Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar

MAHALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekiston Ochiq Kubogida 41 yillik rekord yangilandi 22.09.2025 02:00

17—18-sentabr kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogi (Uzbekistan Cup Open) musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Yuksak saviyada tashkillashtirilgan va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqada yurtimizning kattalar toifasida eng tezkor va eng kuchli atletlari o‘zaro kurash olib bordi. O‘zbekistonlik professional atletlar qatorida xorijlik sportchilar ham o‘z imkoniyatlarini mazkur musobaqada yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Yengil atletikaning erkaklar va ayollar o‘rtasida 22 turi hamda 1 aralash yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi, diplom va medallar topshirildi, shuningdek oldinda turgan muhim xalqaro musobaqalar oldidan barcha atletlar o‘z jismoniy holatiga baho berib oldi.

Musobaqani tomosha qilish uchun yig‘ilganlar shiddatli kurashlar bilan birga hayratlanarli natijalarga ham guvoh bo‘lishdi. Xususan, 400 metr masofaga g‘ovlar osha yugurish bahslarida Farg‘ona viloyati vakilasi Shodiyona Raxmonova 59.79 soniya natija bilan 18 yoshgacha bo‘lgan ayol atletlar orasida O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. Ajablanarlisi, ushbu natija qariyb 41 yillik rekord yangilanishiga olib keldi. 400 metrga g‘ovlar osha yugurish musobaqasida Shodiyona eng yaqin ta'qibchisidan naqd 8 soniya tezroq marra chizig‘ini kesib o‘tdi(!). Mazkur natija tashkilotchilar va tomoshabinlar uchun musobaqani yanada ishtiyoq bilan o‘tkazishga turtki bo‘ldi. Ayniqsa, Shodiyona Raxmonovaning murabbiyi A.Karimov
va Farg‘ona viloyatidan kelgan ishtirokchilar yangilangan rekord va ajoyib natijadan mamnun ekanliklarini namoyish etishdi. Bu mamlakatimizda yengil atletika rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mevalaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, ushbu natija boshqa yosh sportchilarni yanada ko‘proq o‘z ustida ishlashga undadi hamda ularga mavjud rekordlarni yangilash, ulardan yaxshirog‘ini qayd etish imkonsiz emasligini yana bir bor isbotladi.

O‘z ustida tinimsiz ishlash va aniq maqsad yo‘lida bardavom bo‘lish, albatta bir kun o‘z so‘zini aytadi. Rekordchi atlet bu natija bilan cheklanib qolmasligini oldinda turgan Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish niyatida ekanligini bildirdi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati yuqori natijaga erishib rekordni yangilagan Shodiyona Rahmonovaga pul mukofoti topshirdi. Taqdirlash ma'rosimida federatsiya rais o‘rinbosari Otabek Bobomuratovich Choriyev bevosita ishtirok etib, atletni rekord natija bilan tabrikladi hamda kelgusida faoliyatiga omad tiladi. Shodiyona Rahmonovaning mamlakatimizda yengil atletika sporti rivoji uchun qo‘shgan hissasiga yuqori baho berdi.

IMG_8626_cr

IMG_8667_cr

IMG_8681_cr

IMG_8637_cr




17—18-sentabr kunlari kattalar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi 16.09.2025 02:00

Kattalar toifasida Respublikaning professional mahalliy atletlari bilan bir qatorda ko‘plab xorijlik yengil atletika sport ustalarini o‘zida jamlaydigan O‘zbekiston kubogi musobaqasining o‘tkazilishi an'anaviy tusga kirib ulgurgan. Bu yilgi musobaqada ham qatnashish istagini bildirgan xorijlik atletlar ham ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2025-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilayotgan mazkur musobaqa turli viloyatlardan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan atletlar uchun o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish, xalqaro musobaqalar muhitida chiniqish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

 Musobaqa ikki kunlik reja asosida kunduzgi va kechki dasturlarga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Yengil atletika sport turlari bo‘yicha final bosqichi asosan kunning ikkinchi qismida o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlarga diplomlar va medallar topshiriladi. Musobaqa tasdqilangan jadval asosida o‘tkaziladi.

O‘ZBEKISTON OCHIQ KUBOGI

Musobaqa jadvali
Time Event name Gender Round
Morning session 17.09.2025  
08:00 10000m Male Final
09:00 Pole Vault Female Final
09:00 Discus throw Female Final
09:00 100m Male Decathlon (1)
09:10 100m Male Heats
09:45 Long jump Male Decathlon (2)
09:50 100m Female Heats
10:10 100mH Female Heptathlon (1)
10:25 110mH Male Heats
10:45 400m Male Heats
11:00 Discus throw Male Final
11:10 High jump Female Heptathlon (2)
11:15 Shot put Male Decathlon (3)
11:20 400m Female Heats
Evening session 17.09.2025
15:30 Shot put Female Heptathlon (3)
15:30 High jump Male Decathlon (4)
15:30 400m Male Final
15:30 Triple jump Female Final
15:40 400m Female Final
16:00 Javelin Throw Female Final
16:00 110mH Male Final
16:10 100m Male Final
16:20 100m Female Final
16:40 400m Male Decathlon (5)
16:55 1500m Female Final
17:00 High jump Male Final
17:00 Triple jump Male Final
17:05 1500m Male Final Heat B
17:15 1500m Male Final Heat A
17:20 Javelin throw Male Final
17:30 200m Female Heptathlon (4)
17:40 4х100m Female Final

 

17:50 4х100m Male Final
18:00 4х400m Mixed Final
18:10 3000m SC Female Final
18:30 3000m SC Male Final
18:50 10000m Female Final

 




Bugun Anvar Anvarov Tokio Jahon Chempionati—2025'da ishtirokini boshlaydi 15.09.2025 02:00

Bugun yurtimiz atletlari orasida Anvar Anvarov musobaqadagi o‘z chiqishini amalga oshiradi. Vakilimiz 15-sentabrda chempionatning 3-kuni  kechki dasturda Toshkent vaqti bilan 15:30 da uzunlikka sakrash bahslari saralash bosqichida B guruhida final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Anvar Anvarov ayni paytda uzunlikka sakrash turi bo‘yicha jahon reytingida #13-o‘rinni egallab turibdi.

Uzunlikka sakrash bahslarida dunyoning 25 ta yengil atletika federatsiyalaridan 39 ta atlet medallar uchun kurashadi. 

Qayd etish joizki, erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash musobaqasida Markaziy Osiyo mintaqasidan yagona ishtirokchi aynan yurtimiz vakili hisoblanadi. Shuningdek, Osiyo qit'asidan yana 7 nafar atlet — mezbon Yaponiyadan 3 nafar, Xitoydan 3 nafar va Hindistondan 1 nafar atlet g‘oliblik uchun urinishni amalga oshiradi.

