YANGILIKLAR
Xabarlar
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi”ning birinchi bosqichi “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi”ning birinchi bosqichi
« BackBarcha hududlar kabi Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining birinchi bosqichi davom etmoqda.
Yangiyo'l shahrida tashkil etilgan hokim Olimpiadasi doirasida Yengil atletikaning 24 ta turi bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi.
![]()
Unda yuqori o'rinlardan joy olgan ishtirokchilar Olimpiadaning ikkinchi bosqichiga yo'l olishdi.
Musobaqalarni kuzatib borgan Yengil atletika federatsiyasi raisi o'rinbosari Nizomjon To'xtaboyev musobaqani yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etib, ushbu sport turini hududda yanada rivojlantirish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berdi.
Mazkur bellashuvlar yoshlarni sportga keng jalb etish, yosh iqtidorlarni aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.





