Узбекнефтегаз Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
Bosh sahifa  Yangiliklar  Men G‘olib” yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan

Men G‘olib” yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan

« Back

03.01.2025 15:45

 

 

“MEN G‘OLIB” VATANPARVARLIK OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASIGA RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI

banner2_print

3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Bu ikki muhim sanani: Vatan himoyachilari kunini va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan har yillik sport tadbiridur.

“Men G‘olib” yugurish musobaqasining o‘zi 12-yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u yerda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar to‘planishadi.

 • Ishtirokchilar to‘planishi: ertalab soat 10:00 da.

 • Tadbir boshlanishi: soat 11:00 da.

Tadbirning asosiy tashkilotchisi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Bosh hamkor sifatida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ishtirok etmoqda.

“Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi Qurolli Kuchlar va kuch tuzilmalari o‘rtasida shosse-yugurishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida o‘tkazilmoqda. An’anaga ko‘ra, musobaqaning birinchi bosqichi yanvar oyida, ikkinchi bosqichi esa may oyida, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Men G‘olib o‘tuvchi kubogi quyidagilar orasida o‘ynaladi:

 • Qurolli Kuchlar o‘quv yurtlarining 6 ta jamoasi

 • Kuch tuzilmalari 7 ta jamoasi.

“Men G‘olib” yugurish musobaqasi jamiyatda milliy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va kuch tuzilmalari vakillari o‘rtasidagi musobaqa hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan”, - dedi Yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev. “Ayniqsa, ushbu nufuzli tadbir Federatsiya homiyligida o‘tkazilayotgani mamnuniyat uyg‘otadi. “Men G‘olib” nafaqat harbiy xizmatchilar va kuch tuzilmalari xodimlari uchun, balki barcha yugurish ishqibozlari uchun ham yangi sport mavsumiga kuchli start bo‘lib xizmat qiladi”.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ikkita masofa kiritilgan:

 • 3 km

 • 10 km

Ishtirokchilar uchun slotlarni 8-yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin. Slotlar soni cheklangan: 3 km masofaga - 860 ta; 10 km masofaga - 640 ta o‘rin mavjud.

Start paketlari narxlari:

 • 3 km — 149 ming so‘m;

 • 10 km — 199 ming so‘m.

Yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi

Ishtirokchilarning start paketiga quyidagilar kiradi:

  1. Ko‘krak start raqami;
  2. My Laps chipi;
  3. Baff;
  4. Long sleeve futbolkasi;
  5. 4 to‘g‘nog‘ich. 

Start paketlari 10-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yengil atletika federatsiyasi binosida beriladi. Manzil: Islom Karimov ko‘chasi, 98-uy (“Paxtakor” stadioni yaqinida).


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5