YANGILIKLAR
Xabarlar
Ultimate Championship oldidan "World Athletics" yangi rasmiy ilovasini ishga tushirdiUltimate Championship oldidan "World Athletics" yangi rasmiy ilovasini ishga tushirdi
« BackWorld Athletics yengil atletika musobaqalarini tomosha qilish va bir vaqtning o‘zida jonli natijalar, sportchilar statistikasi, rekordlar, bahslar va eksklyuziv kontent — barchasini bir joyda birlashtiruvchi ilovani taqdim etdi. Mazkur ilova quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Jonli natijalar — har bir yugurish, sakrash va uloqtirishdagi o‘zgarishlarni real vaqt rejimida kuzatish.
![]()
Shaxsiylashtirilgan kontent — o‘zingizga yoqqan sportchilar, mamlakatlar va yengil atletika yo‘nalishlarini tanlab, faqat kerakli ma’lumotlarni kuzatish.
O‘yin Hududi (Play Zone) — viktorinalarda qatnashish, so‘rovnomalarda ovoz berish va Play Predictor orqali musobaqa natijalarini oldindan taxmin qilish.
Sovrinlar — sportchilar imzolagan buyumlar, rasmiy World Athletics mahsulotlari va turli xalqaro tadbirlarga taklifnomalarni yutib olish imkoniyati.
Bundan tashqari, yangiliklar, sportchilar haqidagi hikoyalar va eksklyuziv musobaqa jarayonlariga oid materiallar ham ilovada jamlangan.





