YANGILIKLAR
Xabarlar
Tokio Gran-prisida rekordlar yomg‘iri, Noa Layls mavsumni g‘alaba bilan boshladiTokio Gran-prisida rekordlar yomg‘iri, Noa Layls mavsumni g‘alaba bilan boshladi
« BackTokiodagi Milliy stadionda o‘tgan Seiko Golden Grand Prix musobaqasi yengil atletika muxlislariga yorqin bahslar va rekord natijalarni taqdim etdi. Jahon va Olimpiada chempionlari — Noa Layls, Jordan Entoni hamda Ray Benjamin o‘z yo‘nalishlarida g‘alaba qozonishdi.
![]()
Laylsdan mavsumoldi kuchli start. AQShlik sprint yulduzi Noa Layls yilning ilk 100 metr poygasida qatnashib, finalda 9.95 soniya natija bilan g‘olib chiqdi. U saralash bosqichida qarshi shamol ostida 10.05 ko‘rsatkich qayd etgan bo‘lsa, finalda natijasini sezilarli yaxshiladi.
“Poygadan ham, natijadan ham mamnunman. Mavsumni boshlash uchun bu ajoyib usul bo‘ldi. Bu mening eng tez startim emas, ammo mavsum ochilishidagi eng yaxshi natijalarimdan biri bo‘ldi.” — dedi Lyles.
18 yoshli amerikalik Teyt Teylor 10.04 bilan ikkinchi, britaniyalik yosh sprinter Jeyj Odey-Jordan esa 10.09 bilan uchinchi bo‘ldi.
Entoni va Benjamin ham chetda qolmadi. Laylsning vatandoshlari Jordan Entoni va Ray Benjamin ham Tokio trekida g‘alabaga erishdi. Entoni 200 metr masofada kuchli finish evaziga 20.05 soniya natija bilan birinchi bo‘ldi. Musobaqa boshida oldinga chiqib olgan Kaurtni Lindsi 20.28 natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
400 metr masofada esa keskin kurash kuzatildi. To‘g‘ri chiziqqa chiqilganda bir nechta atlet g‘alaba uchun kurashayotgan edi, biroq Ray Benjamin tajribasini namoyish etib, 44.69 soniya bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Zambiyalik Olimpiada bronza medali sovrindori Muzala Samukonga 44.83 bilan ikkinchi bo‘ldi.
“Bu yilgi ilk startim edi. Texnik jihatdan yaxshiroq yugurishim mumkin edi, ammo g‘alaba bilan boshlaganimdan xursandman,” — dedi Benjamin o‘z natijasi borasida.
Ayollar bahsida rekord natijalar. Buyuk britaniyalik sprinter Yemi Meri Jon ayollar o‘rtasidagi 400 metr bahsida barchani hayratda qoldirdi. U 49.85 soniya natija bilan nafaqat g‘alaba qozondi, balki musobaqa rekordini ham yangiladi va ilk bor 50 soniyadan tez yugurdi. AQShlik Beyli Liar 50.42 natija bilan ikkinchi bo‘ldi.
Ayollar 3000 metr masofasida esa Keniyada tug‘ilgan, Yaponiyada faoliyat olib borayotgan Janet Jepkoech oxirgi kilometrda tezligini oshirib, 8:39.24 natija bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqa rekordini yangiladi.
Yaponiyalik atletlardan tarixiy natijalar. Erkaklar 3000 metr bahsida mezbon Yaponiya atletlari tarixiy natija qayd etdi. Nagiya Mori 7:38.98 natija bilan mamlakat rekordini yangiladi. Uning ortidan Ryuto Igava (7:39.36) va Yu Shibata (7:39.51) ham rekorddan tez yugurishga muvaffaq bo‘ldi.
110 metr to‘siqlar osha yugurishda yaponiyalik Tatsuki Abe 13.26 natija bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, ayollar 100 metr to‘siqlar osha yugurishida amerikalik Alia Armstrong 12.75 bilan birinchi bo‘ldi.
Nayza uloqtirish va sakrash bahslari. Ayollar nayza uloqtirish musobaqasida bahamalik Rema Otabor 61.57 metr natija bilan mezbonlarni ortda qoldirdi. Yaponiyalik Momone Ueda 61.40 bilan ikkinchi bo‘ldi.
Erkaklar bahsida esa chexiyalik Yakub Vadley mavsumni 85.24 metr natija bilan g‘alaba qozonib boshladi.
Uzunlikka sakrashda Yuki Hashioka 8.22 metr bilan birinchi bo‘ldi. Balandlikka sakrashda esa Sou Shibuya 2.24 metr natija va shaxsiy rekord bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zJOKU talabasi Shaydullayeva Dinora tayyorladi