 O‘zbekistonlik atletning ishtirokini online shaklda Jonli efidada tomosha qilish uchun World Athletics'ning rasmiy veb-sahifasida world athletics+ xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Ma'lumot o‘rnida, mazkur xizmat hech qanday to‘lov talab qilmaydi, faqatgina elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Buning uchun ushbu havolaga o‘ting.

Tokio shahrida joylashgan Milliy stadionda bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatida uzunlikka sakrash turida g‘oliblikka da'vogar atletlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin.




Jahon Chempionati Tokio-2025'da Shoxrux Davlatov birinchi bo‘lib ishtirokini amalga oshiradi 12.09.2025 02:00

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida joylashgan Milliy stadionda bo‘lib o‘tadigan yengil atletika turlari bo‘yicha Jahon Chempionati startiga oz fursat qoldi. 

O‘zbekistonlik atletlar orasida birinchi bo‘lib — Shoxrux Davlatov musobaqadagi o‘z chiqishini amalga oshiradi. Vakilimiz 15-sentabrda chempionatning 3-kuni ertalabki dasturda Toshkent vaqti bilan tonggi 03:30 da marafon bahslari final bosqichida qatnashadi. Shohruh Davlatov ayni paytda marafon turi bo‘yicha jahon reytingida #425-o‘rinni egallab turibdi.

Marafon bahslarida dunyoning 47 ta yengil atletika federatsiyalaridan 96 ta atlet medallar uchun kurashadi. 

Qayd etish joizki, erkaklar o‘rtasida marafon musobaqasida Markaziy Osiyo mintaqasidan yagona ishtirokchi aynan yurtimiz vakili hisoblanadi. Shuningdek, Osiyo qit'asidan yana 10 nafar atlet — mezbon Yaponiyadan 4 nafar, Xitoydan 3 nafar, Mo‘g‘ilistondan 2 nafar va Janubiy Koreyadan 1 nafar atlet g‘oliblik uchun urinishni amalga oshiradi.

Marafon bahslarida qatnashadigan barcha atletlar ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.




Yengil atletika bo‘yicha Tokyo —2025 jahon chempionati ishtirokchilar yakuniy ro‘yxati maʼlum qilindi 08.09.2025 14:44

2025-yil 13–21-sentabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida qariyb 200 mamlakatdan 2200 dan ortiq atlet ishtirok etadi. Musobaqalar Milliy stadionda o‘tkaziladi.

Budapesht-2023 dagi 41 nafar oltin medal sohibidan 37 nafari Tokioda ham qatnashadi. Ular orasida jahon rekordchilari  Feyt Kipyegon, Karsten Uorholm, Arman "Mondo" Dyuplantis, Roxas Yulimar,  Yaroslava Mahuchix, va Rayan Krauzer bor.

AQSh sprinteri Noa Lays agar yana uch karra oltin medalni qo‘lga kiritsa, tarixda to‘qqiz marta jahon chempioni bo‘lgan to‘rtinchi atletga aylanadi.

Shuningdek, portugaliyalik yurish ustasi Juan Viyeyra 14-marta qatnashib, eng ko‘p jahon chempionatida ishtirok etgan sportchi bo‘ladi. Fransiyalik Melina Rober-Mishon esa ayollar orasida rekord bo‘lgan 11-marta ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, rasmiy start ro‘yxatlari chempionat arafasidagi texnik yig‘ilishdan keyin e’lon qilinadi.




Yaponiyadagi yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati—2025 taqdirlash ma'rosimi re'jasi jadvali e'lon qilindi 04.09.2025 10:59

Musobaqa rasmiylari Jahon birinchiligini o‘tkazish bo‘yicha barcha tayyorgarliklar ko‘rilganini bildirdi. Kecha 3-sentabr kuni musobaqaning taqdirlash ma'rosimi jadvali e'lon qilindi. Mazkur jadval asosida musobaqa kunlarida g‘olib va sovrindorlarga medallar topshiriladi.

Musobaqaning birinchi kuni — 13-sentabrda hech qanday medallar topshirilmaydi.

Ikkinchi kun — 14-sentabr Toshkent vaqti bilan 21:25 dan 22:00 gacha 35 kilometrga ayollar o‘rtasida sportcha yurish, erkaklar o‘rtasida 35 kilometrga sportcha yurish, ayollar Marafoni, ayollar o‘rtasida 10,000 metrga yugurish va erkaklar o‘rtasida yadro itqitish bahslari g‘olib va sovrindorlari taqdirlanadi.

Uchinchi kun — 15-sentabr Toshkent vaqti bilan 22:10 dan 23:00 gacha vaqt oralig‘ida aralash 4x400 estafeta, erkaklar Marafoni, erkaklar o‘rtasida 10,000 metrga yugurish, ayollar o‘rtasida disk uloqtirish, ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash, erkaklar o‘rtasida 100 metrga yugurish va ayollar o‘rtasida 100 metrga yugurish bellashuvlarida kuchli uchlikka kirganlar maxsus tadbirda mos ravishda oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqadi.

To‘rtinchi kun — 16-sentabr Toshkent vaqti bilan 22:40 dan 23:10 gacha ayollar o‘rtasida bosqon uloqtirish, erkaklar o‘rtasida 3000 metrga to‘siq osha yugurish, ayollar o‘rtasida 100 metrga g‘ovlar osha yugurish va erkaklar o‘rtasida langarcho‘pga tayamib sakrash musobaqalari sovrindorlariga medallar topshiriladi.

Beshinchi kun — 17-sentabr Toshkent vaqti bilan 22:10 dan 22:40 gacha erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish, erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash, ayollar o‘rtasida 1500 metrga yugurish va erkaklar o‘rtasida 110 metrga g‘ovlar osha yugurish bahslari birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlari egalari taqdirlanadi.

Oltinchi kun — 18-sentabr Toshkent vaqti bilan 22:10 dan 22:40 gacha ayollar o‘rtasida 3,000 metrga to‘siq osha yugurish, erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash, erkaklar o‘rtasida 1500 metrga yugurish va ayollar o‘rtasida langarcho‘pga tayamib sakrash musobaqalari g‘oliblari shohsupaga ko‘tariladilar. 

Yettinchi kun — 19-sentabr Toshkent vaqti bilan 21:50 dan 22:20 gacha erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish, ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash, erkaklar o‘rtasida 400 metrga yugurish va ayollar o‘rtasida 400 metr masofaga yugurish bo‘yicha Jahon chempionlari va sovrindorlariga medallar taqdim qilinadi.

Sakkizinchi kun — 20-sentabr Toshkent vaqti bilan 21:45 dan 22:35 gacha ayollar o‘rtasida 20 kilometr masofaga sportcha yurish, erkaklar o‘rtasida 20 kilometr masofaga sportcha yurish, erkaklar o‘rtasida uch hatlab sakrash, ayollar o‘rtasida 400 metrga g‘ovlar osha yugurish, erkaklar o‘rtasida g‘ovlar osha yugurish, ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish va erkaklar o‘rtasida 200 metr sprint bahslari g‘olib va sovrindorlariga medallar topshiriladi.

