19 - noyabr kuni "Yangi Nafas" yugurishi bo'lib o'tadi
« Back
O‘ZBEKISTON DAVLAT BAYROG‘INI QABUL QILISH KUNIGA BAG‘ISHLANGAN YANGI NAFAS OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASI
19-noyabr kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida mamlakat tarixining eng muhim sanalaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini qabul qilish kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kuni mamlakatning har bir fuqarosi, O‘zbekiston ravnaqi, suvereniteti va milliy davlatchiligi g‘oyalari yo‘lida millatni birlashtirishga qaratilgan vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shilishi mumkin.
Davlat bayrog‘i – davlat mustaqilligining ramzi bo‘lib, xalqaro miqyosda uning o‘zligini belgilaydi. 1991-yilning 18-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va yosh respublika yangi maqom hamda yangi davlatchilik ramziga ega bo‘ldi. 32 yildan so‘ng mamlakatimizda o‘tkazilayotgan har bir tadbir O‘zbekistonning turli sohalarda, shu jumladan, katta va ommaviy sportda erishayotgan yutuqlarida ishonchli yo‘lni namoyish etgan holda, davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan bo‘lib o‘tmoqda.
Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vаzirligi, "Asaka bank" АТВ, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sроrt vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etmoqda.
Bayroq kuni munosabati bilan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi respublikaning 16 shahrida o‘tkaziladi. Mamlakatimizning bosh ramzi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlari yashovchilari tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘ylab olib o‘tiladi. Poytaxtda start va finish zonasi Humo Arena sport-muz majmuasi maydonida joylashadi. Musobaqaning tasdiqlangan konsepsiyasiga ko‘ra, barcha shaharlarda yagona masofa 3 km, Toshkentda esa 3 km va 10 km ni tashkil qiladi.
“O‘zbekistonda ommaviy sport va yuqori natijalarga erishish uchun faol platforma yaratilgan, – dedi O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev, - Bir kun avval qit’amizning eng kuchli yuguruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan yarim marafon bo‘yicha eng nufuzli Osiyo chempionatida sportchilarimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz erishayotgan yuksak natija mamlakatimiz rahbariyati, sport marafonlari va ommaviy yugurish musobaqaslarining tashkilotchilari, yugurish klublari hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasidir”.
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlashga shuningdek boshqa mamlakatlardan sportchilar va yuguruvchilar ham qo‘shilishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining tashabbusi bilan 2023-yilda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi xalqaro maqomga ega boʻlib, musobaqada ishtirok etish uchun Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan sportchilar hamda yugurish klublari ishtirokchilari taklif etiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Barcha shaharlarda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi bir vaqtda, ertalab soat 07:30 da boshlanadi. Tashkilotchilar taʼkidlaganidek, Bayroq kunini sport yugurish muhitida nishonlash hamjihatlik va doʻstlik kayfiyatini yaratadi va unda yosh cheklovlaridan qatʼi nazar, butun oilalar ham ishtirok eta oladi. Yosh ishtirokchilar uchun tavsiya etilgan yosh: 9 yosh.
Toshkent shahridagi ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etuvchi yugurish havaskorlari va sportchilar uchun itiсket.uz saytida pullik ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochildi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://iticket.uz/ru/events/other-events/yangi-nafas20/28240. 3 km masofaga yugurishda ishtirok etish narxi – 99 ming so‘m, 10 km masofaga – 149 ming so‘mni tashkil qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tganlarga ishtirokchining start paketi 17 va 18-noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahar, I.Karimov ko‘chasi, 98a manzilida joylashgan Yengil atletika federatsiyasi binosida beriladi (ma’lumotlar uchun telefon +998951420184).
Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi:
• chipga ega start ko‘krak nishoni;
• kepka;
• futbolka (longsliv).
Start paketini olish uchun ularni berish punktiga shaxsan kelish va ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchining QR-kodini taqdim etish kerak bo‘ladi.
3 va 10 km masofalarga yugurish bo‘yicha g‘oliblar 18 yoshdan 35 yoshgacha, 35 yoshdan 55 yoshgacha va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar o‘rtasida yosh toifalari bo‘yicha aniqlanadi hamda ommaviy yugurish musobaqasining eng yosh va eng keksa ishtirokchilari ham alohida sovg‘alar bilan
taqdirlanadi. Yuguruvchilar “Absolyut” va “Havaskor” toifalarida sovrinlar uchun kurash olib boradilar.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun ham maxsus nominatsiyalar ajratiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga harbiy xizmatchilar ham qo‘shilib, ular uchun harbiy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida eng yaxshi natijalar uchun maxsus nominatsiyalar belgilab berilgan.
Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining Toshkentdagi bosqichining g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti jamg‘armasi ajratilgan:
• 1-o‘rin uchun - 3 000 000 so‘m,
• 2-o‘rin uchun - 2 000 000 so‘m,
• 3-o‘rin uchun -1 000 000 so‘m
Toshkentda g‘oliblar taqdirlanishi 19-noyabr kuni, soat 11:00 da “Paxtakor” sport majmuasi Yengil atletika federatsiyasi stadioni hududida bo‘lib o‘tadi. Viloyatlarda pul mukofoti Tashkiliy qo‘mitalar tomonidan shakllantiriladi.
10 km va 3 km masofaga yugurishda finishga yetib kelgan barcha ishtirokchilar maxsus medallar bilan taqdirlanadi (10 km masofaga yugurishda qatnashgan sportchilar va havaskorlar belgilangan vaqt ichida masofani bosib o'tishlari kerak)