Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar  Rasulbek Dilmurodov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Rasulbek Dilmurodov bronza medalini qo‘lga kiritdi

« Back

15.03.2026 00:00

Bugun Yaponiyaning Nomi shahrida yengil atletikaning sportcha yurish yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu qit'a birinchiligining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Rasulbek Dilmurodov marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Sportcha yurish bo‘yicha mamlakatimizning eng yetakchi atleti hisoblanadigan Rasulbek Dilmurodov yakunda 1:25:31 natijani qayd etdi. Ta'kidlash joiz, Dilmurodov ushbu natija bilan Osiyo Chempionatining ikki karra sovrindoriga aylandi.

hamyurtimiz_rasulbek_dilmurodov_yaponiyaning_nomi_shahrida_otkazilgan_sportcha_yurish_boyicha.webp

Ayollar o‘rtasida musobaqada qatnashgan Diana Yafasova esa 1:52:33 natija bilan beshinchi natijani ko‘rsatdi.

Vakillarimizni munosib ishtirok va sovrinli natija bilan tabriklaymiz!


Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5