To‘qqizinchi kun — 21-sentabr Toshkent vaqti bilan 22:15 dan 22:50 gacha ayollar o‘rtasida yadro itqitish, ayollar o‘rtasida yettikurash, erkaklar o‘rtasida 800 metrga yugurish, ayollar o‘rtasida 5,000 metr masofaga yugurish va ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bahslari sovrindorlari taqdirlansa; Toshkent vaqti bilan 22-sentabr 01:45 dan 02:45 gacha ayollar o‘rtaida 800 metrga yugurish, erkaklar o‘rtasida 5,000 metr masofaga yugurish, erkaklar o‘rtasida 4x400 metr estafeta, ayollar o‘rtasida 4x400 metr estafeta, erkaklar o‘rtasida o‘nkurash, ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash, erkaklar o‘rtasida disk uloqtirish, ayollar o‘rtasida 4x100 estafeta va erakaklar o‘rtasida 4x100 estafeta musobaqalari dastlabki uch o‘rin egalari taqdirlanadi.




Surxondaryoda "Yangi O‘zbekiston — Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasi viloyat bosqichi yakunlandi 04.09.2025 02:00

Mamlakatimizning barcha yirik shaharlari va viloyatlari bo‘ylab "eng ulug‘, eng aziz bayram", deya e'tirof etiladigan mustaqillik bayrami arafasida o‘zida turli yakkalik va jamoaviy sport turlarini jamlagan "Yangi O‘zbekiston — Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu ommaviy sport tadbirlarida Respublikaning viloyatlari kesimida o‘g‘il-u qizlar o‘zlarining ne chog‘lik sport bilan oshno ekanliklarini namoyish etdilar, tengdoshlari bilan bahsga kirishdilar. Ta'kidlash joizki, bunday musobaqalarning o‘tkazilishi yurtimiz bo‘ylab yoshlarni sog‘lom turmush tarziga va doimiy sport bilan shug‘ullanishga targ‘ib qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shunday tadbirlar Surxondaryo viloyatida ham tashkillashtirildi. Musobaqalar ko‘tarinki ruhda o‘tib, uning ishtirokchilariga sportcha zavq-shavq bag‘ishladi. Musobaqalar dasturlarida yengil atletika sport turlari alohida o‘rin egalladi. Musobaqalar yakunlariga ko‘ra g‘olib va yuqori o‘rinlar egalari tashkilotchilar tomonidan sovrinlar va sovg‘alar bilan mukofotlandi: "Bellashuvlar davomida o‘z mahorati, kuchi va irodasini namoyon etgan g‘olib va sovrindor sportchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar", deyiladi Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi matbuot xizmati xabarida. Taqdirlash ma'rosimida viloyat bojxona boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etib, sportchilarni qayd etgan yuqori natijalari va g‘alaba bilan tabrikladi. Bunday yutuqlar ularning kelajakda xalqaro darajadagi yuksak yutuqlarga erishishida debocha bo‘lishiga tilak bildirildi. Ularning Vatan sha'ni himoya qilish va xalqimiz orasida sog‘lom turmush tarzini yoyishdagi harakatlari olqishlandi.

Musobaqa ishtirokchilari nafaqat sport maydonlarida o‘zaro bellashdilar, balki o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni ham namoyish etdilar.

 

 




2025-yildagi yengil atletika bo‘yicha muhim xalqaro va qit'a chempionatlari 03.09.2025 02:00

2025-yilning qolgan 4 oyi davomida yengil atletika sport turlari bo'yicha turli yosh toifalarida quyidagi muhim xalqaro va qit'a chempionatlari o‘tkaziladi: 

13—21-sentabr —Yaponiya poytaxti Tokio shahrida joylashgan Milliy stadionda yengil atletika turlari bo'yicha kattalar o‘rtasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionatda dunyoning 200 dan ortiq davlatidan kelgan 2,000 dan ortiq atletlar 49 ta musobaqada birinchilik uchun kurashadi.

22—31-oktabr — Bahraynning Manama shahri yoshlar o'rtasida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqa bu paytga qadar ikki bor o‘tkazilgan edi. Osiyo o'yinlarida Osiyo Olimpiya Kengashiga a'zo 45 ta davlatdan 4,000 dan ortiq o‘g‘il-qizlar ishtirok etadi. Atletlar yosh toifasi 14—17 yosh oralig‘ida bo‘ladi. 24 ta sport turi va 253 musobaqa qatoriga yengil atletika sport turlari ham kiritilgan. 

7—21-noyabr — Saudiya Arabistonining eng yirik shahri va poytaxti Ar-Riyod shahri oltinchi Islom birdamligi o'yinlarini o'zida qabul qiladi. O‘yinlar 21 sport va 2 para-sport turlari, shu jumladan atletika va para-atletika turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 

 7—14-dekabr kunlari — Birlashgan Arab Amirligida Dubay shahri yoshlar o'rtasida beshinchi Osiyo para-o‘yinlari musobaqasi bo'lib o'tadi. Unda 1,500 dan ortiq para-atletlar g'oliblik uchun kurash olib boradi.




"Silk Road to Tokyo WA Continental Tour BRONZE" xalqaro musobaqasi YAKUNIY NATIJALARI 18.08.2025 02:00

Turnirda 15 ta davlat 250 ga yaqin professional sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlar dasturi 22 ta tur asosida o'tkazildi.  

Erkaklar - 100 metr, 1500 metr masofaga yugurish; 110 metr g‘ovlar osha, 400 metr g‘ovlar osha yugurish; balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, uch xatlab sakrash; bosqon uloqtirish va nayza uloqtirish hamda o‘nkurash musobaqalarida o'zaro bahs olib bordi.

Ayollar - 200 metr, 400 metr,  1500 metr masofaga yugurish; 100 metr g‘ovlar osha, 400 metr g‘ovlar osha yugurish; balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, uch xatlab sakrash; yadro itqitish;  bosqon uloqtirish va nayza uloqtirish; 4x400 metr masofaga estafetali yugurish hamda yettikurash musobaqalarida oʻzaro bellashdi.

Oʻzbekistonlik atletlar, ayniqsa, musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra yuqori oʻrinlarni egalladi. Vakillarimiz chet davlatlardan kelgan raqiblari bilan har bir yengil atletika sport turida tengma teng kurash olib bordi va yuqori jismoniy imkoniyatlarini namoyish etdi. 

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida xalqaro musobaqani oʻtkazish uchun mintaqaviy va xalqaro darajadagi standartlar asosida tayyorgarlik koʻrildi. Tayyorgarlik jarayonlari Osiyo yengil atletika Assotsiatsiyasi vakillari nazoratida olib borildi. Tashkilot rasmiylari va xalqaro sportchilar musobaqa oʻtkazilish jarayonida hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaganini va shart-sharoitdan mamnunligini bildirdi.

