YANGILIKLAR
Xabarlar
16–17-aprel kunlari Yengil atletika federatsiyasi stadionida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi A.A. Vink xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turniri bo‘lib o‘tadi16–17-aprel kunlari Yengil atletika federatsiyasi stadionida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi A.A. Vink xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turniri bo‘lib o‘tadi
« Back16–17-aprel kunlari Yengil atletika federatsiyasi stadionida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, yengil atletika rivojiga katta hissa qo‘shgan sportchi va murabbiy A.A. Vink xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa yengil atletikaning bosqon, disk, nayza uloqtirish, yadro itqitish turlari bo‘yicha kichik o‘smirlar (U16, o‘g‘il va qiz bolalar), o‘smirlar (U18, o‘g‘il va qiz bolalar), yoshlar (U20, yoshlar va qizlar) va kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda Respublikamizning turli hududlari va xorijdan kelgan sportchilar ishtirok etadi.
Bunday xotira turnirlarning muntazam o‘tkazilishi xizmat ko‘rsatgan murabbiy va ustozlar xotirasini abadiylashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, milliy terma jamoaga nomzodlarni saralash, uloqtirish turlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





