YANGILIKLAR
Xabarlar
XX Osiyo o‘yinlari sovrindorlari va ishtirokchilari tantanali kutib olindiXX Osiyo o‘yinlari sovrindorlari va ishtirokchilari tantanali kutib olindi
« BackAichi-Nagoyada bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a’zolari yurtimizga qaytib keldi.
![]()
Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylar hamda atletlarning yaqinlari tantanali ravishda kutib olib, ularni muvaffaqiyatli ishtirok va navbatdagi tarixiy natija bilan tabrikladi.
Musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan atletlarimiz jami 4 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida o‘yinlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi mahoratli atletlarimiz, ularning murabbiylari va ota-onalarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda kelgusi musobaqalarda yanada yuksak natijalarga erishishlarini tilaydi.