"Silk Road to Tokyo WA Continental Tour BRONZE" xalqaro musobaqasining YAKUNIY NATIJALARI bilan tanishing:

Silk Road to Tokyo Results



SILK ROAD TO TOKYO WA CONTINENTAL TOUR BRONZE taqvimi bilan tanishing 12.08.2025 02:00

Taqvimga binoan musobaqalar quyidagi tartibda olib boriladi:

Time Event name Gender Round
16 August 2025
Morning session
08:30 100mH Women Heptathlon
08:40 100m Men Decathlon
09:30 Long Jump Men Decathlon
09:40 High Jump Women Heptathlon
10:40 Shot Put Men Decathlon
Evening session
16:35 Shot Put Women Heptathlon
16:45 100m Men Heat 1
16:55 100m Men Heat 2
17:00 High Jump Men Decathlon
17:00 Hammer Throw Men Final
17:10 200m Women Heat 1
17:20 200m Women Heat 2
17:30 Long Jump Men Final
17:35 Shot Put Women Final
17:45 400m Women Final Heat 2
17:55 400m Women Final Heat 1
18:15 100mH Women Final
18:30 110mH Men Final
18:40 High Jump Men Final
18:45 200m Women Heptathlon
18:55 200m Women Final
19:00 Long Jump Women Final
19:10 100m Men Final
19:25 400m Men Decathlon
19:40 4x400m Relay Women Final

 

Time Event name Gender Round
17 August 2025
Morning session
08:30 110mH Men Decathlon
08:40 Long Jump Women Heptathlon
09:30 Discus Throw Men Decathlon
10:30 Javelin Throw Women Heptathlon
10:40 Pole Vault Men Decathlon
Evening session
17:00 Javelin Throw Men Decathlon
17:45 Javelin Throw Men Final
18:10 400mH Men Final
18:20 400mH Women Final
18:25 Triple Jump Men Final
18:30 High Jump Women Final
18:35 1500m Men Final
18:45 1500m Women Final
19:00 Hammer Throw Women Final
19:05 1500m Men Decathlon
19:20 800m Women Heptathlon
19:40 4x400m Relay Mixed Final


Silk Road to Tokyo Schedule

 




Poytaxtimiz yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi 11.08.2025 02:00

Joriy yilning 16-17-avgust kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida  xalqaro musobaqalari taqvimiga kiruvchi SILK ROAD TO TOKYO WA CONTINENTAL TOUR BRONZE  turniri bo‘lib o‘tadi.

3

Turnirda 15 ta davlat 250 ga yaqin professional sportchi ishtirok etadi. Musobaqa dasturi 22 ta  turdan iborat: 

Erkaklar:                                                        Ayollar:

- 100 metr                                                  - 200 metr

- 1500 metr                                                 -400 metr

- 110 metr g‘ovlar osha                             -1500 metr

- 400 metr g‘ovlar osha                             - 100 metr g‘ovlar osha

- balandlikka sakrash                               - 400 metr g‘ovlar osha

- uzunlikka sakrash                                  - balandlikka sakrash

- uch xatlab sakrash                                  - uzunlikka sakrash

- bosqon uloqtirish                                    - yadro itqitish

- nayza uloqtirish                                      - bosqon uloqtirish

- o‘nkurash                                                - yettikurash

                         - 4x400 metr Aralash estafetali yugurish

 

Boshlanish sanasi va vaqti:

2025-yil16-avgust  08:30

O‘tkaziladigan joy:  O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadioni

(Islom Karimov ko‘chasi 98a uy, mo‘ljal Paxtakor markaziy stadioni hududi)




Ўсмирлар ва ўсмир қизлар (U18) ўртасида Ўзбекистон чемпионати 23.05.2025 16:59

 

 

ЕНГИЛ АТЛЕТИКА БЎЙИЧА ЎСМИРЛАР ВА ЎСМИР ҚИЗЛАР (U18) ЎРТАСИДА ЎЗБЕКИСТОН ЧЕМПИОНАТИ МУСОБАҚАСИ

ДАСТУРИ

Тошкент шаҳри               “ЎЕАФ” спорт мажмуаси               11-12 июнь 2025 йил

1 кун, 11 июнь, Чоршанба

07:00

10 000 м спортча юриш

Ўсмирлар

Финал

08:00

100 м

Ўсмирлар

Ўн кураш (1)

08:15

100 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Етти кураш (1)

08:25

100 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

08:40

110 м ғ/о

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

08:40

Узунликка сакраш

Ўсмирлар

Ўн кураш(2)

09:00

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

09:00

Диск улоқтириш

Ўсмир қизлар

Финал

09:00

100 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

09:10

Баландликка сакраш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (2)

09:30

100 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

09:40

Узунликка сакраш

Ўсмирлар

Финал

09:40

Ядро итқитиш

Ўсмирлар

Ўн кураш(3)

10:00

400 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

10:25

400 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

10:30

Ядро итқитиш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (3)

10:30

Диск улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

10:40

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

Ўн кураш (4)

10:50

100 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Финал

11:00

Узунликка сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

11:00

110 м ғ/о

Ўсмирлар

Финал

11:10

100 м

Ўсмир қизлар

Финал

11:20

100 м

Ўсмирлар

Финал

11:30

200 м

Ўсмир қизлар

Етти кураш (4)

11:40

Эстафета 4х400

Ўсмир қизлар

Финал

11:55

Эстафета 4х400

Ўсмирлар

Финал

12:10

400 м

Ўсмирлар

Ўн кураш(5)

Кечки дастур

16:30

Найза улоқтириш

Ўсмир қизлар

Финал

17:00

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

Финал

17:20

2000 м т/о

Ўсмир қизлар

Финал

17:35

2000 м т/о

Ўсмирлар

Финал

17:45

1500 м

Ўсмирлар

Финал

17:45

Найза улоқтириш

Ўсмирлар

Финал босқичи

17:55

1500 м

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

18:30

Баландликка сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

18:25

400 м

Ўсмирлар

Финал

18:30

400 м

Ўсмир қизлар

Финал

2 кун, 12 июнь, Пайшанба

07:00

Босқон улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

07:30

5000 м спортча юриш

Ўсмир қизлар

Финал

08:00

Босқон улоқтириш

Ўсмир қизлар

Финал

08:30

110 м ғ/о

Ўсмирлар

Ўн кураш(6)

08:45

200 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

09:00

Ядро итқитиш

Ўсмирлар

Финал

09:00

Узунликка сакраш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (5)

09:15

200 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

09:30

Диск улоқтириш

Ўсмирлар

Ўн кураш (7)

09:45

3000 м

Ўсмирлар

Финал босқичи

10:05

3000 м

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

10:20

Уч хатлаб сакраш

Ўсмирлар

Финал

10:20

Ядро итқитиш

Ўсмир қизлар

Финал

10:30

400 м ғ/о

Ўсмирлар

Финал босқичи

10:30

Найза улоқтириш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (6)

10:50

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмирлар

Ўн кураш (8) - Ўсмирлар

11:05

400 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

11:25

800 м

Ўсмирлар

Финал босқичи

11:35

800 м

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

11:40

Уч хатлаб сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

11:50

200 м

Ўсмирлар

Финал

11:55

200 м

Ўсмир қизлар

Финал

12:05

800 м

Ўсмир қизлар

Етти кураш (7)

12:15

Эстафета 4х100

Ўсмир қизлар

Финал

12:25

Эстафета 4х100

Ўсмирлар

Финал

12:35

МИХ эстафета 4х400

Ўсмирлар, Ўсмир қизлар

Финал

12:20

Найза улоқтириш

Ўсмирлар

Ўн кураш (9)

13:20

1500 м

Ўсмирлар

Ўн кураш(10)

1.Иштирокчилар талабномаларини қабул қилиш бўйича қабул ҳайъати, Тошкент шаҳрида “ЎЕАФ” спорт мажмуаси биносида 10 июнь куни соат 10:00 дан 16:00 гача ишлайди.

