Bosh sahifa
YANGILIKLAR
Xabarlar
Sergeli tumanidagi umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida “Bojxona qo’mitasi raisi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
YANGILIKLAR
Xabarlar
Sergeli tumanidagi umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida “Bojxona qo’mitasi raisi kubogi” musobaqasi o‘tkazildiSergeli tumanidagi umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida “Bojxona qo’mitasi raisi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
« BackPoytaxtimizning Sergeli tumanidagi 25 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha “Bojxona qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 300 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Har haftaning payshanbasida rahbarlar va yoshlar ishtirokida turli uchrashuvlar hamda tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 25 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha “Bojxona qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 300 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Tadbir ochilishida Bojxona qo‘mitasi rais o‘rinbosari Otabek Choriyev so‘zga chiqib, joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektorida jismoniy tarbiya va sport sohasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, musobaqa “Mahalla – maktab – sport maktabi – federatsiya” zanjiri asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni sport ta’lim muassasalariga jalb qilish va milliy terma jamоaga tayyorlashdan iborat.
Musobaqalar yengil atletikaning bir qator yo‘nalishlarida qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi. Ishtirokchilar 60, 100, 200 va 400 metr masofalarga yugurish bo‘yicha o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuningdek, uzunlikka sakrash bellashuvlarida ham sportchilar o‘z texnik mahoratlarini namoyon etib, yuqori o‘rinlar uchun kurash olib bordilar.
Musobaqa taqdirlash marosimi oldidan Bojxona qo‘mitasi raisi, Yengil atletika federatsiyasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan sportni rivojlantirishni aynan mahalla va maktabdan boshlash zarurligi alohida ta’kidlab kelinayotganini qayd etdi. Ushbu musobaqa ana shu ustuvor vazifalarning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlab, ayniqsa maktab yoshidagi bolalar orasida iqtidorlarni aniqlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkinligini hayotning o‘zi isbotlayotganini aytdi.
Shu o‘rinda u bor-yo‘g‘i ikki yil avval maktab o‘quvchisi bo‘lgan Jonbibi Hukmovani misol keltirdi. U “Besh tashabbus” loyihasi doirasida o‘tkazilgan 400 metrga yugurish musobaqasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Tinimsiz mehnati va yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar samarasida bugungi kunda u Osiyo chempionatining ikki karra g‘olibi va sovrindoriga aylandi.
Musobaqada g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Jamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egallagan 47-maktabga esa Bojxona qo’mitasi "Rais kubogi” tantanali ravishda topshirildi. Tabdirda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, xonandalar ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishladi.





