangi tahririni muhokama qilindi va tasdiqlandi

Yangi tahrirdagi ustavga ko‘ra, Federatsiya Boshqaruv kengashi tarkibi quyidagicha bo‘ldi:

  1. Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich — Federatsiya raisi, Boshqaruv kengashi raisi.
  2. Choriyev Otabek Bobomuratovich — Federatsiya raisi o‘rinbosari, Boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari.
  3. Usmonov Kamoliddin Aloviddin o‘g‘li — Federatsiya raisi o‘rinbosari, Boshqaruv kengashi a’zosi.
  4. Abduvaliyev Andrey Xakimovich — Federatsiya raisi o‘rinbosari, Boshqaruv kengashi a’zosi.
  5. Avazov Dilshod Ismoil o‘g‘li — Federatsiya Bosh kotibi, Boshqaruv kengashi a’zosi.
  6. Xubbiyeva Guzel Shavkatovna — Federatsiya Bosh treneri, Boshqaruv kengashi a’zosi.
  7. Shinibekova Elvira Jaxangarovna — Federatsiya milliy terma jamoalar faoliyatini koordinatsiya va monitoring bo‘yicha mutaxassisi, Boshqaruv kengashi a’zosi.
  8. Mirsadikov Mirovoz Mirsakiyevich — Yengil atletika bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorat maktabi treneri, Boshqaruv kengashi a’zosi.
  9. Soliyev Iqror Roziqovich — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mas’ul xodimi, Boshqaruv kengashi a’zosi.

    10. Ortiqov Xasanboy Tolipovich — Federatsiya hakamlar hay’ati raisi, Boshqaruv kengashi a’zosi.

Shuningdek, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi xodimlar bilan ishlash inspektori Tashxodjayeva Diloram Sidikova Boshqaruv kengashi kotibi (ovoz berish huquqisiz).


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5