“Navro‘z” IV Toshkent xalqaro marafoni Matbuon xabari
« Back
“Navro‘z” IV Toshkent xalqaro marafoni
Matbuon xabari ATBUOT XABARI
27-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Navro‘z” IV Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi.
4 yil davomida o‘tkazib kelinayotgan “Navro‘z” Toshkent xalqaro marafoni nafaqat professional sportchilarni, balki o‘z sog‘lig‘i uchun barcha yoshdagi yuguruvchi sport ishqibozlarini ham jamladi hamda O‘zbekistondagi eng yirik, eng muhim sport tadbirlaridan biriga aylandi.
Marafonning start va finish chizig‘i Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorraxasi (“Humo Arena” muz saroyi) da joylashgan bo‘lib, ShHT Toshkent xalqaro yarim marafonining yo‘nalishi poytaxtning markaziy ko‘chalari ya’ni Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay bo‘ylab o‘tadi.
Bu yil yugurishlar ikki masofada, klassik marafon (42 km 195 m) va 10 km masofada o‘tkaziladi. Marafon masofasida sportchi masofani bosib o‘tishi kerak bo‘lgan vaqt chegarasi belgilanadi. Marafon yugurishida qatnashuvchilarning yoshi 18 yosh va undan katta, 10 km masofaga yugurishda ishtirokchilarning yoshi cheklanmagan bo‘ladi.
Marafonda va 10 km masafaga yugurishlarda har qanday jismoniy shaxslar va tashkilotlar ishtirokchi anketasini to‘ldirish orqali belgilangan muddatlardada ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Marafon va 10 km masofaga yugurishlarning har bir ishtirokchisi roʻyxatdan oʻtgandan soʻng (https://iticket.uz tizimida) kirish toʻlovini toʻlashi shart.
Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar, quyidagi ishtirokchilar to‘plamini oladilar:
- sport dasturi turiga muvofiq chipli ko‘krak raqami (1 dona);
- atributlari bo‘lgan suvenir
- ryukzak;
- kepka;
- futbolka (DryFit);
- marafon va 10 km masofaga ygurish yo‘nalishi, trassa haqida ishtirokchilar uchun buklet.
Trassa yo‘nalishi Xalqaro AIMS tizimi tomonidan sertifikatlangan bo‘lib, trassaning uzunligi 21 km 97,5 mni tashkil etadi va marafon ishtirokchisi ikki davra yugurishi kerak bo‘ladi. Tanlovda chiplar bo‘yicha vaqt natijasini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash uchun zamonaviy transponder tizimi qo‘llaniladi.
Marafonda erkaklar va ayollar o‘rtasida 1-5 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan (1-o‘rin – 30 million, 2-o‘rin – 20 million, 3-o‘rin – 10 million, 4-o‘rin – 5 million, 5-o‘rin – 3 million so‘m) hamda g‘olib, sovrindorlar medallar bilan taqdirlanadilar.
10 km masofada erkaklar va ayollar o‘rtasida 1-3 o‘rinlarni egallagan sihtirokchilar pul mukofotlari (1-o‘rin – 3 million, 2-o‘rin – 2 million, 3-o‘rin – 1 million so‘m) va medallar bilan taqdirlanadilar.
Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilariga tadbir tashkilotchilari va homiylari tomonidan qo‘shimcha sovg‘alar topshirilishi mumkin.
Marafon masofasini belgilangan vaqt ichida bosib o‘tgan ishtirokchilar marra medaliga sazovor bo‘ladilar.
Toshkent xalqaro “Navro‘z” marafonida O‘zNADA vakillari ishtirok etadi, xodimlar ixtiyoriy sportchilardan tanlab doping-test olishlari mumkin bo‘ladi. Doping tekshiruvidan o‘tgan sovrindor sportchilar, tahlil natijalari aniq bo‘lganidan so‘ng mukofot pullarini olishlari mumkin hisoblanadi.