2.Жамоа вакилларининг йиғилиши ҳакамлар ҳайъати билан биргаликда 10 июнь куни соат 16:30 да Тошкент шаҳрида “ЎЕАФ” спорт мажмуаси биносининг ҳакамлар хонасида бўлиб ўтади.

3.Спортчиларнинг шаҳсий снарядлари мусобақа кунидан бир кун аввал соат 12:00 га қадар топширилиши лозим.

4.Мусобақа иштирокчилари сонига қараб дастурда айрим ўзгаришлар бўлиши мумкин.

Турлар

Иштирокчилар

Баландликларни кўтарилиши хамда депсиниш масофалари

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

140, 145, 150, 155, 160, 165, 170, 175, 180, 185, 190, 195, 199, 202,.+2

Ўсмир қизлар

130, 135, 140, 145, 150, 155, 159, 163, 166, 168,+2

10-кураш

135 ….+3

7-кураш

125 ….+3

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмирлар

220 ….+10

Ўсмир қизлар

200 ….+10

10-кураш

220  ….+10

Уч хатлаб сакраш

Ўсмирлар

11 м

Ўсмир қизлар 

9 м

Югуриш турларида 2 босқич (Дастлабки ва финалларни ўтказиш хамда кейинги босқичга чиқиш тартиби)

