Toshkent Xalqaro marafoni 6 dekabr kuni oʼtkaziladi
« Back
Toshkent Xalqaro marafoni 2020 yil 6 dekabrь kuni oʼtkaziladi!
6-dekabr kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida olamshumul hodisa, koronavirus pandemiyasi boshlanishi munosabati bilan 22-mart kuni boʼlib oʼtishi kerak boʼlgan biroq qoldirilgan, ikkinchi Toshkent Xalqaro marafoni boʼlib oʼtadi.
Bahorda rejalashtirilganidek, gʼoliblar erkaklar va ayollar oʼrtasidagi klassik marafonda (42 195 metr), yarim marafonda (21 097,5 metr), shuningdek, 3 km hamda 1,5 km masofalarga yugurishda aniqlanadi.
Marafon va yarim marafon ishtirokchilarining yoshi 18 yoshdan katta (2002y.t. va undan kattalar). 3 km va 1,5 km. Masofadaga yugurish ishtirokchilarining yoshi cheklanmagan. Marafon va yarim marafonda qaysi mamlakatdan kelganligidan qatʼi nazar barcha sportchilar va xavaskor yuguruvchilar qatnashishlari mumkin. 1,5 km masofada 2003-2008, 1975-2002 1974 y.t. va undan kattalar yosh toifalaridagi erkaklar va ayollar oʼrtasida gʼolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Mart oyigacha roʼyxatdan oʼtgan va kirish toʼlovini toʼlagan barcha ishtirokchilar qayta belgilangan oʼtkazish sanasida avtomatik ravishda tanlagan yugurish masofasi turiga roʼyxatga qoʼyiladilar.
Har bir ishtirokchiga masofani bosib oʼtgan vaqtini qayd etuvchi elektron chipli shaxsiy raqam beriladi.
Tadbir tashkiliy qoʼmitasi, marafonning yuqori saviyasini va xavfsiz oʼtishini taʼminlash maqsadida davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlaydi. Tadbir oʼtkazish davrida ishtirokchilar, hakamlar va musobaqa koʼngillilarining xavfsizligini taʼminlash uchun barcha choralar amalga oshiriladi.
Sabringiz uchun Sizga tashakkur etib, Xalqaro Toshkent marafonida Siz uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga sidqi dildan xarakat qilamiz.
Marafonning rasmiy sayti: uzathletics.uz





