Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Maqolalar  Olimpiya shaharchasidagi zamonaviy sport majmualari mamlakatimizda yengil atletika sport turini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Olimpiya shaharchasidagi zamonaviy sport majmualari mamlakatimizda yengil atletika sport turini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Nisbatan qisqa fursatda 100 gektardan ortiq maydonda barpo etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Olimpiya shaharchasi” mamlakatimizda olimpiya harakatining naqadar rivoj topgani namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Shaharcha bilan yaqindan tanishgan chet ellik mutaxassis va ekspertlar xalqaro darajadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, nufuzli musobaqalarni tashkil etishga ixtisoslashtirilgan holda bunyod etilganini e’tirof etdilar.
f820c71b136e02d7103fb7b327c6c007

Mazkur shaharcha Xalqaro olimpiya qo‘mitasi talablariga mos muhtasham majmua - murakkab muhandislik yechimlarini qamrab olgan velodrom, yengil atletikaning 48 ta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan 9 qatorli yugurish yo‘lagidan iborat 12 ming o‘rinli yashil stadion, 25x50 metrli suzish va 25x20 metrli suvga sakrash havzalari, mashg‘ulotlar uchun basseyn va trenajyor zallari, 2 ming o‘rinli jamoaviy va yakkakurash sport turlari majmualarini o‘z ichiga oladi.

        Olimpiya shaharchasida joylashgan Olimpiya stadioni 17,500 kv.metr maydonda barpo etilgan bo‘lib, majmua balandligi — 45,5 metrni tashkil etadi. Majmua binosi qavatlari 4 qavatdan iborat. Stadion o‘zida 12 ming 152 nafar tomoshabinni sig‘dira oladi. O‘yingoh o‘lchami — 68x105 metr. Stadionga maxsus qoplamali 9 qatorli 100 metr va 400 metr uzunlikdagi yugurish yo‘laklari o‘rnatilgan. 

        Bunday yo‘laklarning mavjudligi ushbu sport majmuasining yengil atletika, para-yengil atletika va triatlon bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy, shuningdek mahalliy musobaqalarni Olimpiya  stadionida o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Yashil maydon futbol bo‘yicha uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha talablarga javob beradi. Majmuada sportchilarning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borishi uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. 162 kv.metrli trenajyor zali shular jumlasidan. Stadion arenasi tomoshabinlarga sport musobaqalarini bevosita stadiondan turib kuzatish uchun kerakli barcha qulayliklarni o‘zida jamlagan. 

       Garchi poytaxtimiz Toshkent shahrida futbol bo‘yicha uchrashuvlarni qabul qilishda sig‘imi jihatdan mazkur stadiondan yirikroq bir nechta stadionlar mavjud bo‘lsa-da, Olimpiya stadionidan sport bahslarini tomosha qilish xuddi uni yonidan kuzatib turgandek taassurot uyg‘otadi. Bu mazkur stadiondan foydalanishi ko‘zda tutilgan boshqa sport turlari, ayniqsa yengil atletika sport turlarida juda qo‘l keladi. Sig‘im jihatidan futboldan farqli ravishqa yengil atletika, para-yengil atletika va triatlon uchun 12 ming o‘rindiqli inshoot ayni muddao hisoblanadi. Bundan tashqari stadionda 118 ta VIP o‘rinlari va yuqori darajadagi mehmonlar uchun 23 ta o‘rin ajratilgan. Ommaviy axborot vositalari vakillari va translyatsiyalar uchun alohida 3 ta maxsus xonalar ajratilgan. 126 o‘rinli konferensiya zali esa musobaqa oldi, uning jarayonidagi yoki yakunidagi turli tadbir va yig‘ilishlarni o‘tkazish uchun shay holatda. Ma’muriy xonalar va “open-space” hududi 27 ta xonadan iborat. Yordamchi, texnik va qo‘shimcha boshqaruv xonalari — 73 tani tashkil etadi. 

       Olimpiya shaharchasida barpo etilgan Olimpiya stadionida yengil atletika musobaqalari uchun ham zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan xalqaro darajadagi yugurish yo‘lagi foydalanishga topshirildi, mazkur yugurish yo‘laklarining rezina qoplamasi Jahon yengil atletika federatsiyasi rasmiy yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadigan italyan kompaniyasi “MONDO S.p.A” tomonidan ishlab chiqarilgan.
“MONDO S.p.A” – 1948-yilda Italiyada tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda sport jihozlari hamda rezina qoplamalar ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi kompaniya hisoblanadi. Mondo nafaqat yugurish yo‘lakchalari, balki sport zallari, stadionlar va boshqa inshootlar uchun keng turdagi rezina qoplamalarni ishlab chiqaradi.