9 иштирокчигача

Финал

Дастлабки босқич ўтказилмайди

18 нафаргача

Икки босқичда

3+2

27 нафаргача

Икки босқичда

2+2

28 ва ундан кўп

Икки босқичда

Вақт бўйича




Engil atletika turi buyicha UNIVERSIADA - 2025, hisoboti 09.05.2025 20:53

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGI
O'ZBEKISTON YENGIL ATLETIKA FEDERATSIYASI
Engil atletika turi buyicha UNIVERSIADA -2025
HISOBOTI
Musobaqa o'tkazilgan sana: 6-9 may 2025-yil
O'tkazilgan joy: Samarkand  shahri, Olimpiya stadioni
Ishtirokchilar soni: Jami 196 nafar, shulardan nafari 98 qizlar
1 Toshkent  viloyati 311  1-15  
2 Namangan viloyati 311  1-5  
3 Samarqand viloyati 264    
4 Qashqadaryo viloyati. 226 1-3  
5 Surxondaryo viloyati 226 1-1  
6 Andijon viloyati 210    
7 Xorezm viloyati 199    
8 Buxoro viloyati 193    
9 Qoraqalpog'iston Res 175    
10 Farg'ona viloyati 150    
11 Navoyi viloyati 149    
12 Jizzax viloyati 88    
13 Sirdaryo viloyati 83    
14 Toshkent  sh. 59    
Musobaqa g'olib va sovrindorlari
O'rin Sportchining F.I.Sh. Viloyat Natija Murabbiy(lar)ning F.I.Sh
100 m yoshlar
1 Umidjon Nabiyev   Namangan vil. 10.74 Ummatov N. R.
2 Sulton Gafurjonov   Toshkent vil. 10.88 Soliyev I.R.
3 Odiljon Abdullajonov Andijon vil. 10.88 G'.Abdullayev, B.Satkulov
100 m qizlar
1 Jonbibi  Hukmova Qashqadaryo vil. 11.89 Elova S 
2 Mashhura Mamadullayeva  Samarqand vil. 12.52 Utayev Z. M.
3 Dildora Ashirbaeva Qoraqalpog'iston Res 12.98 A.Djumanov
200 m  yoshlar
1 Umid Nabiyev Namangan vil. 22.22 Ummatov N. R.
2 Shohrux Omonov Surxondaryo vil. 22.93 U.Chariyev
3 Muhammadsodiq Karimov Namangan vil. 23.00 Jaxongirov Sh. D.
200 m qizlar
1 Jonbibi  Hukmova Qashqadaryo vil. 24.19 Elova S 
2 Nurxon Ochilova  Samarqand vil. 24.33 Tashmatov R. O.
3 Mohinabonu Ro'ziyeva Surxondaryo vil. 25.38 U.Chariyev
400 m  yoshlar
1 Azizdjon Oripov   Namangan vil. 48.88 Ummatov N. R.
2 Dilshodbek Jabborov  Navioy vil 49.23 S.Xushmurodov
3 Muhammadsodiq  Karimov  Namangan vil. 49.57 Jaxongirov Sh. D.
400 m qizlar
1 Nurxon Ochilova  Samarqand vil. 54.80 Tashmatov R. O.
2 Dinara Anvarova Surxondaryo vil. 57.47 N.Y.Xolodova
3 Mohinabonu Ro'ziyeva Surxondaryo vil. 57.88 U.Chariyev
800 m  yoshlar
1 Nomozbek Bobomurodov  Samarqand vil. 1:54.73 Akramov K.Sh.
2 Avazbek Rahmatov  Qashqadaryo vil. 1:56.21 Tuxtayev J, Burxonov A
3  Iskandar Baxtiyorov Samarqand vil. 1:56.53 Utayev Z. M.
800 m qizlar
1 Dinara Anvarova Surxondaryo vil. 2:17.88 N.Y.Xolodova
2 Moxidil  Mamajonova  Namangan vil. 2:18.09 Jaxongirov Sh. D.
3 Marjona Raximova  Samarqand vil. 2:24.00 Utayev Z. M.
1500 m  yoshlar
1 Ruhshod Ma'murov Farg'ona vil. 4:03.06 F.Toirov,A.Maxsumov
2 Ruslan  Xajiyev  Qashqadaryo vil. 4:03.60 Tuxtayev J Burxonov A
3 Hayotjon Ahmedov Farg'ona vil. 4:05.00 F.Toirov
1500 m qizlar
1 Dilafruz Mirozimova  Toshkent vil. 5:13.84 Ismoilova D.T.
2 Marjona Raximova  Samarqand vil. 5:15.38 Utayev Z. M.
3 Oyzira Jo'raqulova Surxondaryo vil. 5:22.40 T.Kildishev, F.Saidaxmedov
3000 m  yoshlar
1 Ochilkulov Akmal Samarqand 8:43.30 Nazarov N. B.
2 Ruslan  Xajiyev  Qashqadaryo vil. 8:49.74 Tuxtayev J Burxonov A
3 Ruhshod Ma'murov Farg'ona vil. 8:57.05 F.Toirov,A.Maxsumov
3000 m qizlar
1 Dilafruz Mirozimova  Toshkent vil. 11:27.91 Ismoilova D.T.
2 Layloxon  Ikromova  Xorazm vil. 11:32.22 Abdullayeva O'., Sherov Z.
3 Oyzira Jo'raqulova Surxondaryo vil. 11:35.64 T.Kildishev, F.Saidaxmedov
110 m g'ovlar osha yugurish yoshlar
1 Nodir  Norbayev Toshkent vil. 14.33 Soliyev I.R.
2 Mardonbek Sotiboldiyev  Namangan vil. 15.08 Ummatov N. R.
3 Toxirbek Oltinbekov Jizzax vil. 15.21 Tolipov A.
100 m g'ovlar osha yugurish qizlar
1 O‘g‘iloy Norboyeva  Toshkent vil. 14.69 Ismoilova D.T.
2 Nodira Ochilova  Samarqand vil. 15.49 Tashmatov R. O.
3 Odina Yuldasheva  Namangan vil. 15.80 Ummatov N. R.
Uzunlikka sakrash  yoshlar
1 Ixtivor Ahmadjonov   Toshkent vil. 6.75 Soliyev I.R.
2 Mardonbek Sotiboldiyev  Namangan vil. 6.69 Ummatov N. R.
3 Omadbek G'ofurov  Andijon vil. 6.65 G'.Abdullayev, B.Satkulov
Uzunlikka sakrash qizlar
1 Alina Kraynova  Toshkent vil. 5.42 Baratov A.M.
2 Barnoxon Sayfullayeva   Toshkent vil. 5.01 Ismoilova D.T.
3 Feruzabonu  Baxodirova  Buxoro vil. 4.97 R.R. Ruzayev U.R. Xaydarov
Uch hatlab sakrash  yoshlar
1 Ibrohim  Maxkamov  Toshkent vil. 15.27 Soliyev I.R.
2 Ixtivor Ahmadjonov   Toshkent vil. 14.43 Ismoilova D.T.
3 Omadbek G'ofurov  Andijon vil. 13.68 G'.Abdullayev, B.Satkulov
Uch hatlab sakrash  qizlar
1 Rayxona Xamroyeva   Toshkent vil. 11.46 Aqmonov B.O.
2 Jasmina  Qiyomova  Buxoro vil. 11.01 E.Kashapov, U.R. Xaydarov
3 Maftuna  Abdurazoqova  Namangan vil. 10.97 Ummatov N. R.
Balandlikka sakrash  yoshlar
1 Quvonch  Rajabov  Qashqadaryo vil. 200 Xudoyberdiyev B
2 Devdavs Ismailov Toshkent vil. 200 Soliyev I.R.
2 Odilbek Ashurbekov  Andijon vil. 185 G'.Abdullayev, B.Satkulov
Balandlikka sakrash qizlar
1 Barnoxon Sayfullayeva   Toshkent vil. 170 Xolbekova D.N.
2 Shabnam Kamolova  Toshkent vil. 155 Ismoilova D.T.
3 Adelya  Gabdullina  Namangan vil. 145 Jaxongirov Sh.D.
Yadro itqitish yoshlar  
1 Nodir  Norbayev Toshkent vil. 12.95 Soliyev I.R.
2 Mashrab Normurotov  Qashqadaryo vil. 12.70 Tuxtayev J Burxonov A
3 Odinayev Muhammadaziz Andijon vil. 12.53  
Yadro itqitish qizlar
1 O‘g‘iloy Norboyeva  Toshkent vil. 11.38 Karimov F.M.
2 Robiyaxon Muratova  Andijon vil. 10.29 B. Satkulov, G'.Abdullayev
3 Shaxribonu Amirova Sirdaryo vil. 9.38  
4x100 m estafeta yoshlar
1 Oripov Azxizdjon Namangan viloyati 41.62  
Nabiyev Umidjon  
Hoshimjonov Azizbek  
Sotiboldiyev Mardonbek  
2 Xo'shboqov Asliddin Surxondaryo viloyati 41.92  
Jo'raqulov Anvar  
Abduqaxxorov Nuriddin  
Omonov Shohrux  
3 Erkinjonov Shahzodbek Andijon viloyati 42.98  
Abduqaxxorov Nuriddin  
Go'furov Omadbek  
Abdullajonov Odilbek  
4x100 m estafeta qizlar
1 Nurxon Ochilova Samarqand viloyati 50.20  
Mashhura Mamadullayeva  
Nadira Ochilova  
Marjona Roximova  
2 O'giloy Norboyeva Toshkent  viloyati 50.42  
Barnoxon Sayfullayeva  
Alina Kraynova  
Rayxona Xamrayeva  
3 Moxinabonu Ro'ziyeva Surxondaryo viloyati 51.65  
Sevara Eshqulova  
Dinara Anvarova  
Nilufar Boyto'rayeva  
4x400 m estafeta yoshlar
1 Oripov Azxizdjon Namangan viloyati 3:20.24  
Nabiyev Umidjon  
Karimov Mahammadsodiq  
Sotiboldiyev Mardonbek  
2 Xolliyev Soib Surxondaryo viloyati 3:25.18  
Oltinboyev Islombek  
Abduqaxxorov Nuriddin  
Omonov Shohrux  
3 Majidov Javohir Navoiy viloyati 3:27.55  
Jabborov Dilshodbek  
Hamzayev Muhammadali  
Umedqulov Faxriddin  
4x400 m estafeta qizlar
1 Nurxon Ochilova Samarqand viloyati 4:02.81  
Ruxshona Abduxoliqova   
Nadira Ochilova  
Marjona Roximova  
2 Moxidil Mamajonova Namangan viloyati 4:06.40  
Mahinahon Ibragimova  
Odina Yuldasheva  
Maftuna Abdurazoqova  
3 Moxinabonu Ro'ziyeva Surxondaryo viloyati 4:12.37  
Sevara Eshqulova  
Dinara Anvarova  
Oyzira Jo'raqulova  



Yengil atletika sport turi bo‘yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati 29.04.2025 16:59

