Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  Sport mavsumi davom etmoqda Save Aral – 2022

Sport mavsumi davom etmoqda Save Aral – 2022

« Back

28.08.2022 22:44

 

 

Sport mavsumi davom etmoqda: Save Aral – 2022 kuzgi bosqichi
va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi start oldi

       27-avgust kuni «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan, uning tarkibiy tuzilmasi Uzbekistan GTL zavodi bilan birgalikda hamda Yengil atletika federatsiyasi ko‘magida tungi xayriya ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi va Save Aral – 2022 ijtimoiy loyihasi doirasida start oldi. Ommaviy yugurish musobaqasida «O‘zbekneftgaz» AJ ga qarashli tarkibiy tuzilmalar: Uzbekistan GTL zavodi, Sho‘rtan GQChB va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishtirok etdi. Ushbu sport tadbirining o‘tkazilishi yaqinda bo‘lib o‘tadigan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yillik bayrami nishonlanishiga bag‘ishlandi.

Ilk marotaba, tashkilotchilarning qaroriga asosan, Save Aral – 2022 ommaviy yugurish musobaqalarining kuzgi bosqichi hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi O‘zbekiston shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab odatdagi marshrut bo‘yicha emas, Markaziy Osiyodagi sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonasida – Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan Uzbekistan GTL zavodi yonidagi hududda start oldi.

Ijtimoiy-ekologik hamkorlik sohasidagi masalalarni amalga oshirish maqsadida sport va yuqori texnologiyalar kollaboratsiyasi Yengil atletika federatsiyasining yangi rahbariyati tomonidan taklif etildi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyidan boshlab «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Federatsiyaga rahbarlik qilmoqda.

«Save Aral - 2022 xayriya ommaviy yugurish musobaqasi va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi kubogining Uzbekistan GTL zavodi atrofidagi hududda o‘tkazilishi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi Uzbekistan GTL zavodi, Sho‘rtan GQChB va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining katta jamoasini ommaviy sport bilan faol shug‘ullanishga jalb qilish uchun ajoyib tashabbus bo‘lib hisoblanadi. Xodimlar salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish va mehnat muhofazasi «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyatining alohida etiboridadir deb ta’kidlab o‘tdi Mehriddin Abdullayev. Shuningdek, GTL zavodida eng zamonaviy xalqaro standartlar joriy etilgan, lekin ayni paytda jamoa ichida ekologik ma’suliyatni ham rivojlantirish juda muhim.

Neft-gaz sohasining mutaxassislari o‘z faoliyatida atrof-muhitni himoya qilish masalalari bilan muntazam ravishda duch keladi. Ular, Save Aral – 2022 hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish arafasida tashkil etilgan, Uzbekistan GTL majmuasi yonidagi G‘uzor tumanini obodonlashtirishga qaratilgan ekologik aksiyalarga katta istak bilan qo‘shildilar. Ekologik aksiyalar doirasida Federatsiya va «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan saksovul ekish hamda hududni maishiy axlat uyumlaridan tozalash ishlari tashkillashtirildi.

Save Aral sport ommaviy yugurish musobaqalarini o‘tkazish yillari davomida, ijtimoiy loyihaning keng jamoatchilik e’tiborini Orol dengizi fojeasi va Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklash masalalarini hal qilish uchun choralarni faollashtirishga jalb qilishga qaratilgan asosiy maqsadi, aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va bilim tarqatish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbusga aylandi.

Keng jamoatchilik tomonidan muntazam qiziqishni ta’minlash maqsadida Yengil atletika federatsiyasi tomonidan doimiy ravishda ommaviy yugurish musobaqalarini noodatiy o‘tkazish formatlari taklif etiladi. Save Aral - 2022 hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi sport tadbirining o‘tkazilishi o‘ziga xos neft-gaz majmuasi yonidagi hududda tungi paytda tashkil etilishi ham ishtirokchilarni jalb etishga qaratilgan o‘zgacha yechim bo‘ldi. Uzbekistan GTL zavodining sanoat jihatdan jihozlanishi xayriya ommaviy yugurish musobaqasini ajratilgan sport trassasi ko‘rinadigan qismida xavfsiz marshrut bo‘ylab tashkil etish imkoniyatini berdi. Uzbekistan GTL zavodining xodimlari yashaydigan vaxta shaharchasining hududi ommaviy yugurish musobaqasining finish nuqtasi sifatida tanlandi.

Save Aral – 2022 va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi tungi ommaviy yugurish musobaqasida ikki ming atrofida inson ishtirok etib, ular orasida o‘z oilalari bilan qatnashgan Uzbekistan GTL hamda Sho‘rtan NGQChB va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining mutaxassislari bor. Sport tadbiriga, Save Aral loyihasida bir necha marotaba ishtirok etgan, Qashqadaryo viloyatidan sportchilar va yugurish havaskorlari qo‘shildi.

Musobaqa g'oliblari quyidagi natijalarga erishidilar:

Xodim erkaklar:

1. Primov Hasan 12:30.43

2. Purmanov Mansur 12:31.55

3. Primov Husan 12:32.46

Xodim ayollar:

1. Iemke Stlyn 16:08.18 Janubiy Afrika

2. Kenjayeva Shirin 16:26.28

3. Tojieva Farida 17:02.26

Mahalliy erkaklar:

1. Mahmudov Jahongir 12:05.87

2. Juraev Muslimbek 12:15.43

3. Muhammadiev Asilbek 12:16.40

Mahalliy ayollar:

1. Omonova Dilfuz 14:42.56

2. Saidmuradova Shoxida 15:10.57

3. Hukumova Jonbebe 15:40.22

Qatnashchilar umumiy soni: 1800

Ulardan tashqari:

Harbiylar - 130

Oila a'zolari - 600

Har bir ishtirokchiga peshona uchun fonarcha va qurib borayotgan Orol dengizi tasvirlangan sport kiyimi berildi. Eng yaxshi natijani namoyish qilgan yuguruvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, alohida nominatsiyalardagi o‘zgacha ehtiyojlarga ega musobaqa ishtirokchilarga ham sovg‘alar berildi.

Save Aral – 2022 hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi loyihasi O‘zbekistonda ommaviy sportni ommalashtirishga qaratilgan eng kuchli va samarali vositalardan biriga aylandi. Save Aral – 2022 loyihasini O‘zbekistonning katta va kichik shaharlari bo‘ylab sport tadbirlarini 3 yil davomida o‘tkazish mobaynida 35 ta tashkil etilgan ommaviy yugurish musobaqalarida turli yoshdagi 130 mingga yaqin inson ishtirok etdi. 2022 yil boshidan Yengil atletika federatsiyasi tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ bilan birgalikda Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Qashqadryo, Surhondaryo, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida 12 ta ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi. Save Aral – 2022 kuzgi mavsumi hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi doirasida 8 ta ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ularda sportni rivojlantirish harakatiga qo‘shilmoqchi va atrof-muhit muhofazasiga o‘z hissasini kiritmoqchi bo‘lgan har bir ishtirokchi qatnashishi mumkin.

Tashkiliy qo‘mita


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5