Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  «Save Aral» xalqaro sport poygalarining yangi mavsumi boshlanmoqda

«Save Aral» xalqaro sport poygalarining yangi mavsumi boshlanmoqda

« Back

20.02.2022 09:10

 

 

PRESSRELIZ

«Save Aral» xalqaro sport poygalarining yangi mavsumi boshlanmoqda

20 fevral kuni Guliston shahrida, Yengil atletika federatsiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya Qo’mitasi va Sirdaryo viloyati hokimligi ko’magida tashkil etilgan, «Save Aral» xayriya xalqaro poygasining navbatdagi mavsumiga start berildi. 2 mingga yaqin ishtirokchi «Save Aral - 2022» ilk poygasida ishtirok etish uchun qo’shildi.

2019 yildan boshlab, Yengil atletika federatsiyasining tashabbusiga binoan, O’zbekistonning katta va kichik shaharlari bo’ylab «Save Aral» ommaviy poygalari tashkil etilib, butun bir sport harakatiga aylandi. 3 yillik mavjud bo’lgan davri mobaynida tadbirlarda 100 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi, butun respublika bo’ylab 35 ta poyga o’tkazildi.

Hududiy markazlarda «Save Aral» poygalari allaqachon an’anaviy madaniy-ommaviy tadbirga aylandi. Bevosita viloyatlarning hokimiyatlari tomonidan, Yengil atletika federatsiyasi hamda Spotni rivojlantirish vazirligining hududiy vakillari ko’magida, 2022 yilda  30 ta sport poygalari tashkillashtiriladi. Umumiy bo’lib, fevraldan boshlab noyabrgacha davlatning barcha hududlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida 50 ta poygani tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu yili sport tadbirlarining asosiy tashkilotchilaridan biri sifatida «O’zbekneftgaz» AJ qo’shildi.

Gulistonda poygani o’tkazish uchun shahar ma’muriyati tomonidan shaharning markaziy ko’chalari bekitildi: Guliston ko’chasidan Mustaqillik ko’chasigacha. Hokimiyat xodimlarining o’zlari ham  «Save Aral - 2022» poygasini qo’llab-quvvatlash maqsadida 3 kilometr masofani yugurib o’tdi.

«Guliston va yonma-yon joylashgan barcha shaharlar hamda hududiy markazlarining yashovchilari barcha tashabbuslarda faollik bilan ishtirok etmoqda, sport hayotlarining muhim qismiga aylangan, - deb ta’kidlashdi Sirdaryo viloyatining hokimiyatida, – Biz katta g’urur his etgan holda, 2020 yili Tokioda bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarining ishtirokchisi – Safina Sadullayeva Sirdaryo shahrida tug’ilganini ma’lum qilamiz. Ehtimol, bizning viloyatimizda ham bir necha yildan so’ng umumiy harakatlar natijasida xalqaro darajali professional sportsmenlarning butun bir maktabi shakllanadi».

Aytib o’tishimiz joizki, «Save Aral» xalqaro ommaviy sport poygasining o’tkazilishi  eng yuqori miqyosda qo’llab-quvvatlanadi. Tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli “O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Qabul qilingan hujjatda uning asosiy maqsadlari belgilangan – aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ma’lum dasturlarni amalyotda joriy etish, yosh avlodni faol jismoniy va sport faoliyatiga jalb qilish hamda milliy terma jamoalarini shakllantirish uchun potentsial sportchilarni saralab olish va sport turizmini rivojlantirish. Bundan tashqari, «Save Aral» poygalarining ijtimoiy g’oyasi jamoatchilik e’tiborini Orol bo’yi mintaqasi hamda Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga jalb qilishga qaratilgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ommaviy sportga bo’lgan e’tibor natijasida nafaqat millatning salomatligi ta’minlanadi, balki mamlakatda sport rivojlanishi va katta yutuqlarga erishishni rag’batlantiradi. «Save Aral» sport xayriya poygasining doirasida, bitta yugurish yo’lagida yengil atletika havaskorlari ham, yuniorlar ham, tajribali sportsmenlar – turli xil xalqaro o’yinlar va marafonlarning ishtirokchilari ham uchrashadi.

Bizni qo'llab-quvvatlang
Facebook:
@SaveAral2021
Instagram: @marathon_aral2021

   O’zbekiston Respublikasi

Yengil atletika federatsiyasining

Matbuot xizmati


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5