YANGILIKLAR
Xabarlar
Oregon-2026 oldidan shov-shuv: Avstraliya tarixdagi eng katta U-20 jamoasini tuzdiOregon-2026 oldidan shov-shuv: Avstraliya tarixdagi eng katta U-20 jamoasini tuzdi
« BackU-20 Jahon chempionati kumush medal sohiblari Gout Gout va Izobel Luison-Rou 5—9-avgustda bo‘lib o‘tadigan Oregon-2026 20 yoshgacha atletlar jahon chempionatida Avstraliyaning jamoasi nomidan qatnashadi.
75 nafar sportchi tanlangani sababli, bu jamoa Avstraliyaning global U20 musobaqalari tarixidagi eng katta tarkibiga aylanishi kutilmoqda.
Gout 2024-yilda Limada 200 metr yugurishda kumush medalni qo‘lga kiritgan va keyinchalik ushbu yo‘nalishda U-20 jahon rekordini ham yangilagan edi. U aprel oyida Sidneyda 19.67 natija qayd etgan.
Ayniqsa, 18 yoshli sportchi Oregonda 200 metr va 4x400metr estafeta bahslarida qatnashib o‘zini ko‘rsatishi kutilmoqda.
![]()
Gout bu borada shunday dedi: “Yujin shahrida, Oregonda o‘tadigan U-20 Jahon Chempionatiga borayotganimdan juda hayajondaman. Bu juda zo‘r stadion va tez yugurish uchun ajoyib joy ekanini bilaman. Men tayyor bo‘lishimga va Avstraliyani faxrlantirishga ishonaman. 200 metr sprintda qatnashaman, lekin so‘nggi kuni 4x400 metr estafetada ham yugurishdan xursandman”.
Luison-Rou ham Limadagi balandlikka sakrash bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 18 yoshli sportchi yanvar oyida shaxsiy rekord sifatida 1.95 metr natija qayd etgan va mart oyida ham shu ko‘rsatkichni takrorlagan. U balandlikka va uch hatlab sakrash musobaqalarida qatnashish uchun ro‘yxatga olingan bo‘lib, qaysi yo‘nalishlarda ishtirok etishini startlistlar e'lon qilinganida bilib olamiz.
Meyson Makgroder Limada uzunlikka sakrash bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritgan va 17 yoshli sportchi yana xalqaro sahnaga qaytishga yaqin turibdi.
Ayzek Bikroft ham jamoaning medallar qo‘lga kiritishda ko‘zga ko‘ringan atletlaridan biridir. 18 yoshli sportchi 2024-yilda Antalyada o‘tgan sportcha yurish bo‘yicha jamoaviy Jahon chempionatda U-20 10 km masofasida g‘olib bo‘lgan va joriy yilda Braziliyada o‘tgan musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi. U ikki yil avval Limadagi Jahon U-20 chempionatida 10 ming metr sportcha yurish musobaqasida to‘rtinchi bo‘lgan edi. U Oregonda 5000 metr sportcha yurish musobaqasida ishtirok etadi.
O‘zJOKU talabasi Umidaxon Masaidova tayyorladi





