Узбекнефтегаз Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
Bosh sahifa  Yangiliklar  "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi

"Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi

« Back

19.11.2023 08:00

 

 

O’ZBEKISTON DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN YANGI NAFAS OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASI BO’LIB O’TDI

19-noyabr kuni 150 mingdan ziyod ozbekistonliklar Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etdi. Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning 16 shahrida Markaziy Osiyodagi eng keng kolamli sport tadbirlaridan biri tashkil etildi.  

img_9527.jpg

Bayroq kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas vatanparvarlik ruhidagi ommaviy yugurish musobaqasi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlarining yashovchilarini birlashtirdi.

Poytaxtimizda ushbu sport tadbiri shaharning eng markazi – “Humo Arena” sport majmuasining maydonida bo‘lib o‘tdi, unda 8 mingga yaqin ishtirokchi 3 va 10 km masofalarga yugurish bo‘yicha bellashish uchun yig‘ildi. Boshqa shaharlarda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi umumiy 3 km masofaga tashkil etildi.

Musobaqaning ochilishida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri orinbosari Sarvarxon Buzrukxanov qutlov nutqi bilan sozga chiqdilar

«Davlat bayrogi qabul qilingan kunni nishonlashbu biz nafaqat muhim davlat sanasiga hurmat bildiradigan kun, balki mamlakatimiz va yurtdoshlarimiz tomonidan joriy yilda erishilgan muayyan natijalar va yutuqlarga nazar tashlash imkoniyatidir, – deb takidladi Ozbekiston Yengil atletika federatsiyasi raisining orinbosari Andrey Abduvaliyev, - Bugungi kunda professional sport jadal suratlarda rivojlanib borayotgani sportchilarimizning yirik xalqaro musobaqalarda, shu jumladan, 2022-yilda Xanchjou shahrida bolib otgan Osiyo oyinlarida erishgan yuksak natijalaridan dalolatdir. Sport marafonlari, ommaviy yugurish musobaqalari, havaskor musobaqalarining tashkilotchilari tufayli aholining ommaviy sportga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Bunday tadbirlar yosh avlodga ragbat sifatida xizmat qilib, yurtimizning kattayu kichik shaharlarida fuqarolarni birdamlik, dostlik va vatanparvarlik goyalari yolida jipslashtiradi».

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining kursantlari ishtirokida ommaviy yugurish musobaqasining  start va finish maydoniga Davlat bayrog‘ining tantanali ravishda ko‘tarib olib chiqilishi umumxalq bayramiga o‘zgacha ruh baxsh etdi. Boshqa shaharlarda ham bayroqlar bilan turli yurishlar va mavzuga doir fleshmoblar tashkil etildi. Tadbirning Sport TV telekanalida viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidan ulanishlar bilan tadbirning jonli efiri tashkil etildi.

1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston milliy bayrog‘ining maqomi belgilandi va jahon xaritasida yangi mustaqil davlat ramzi sifatida mustahkamlandi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i ostida ilm-fan, axborot texnologiyalari, madaniyat, san’at, katta va ommaviy sport kabi turli jabhalarda yuksak marralarni qo‘lga kiritayotgan, hamda mamlakatning taraqqiyoti va farovonligiga salmoqli hissa qo‘shayotgan butun bir avlod voyaga yetdi.

Mustaqil O‘zbekistonning ana shunday vakillaridan biri 10 000 m va yarim marafon masofasida O‘zbekistonning ikkita milliy rekordining muallifi Sitora Hamidovadir. U Termizdagi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildi.

«Bundan bir hafta oldin mintaqamizning eng kuchli sportchilari o‘rtasida Dubayda bo‘lib o‘tgan birinchi Osiyo yarim marafonida qatnashish sharafiga muyassar bo‘ldim va u yerda ikkinchi o‘rinni egallab, yurtim bayrog‘ini hayajon bilan baland ko‘tardim, – dedi sportchi. Bugun esa men uchun ushbu muhim bayram – Bayroq kunini o‘z ona shahrimda, oilam va do‘stlarim davrasida bayramona sport muhitida baham ko‘rmoqdaman. Mamlakatim menga hayotiy faoliyatim – yengil atletikaga yo‘lni ochdi va minglab boshqa yosh va iste’dodli yoshlarga yo‘l ocmoqda».

Ta’kidlash joizki, keng ko‘lamli sport tadbirini tashkil etish uchun respublika bo‘ylab 450 dan ortiq volontyorlar jalb etilgan. Tashkilotchilar tomonidan hakamlar va murabbiylar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, Qarshi, Namangan va Nukus shaharlarida matbuot anjumanlari tashkil etildi. Yosh avlod tarbiyasi Yangi Nafas harakatining muhim yo‘nalishidir. Bayramda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning 211 ta oliy ta’lim muassasalaridan 50 mingdan ortiq talaba faol ishtirok etdi.

Bayroq kunini nishonlashga qo‘shni davlatlardan ham yuguruvchilar qo‘shildi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining tashabbusi bilan 2023-yilda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi xalqaro maqomga ega bo‘ldi va World Athletics yengil atletika federatsiyalari Xalqaro assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga muvofiq o‘tkazilmoqda. Buning natijasida sport musobaqasiga Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan sportchilar va yugurish klublari a’zolari taklif qilinmoqda.

Toshkentda 3 km masofada g’oliblikni ayollar orasida Anastasiya Silchenkova, erkaklar orasida Xasan Mirsoatov qo’lga kiritdi. 10 km masofaga yugurishda esa – Marina Xmelevskaya va Nodirbek Mutalipov g’alabaga erishdi.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vаzirligi, "Asaka bank" АТВ, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sроrt vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etmoqda.


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5