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI
O'ZBEKISTON YENGIL ATLETIKA FEDERATSIYASI
Yengil atletika sport turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o'rtasida O'zbekiston chempionati
HISOBOTI
Musobaqa o'tkazilgan sana: 22-25.04.2025-yil
O'tkazilgan joy: Toshkent shahri, YAF stadioni
Ishtirokchilar soni: Jami 222 nafar, shulardan 87 nafari ayollar
Musobaqa g'olib va sovrindorlari
O'rin Sportchining F.I.Sh. Viloyat Natija Murabbiy(lar)ning F.I.Sh
100 erkaklar
1 Nabiyev Umid Namangan vil 10.89 Shoazamov J.I., Ummatov N.
2 Omonov Shohrux Surxondaryo vil 11.01 U.Chariyev, D.Ro'zmetova
3 Baxtiyorov Sardor Samarqand vil 11.018 Magomedrasulov M . Gladkova T.S. .
100 m ayollar
1 Allaberganova Laylo Xorazm vil 12.06 Xubbiyeva G. Karimboyev J
2 Davronova Sharifa Samarqand vil 12.14 Karimov M
3 Ochilova Nurxon Samarqand vil 12.21 Tashmatov R.O. Rafiev H.T.
200 m  erkaklar
1 Nabiyev Umid Namangan vil 21.89 Shoazamov J.I., Ummatov N.
2 Boboqulov Dilshodbek Navoiy vil 22.11  F.Salohiddinov
3 Baxtiyorov Sardor Samarqand vil 22.19 Magomedrasulov M . Gladkova T.S. .
200 m ayollar
1 Hukmova Jonbibi Qashqadaryo vil 24.01 J.Saidov, S.Elova
2 Allaberganova Laylo Xorazm vil 24.23 Xubbiyeva G. Karimboyev J
3 Nasibulina Angelina Toshkent shahar 26.20 Amirova Z.Sh. Kuzmin A.G.
400 m  erkaklar
1 Toshtemirov Abbos Farg'ona vil 48.60 A.Maxsumov
2 Boboqulov Dilshodbek Navoiy vil 48.95  F.Salohiddinov
3 Karimov Muhammadsodiq Namangan vil 49.60 Yuldashev R.Sh., Ternyayeva I.A.
400 m ayollar
1 Hukmova Jonbibi Qashqadaryo vil 55.01 J.Saidov, S.Elova
2 Levina Irina Toshkent vil 56.57 Burnashev R.A., Asanova N.V.
3 Anvarova Dinara Surxondaryo vil 57.87 N.Y.Xolodova
800 m  erkaklar
1 Ahmedov Hayotjon Farg'ona vil 1:53.07 A.Maxsumov
2 Bobomurodov Namozbek Samarqand vil 1:54.38 Akromov Komil
3 Axmatillayev Alisher Samarqand vil 1:55.51 Rahmonov Sh., Tashmatov O.L
800 m ayollar
1 Levina Irina  Toshkent vil 2:09.87 Burnashev R.A., Asanova N.V.
2 Saminjonova Sabohat Farg'ona vil 2:12.64 A.Maxsumov
3 Antropova Darya Sirdaryo vil 2:17.09 Kozlov D.V. Kozlov A.D
1500 m  erkaklar
1 Boymatov Bekzod Surxondaryo vil 3:56.25 R.Xubbiyev
2 Surenko Viktor Sirdaryo vil 3:56.49 Kozlov D.V. Kozlov A.D
3 Axmatillayev Alisher Samarqand vil 3:58.29 Rahmonov Sh / Tashmatov O.L
1500 m ayollar
1 Nusratilloyeva Sadafbonu Navoiy vil 4:35.24 F.Salohiddinov, A.Hakimov
2 Samijonova Sabohat Farg'ona vil 4:34.31 A.Maxsumov
3 Mamirova Nasima Andijon vil 4:34.84 Yusufjanov N Ismailov I
5000 m  erkaklar
1 Mirsoatov Khasan Toshkent vil 14:12.79 Mirsadikov M.M.
2 Mutalipov Nodirbek Andijon vil 14:24.65 Mirsadikov M Irgashev G
3 Boymatov Bekzod Surxondaryo vil 14:25.91 R.Xubbiyev
5000 m ayollar
1 Mirozimova Dilafruz Toshkent vil 19:30.09 Petrov A.
2 Ikromova Oydina Namangan vil 19:31.36 Talacheva S.J.
3 Tursunova Marianna Namangan vil 19:58.30 Rustamov F.T., Talacheva S.J.
10000 m erkaklar
1 Petrov Andrey Toshkent vil  30:20.89 Khubbiyev R.Sh.
2 Akmal Ochilkulov Samarqand vil  31:18.69 N.Nazarov
3 Iskandarov Rashidbek Qoraqalpog'iston  31:30.76 B.Djumanov, A.Djumanov
10000 m ayollar
1 Komilova Moxinabonu Farg'ona vil 40:22.49 O. Xolmatov
2 Ikromova Oydina Namangan vil 41:11.06 Talacheva S.J.
3 Mirozimova Dilafruz Toshkent vil 41:53.05 Petrov A.
110 m g`/o erkaklar
1 Normurodov Ergash Samarqand vil 14.53 Ruzamuxamedov К.F. /  Egamov F.A
2 Sotiboldiyev Mardonbek Namangan vil 15.12 Shoazamov J.I., Shoazamova S.A.
3 Oltinbekov Toxirbek Jizzax vil 15.53 Tolipov A.
100 m g`/o ayollar
1 Podsepkina Lidiya Surxondaryo vil 13.56 G.Sh.Xubbiyeva
2 Ochilova Nodira Samarqand vil 15.99 Tashmatov R.O. Rafiev H.T.
3 Ahmadjonova Nilufar Namangan vil 17.57 Sharipov G’.
400 m g`/o erkaklar
1 Karimov Muhammadsodiq Namangan vil 53.95 Yuldashev R.Sh., Ternyayeva I.A.
2 Umarov Sardor Farg'ona vil 54.26 R.Abdullayev, O.Verzilin
3 Oltinbekov Toxirbek Jizzax vil 57.10 Tolipov A.
400 m g`/o  ayollar
1 Ochilova Nurxon Samarqand vil 59.89 Tashmatov R.O. Rafiev H.T.
2 Anvarova Dinara Surxondaryo vil 1:01.52 N.Y.Xolodova
3 G'oibnazarova Sabrina Navoiy vil 1:07.39 F.Salohiddinov, A.Hakimov
3000 m t/o  erkaklar
1 Axmedov Diyorbek Samarqand vil 9:26.79 Rahmonov Sh / Tashmatov O.L
2 Soatov Muxammadqodir Surxondaryo vil 9:30.87 I.Silchenko, T.Kildishev
3 Shavkatov Bexruz Navoiy vil 9:31.50 S.Xushmurodov
3000 m t/o ayollar
1 Nusratilloyeva Sadafbonu Navoiy vil 10:23.27 F.Salohiddinov, A.Hakimov