1f8449445a15268d1b9ce9a7e8cfe339

Kompaniya mahsulotlari hozirgi kunda jahonning 2000 dan ortiq yengil atletika stadionlarda foydalanilib, 2008-yilgi Pekin, 2012-yilgi London, 2016-yilgi Rio-de-Janeyro va 2021-yilgi Tokio Olimpiya o‘yinlarida asosiy yugurish yo‘lakchalari sifatida tanlangan. Yuzlab jahon va qit’a rekordlari ham aynan Mondo qoplamalarida o‘rnatilgan. 
Mondo qoplamalari maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibida poliuretan, kauchuk granulalari va elastomer materiallar mavjud bo‘lib, issiq presslash texnologiyasi yordamida ustki qatlam va asosiy qatlam yagona mustahkam struktura sifatida birlashtiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni qat’iy nazorat ostida olib boriladi va har bir qoplama xalqaro standartlarga muvofiq mustahkamlik, elastiklik hamda xavfsizlik bo‘yicha sinovlardan o‘tkaziladi.

        Qoplamaning ustki qatlami poliuretan asosidagi to‘qilgan elastomer tuzilmadan iborat bo‘lib, yugurishda sportchilarga barqarorlikni ta’minlaydi, oyoq ostida sirpanishni kamaytiradi va quvvatning samarali sarfini ta’minlaydi. Pastki qatlam oltiburchakli hujayra shaklida yaratilgan bo‘lib, sportchilarning oyoq bo‘g‘imlari va mushaklariga tushadigan bosimni yengillashtiradi va yerga tushish bosimini samarali yutadi. 

        Mondo qoplamalari yugurish yo‘laklari bo‘ylab bir xil elastiklikni saqlaydi, sportchilarning yuqori natijalar qayd etishi uchun qulay sharoit yaratadi, mushak va bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk tushishini kamaytiradi hamda turli ob-havo sharoitida xavfsiz yugurishni ta’minlaydi. Ekologik xavfsizligi ham yuqori bo‘lib, atrof-muhit bilan uyg‘un holda foydalanishga imkon beradi. Shu bois Mondo qoplamalari dunyoning eng nufuzli stadionlarida keng qo‘llanib kelinmoqda va sportchilarning rekord natijalariga bevosita hissa qo‘shmoqda.
Olimpiya shaharchasida barpo etilgan Olimpiya stadionining yugurish yo‘lakchalari Mondoning SPORTFLEX SUPER X 720 (K39) qoplamasi bilan qoplangan. Bu rezina qoplamasi Mondo kompaniyasining eng yetakchi va yuqori sifatli qoplamasi bo‘lib, xalqaro darajadagi musobaqalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. “Olympic City” stadionida o‘rnatilgan Mondo qoplamasi bugungi kunda World Athletics Facility Certification – Class 1 darajasidagi sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda. “Class 1”– xalqaro yengil atletika musobaqalarini o‘tkazish uchun eng yuqori darajadagi sertifikat hisoblanadi.

        Mondo yugurish yo‘lagi qoplamalarida mashg‘ulot olib boradigan sportchilarda yugurish texnikasini to‘g‘ri bajarish orqali quvvat sarfi kamayadi va mashg‘ulot samaradorligi ancha oshadi. Shuningdek, uzoq masofga yuguruvchilarda uzoq muddatli mashg‘ulotlar davomida oyoq mushak va bo‘g‘imlarga tushadigan bosim kamayadi va sut kislotasi tuzining to‘planishi sekinlashadi, sport natijalari yaxshilanadi, qisqa masofaga yuguruvchilarda yuqori tezlikka erishish imkoniyatlari oshadi.

        Mondo qoplamalarini boshqa oddiy qoplamalardan bir qarashda, ayniqsa tashqaridan oddiy tomoshabin pozitsiyasidan qaraganda ajratib bo‘lmaydi. U tashqi ko‘rinish jihatidan hech qanday ajralib turuvchi elementlarga ega emas. Uning haqiqiy sifati esa faqat qoplama ustida yugurganda seziladi. U sportchilarga tezlik, elastiklik va xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlaydi. Qoplama yugurish vaqtida oyoq zarbini yumshatadi hamda sirpanishni kamaytiradi. Uning sifatiga chin ma’noda baho berish uchun maxsus sport oyoq kiyimlarida uning ustida yugurib ko‘rish kerak bo‘ladi. Shu sababli u sportchilar va mutaxassislar orasida qadrlanadi. 
        Yurtimizda barpo etiladigan yengil atletika sport majmualarining yugurish yo‘laklari xalqaro standartlarga mos qoplama bilan jihozlanishi nafaqat yurtimiz sportchilari uchun zamonaviy sharoit yaratadi, balki mamlakatimizni Osiyo va jahon miqyosidagi yirik turnirlarni o‘tkazishiga yo‘l ochib, xorijiy sportchilarni yurtimizga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jalb qilish orqali jahondagi yetakchi infrastrukturali sport markazlaridan biriga aylantiradi.

Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5