Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  "Toshkent xalqaro marafoni"ga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi

"Toshkent xalqaro marafoni"ga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi

« Back

27.02.2026 00:00

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-aprel kuni poytaxtimizda "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan "Toshkent xalqaro marafoni"ni bo‘lib o‘tadi. Marafonga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida haftaning har juma kuni Ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazib kelinmoqda.  

Bugun Yengil atletika federatsiyasida tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilishda ommaviy yugurush musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Jumladan, marafon o‘tkaziladigan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquq-tartibot organlari, tibbiy xizmat va favqulodda vaziyatlar xizmatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, media-reja, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot, marafonning turistik va boshqa ahamiyatining yoritilishi masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi. 

Joriy yilning 1-martidan boshlab tadbirning sahnalashtirilgan tayyorgarlik mashqini (repetisiya) o‘tkazilishi rejalashtirildi  Yig‘ilish yakunida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

16_963371.jpg


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5