2 Usmanova Dilshoda Andijon vil 10:23.49 Yusufjanov N Ismailov I
3 Nawrizbaeva Ramila Qoraqalpog'iston 12:56.60 B.Maxambetiyarov
10000 m spotrcha yurish  erkaklar
1 Zubayev Sherzod Qashqadaryo vil  45:54.53 R.Meyliqulov
2 Rizayev Dadajon Qashqadaryo vil  53:45.07 R.Meyliqulov
3 Bobonazarov Murod Qashqadaryo vil 55:32.156 J.Saidov, G.Gadoyeva
10000 m sportcha yurish ayollar
1 Yafasova Diana Toshkent vil 49:50.85 Mirsadikov M.M.
2 Bekbulatova Zlata Namangan vil 57:06.25 Ternyayeva I.A.
3 G'oipova Hilola Qashqadaryo vil 1:16:33.06 J.Murodqulov, A.Zokirov 
Balandlikka sakrash  erkaklar
1 Vadim Chikalov Toshkent shahar 213 Kabanova S.R.
2 Amir Nagayev Toshkent shahar 209 Drozdova Ye.O.
3 Quvonchbek Rajabov Qashqadaryo vil 200 X.Karimov, B.Xudoyqulov
Balandlikka sakrash ayollar
1 Safina Sadullayeva Sirdaryo vil 1.87 Ahmedjanov A.A. Zyangurova R.Sh.
2 Barnoxon Sayfullayeva Qashqadaryo vil 1.84 X.Karimov, O.Axmadjonov
3 Valeriya Gorbatova Toshkent vil 1.80 Abdullaev I.I.
4 Aleksandra Sharkayeva Toshkent shahar 1.80 Akhmedjanov A.O.
Uzunlikka sakrash erkaklar
1 Anvarov Anvar Buxoro vil 7.80 Sh.Sharipov A.Usmonov
2 Stepanov Aleksandr Samarqand vil 7.52 Gasparyan A.А. / Gasparyan V.A
3 Norboyev Nodir Sirdaryo vil 7.44 Ravshanov O.K.
Uzunlikka sakrash ayollar
1 Xudoyarova Roksana Samarqand vil 6.01 Verzilin O.V. / Tashmatov R.O
2 Norboyeva O'giloy Sirdaryo vil 5.64 Ravshanov O.K.
3 Kraynova Alina Toshkent shahar 5.46 Drozdova Ye.O.
Uch hatlab sakrash erkaklar
1 Mahkamov Ibrohim Sirdaryo vil 15.85 Zyangurova R.Sh. Manolis V.D.
2 Ahmadjanov Ihtiyor Sirdaryo vil 15.69 Zyangurova R.Sh. Manolis V.D.
3 Muborakov Muxammadkodir Andijon vil 14.39 Mamadaliev I
Uch hatlab sakrash ayollar
1 Xudoyarova Roksana Samarqand vil 13.80 Verzilin O.V. / Tashmatov R.O
2 Shustova Nadejda Toshkent vil 11.93 Ametov O.O.
Langar cho`p bilan sakrash erkaklar
1 Norboyev Nodir Sirdaryo vil 4.60 Ravshanov O.K.
2 Sharipov Baxriddin Buxoro vil 3.70 Sh.Sharipov V.Smirnov
3 Kuchkarov Doniyor Toshkent vil 3.00 Andreev L.V.
Langar cho`p bilan sakrash ayollar
1 Matluba Saidahmedova Samarqand vil 2.30 Podmarev V.A  Simakovch O.V
2 Farida Madiyarova Toshkent vil 2.20 Andreyev L.V
Yadro itqitish erkaklar
1 Rajabov Doston Navoiy vil 17.35 S.Aslanov
2 Mardonov Shaxzod Navoiy vil 14.87 S.Aslanov, A.Bobonazarov
3 Saidov Muxammadjon Jizzax vil 14.20 Tolipov A.
Yadro itqitish ayollar
1 Nasriddinova Malika Sirdaryo vil  17.45 Shukina O.A. Zyangurova R.Sh.
2 Aulbekova Adina Toshkent vil  12.05 Shukina O.A.
3 Omonova Karomat Qashqadaryo vil  11.63 M.Maqsudov, Sh.Turg`unov
Bosqon uloqtirish erkaklar
1 Xodjayev Suxrob Sirdaryo vil  70.54 Verzilin O.V. Abduvaliev A.X.
2 Fayozov Ayubxon Farg'ona vil  62.91 S.Nabiyev
3 Aliyev Javohir Toshkent vil 56.62 Yusupova G.  Saydinov S
Bosqon uloqtirish ayollar
1 Elina Silyamieva Sirdaryo vil 60.10 A.Abduvaliyev
2 Dariya Matveyenko Toshkent shahar 49.59 Shukina O.A.
Disk uloqtirish erkaklar
1 Rashidbek Sodikov TSK 55.69 Shukina O.A.
2 Sayfulloev Dunyozod TSV 53.14 Abduvaliev A. X.
3 Nurillayev Azizjon NAV 51.47 S.Aslanov
Disk uloqtirish ayollar
1 Shukina Yulianna Toshkent shahar 47.37 Shukina O.A.
Nayza uloqtirish erkaklar
1 Ismoilov Sarvar Toshkent vil 70.61 Xaydarov B.Sh.
2 Murodov Asadbek Farg'ona vil 70.21 D.Saydaliyev                D.Davlatov
3 Egamberdiyev Ulugbek Toshkent shahar 65.42 Kazakova A.V.
Nayza uloqtirish ayollar
1 Nargiza Qo'chqorova Farg'ona vil 54.81 Sh.Kapkayev
2 Musharraf Saidaxmedova Toshkent vil 45.45 Xaydarov B.Sh. 
3 Dariya Sidirova Toshkent shahar 39.31 Svechnikova Ye.Yu
O`nkurash erkaklar
1 Sharipov Baxriddin Buxoro vil 5068 Sh.Sharipov V.Smirnov
2 Sharipov Jo'rabek Qashqadaryo vil 4902 J.Axmatov, O.Ravshanov 
3 Muhammedov Shohjahon Farg'ona vil 3992 X.Boymatov                  S.Aliyarov
Yettikurash ayollar
1 Moxigul Arzieva Andijon vil 4955 Andreev P Yusupov I
2 Kseniya Borusheva Toshkent vil 4767 Andreyev P.V
4x100 m estafeta erkaklar
1 Umid Nabiyev Namangan vil 41.98  
Azizjon Oripov  
Azizbek Hoshimjonov  
Mardonbek Sotiboldiyev  
2 Shohrux Omonov Surxandaryo vil 42.19  
Nuriddin Abduqaxxorov  
Anvar Jo'raqulov  
Asliddin Xo'shboqov  
3 Shaxzod Choriyev Toshkent vil 43.39  
Javohir Zokirxo'jayev  
Madiyor Mirtashov  
Beknur Abdikadirov  
4x100 m estafeta ayollar
1 Marjona Raximova Samarqand vil 50.37  
Nurxon Ochilova  
Nodira Ochilova  
Mashhura Mamadullayeva  
2 Ayzada Baxitova Qoraqalpog'iston 51.13  
Perizat To'rebaeva  
Rano Jamg'irbayeva  
Dildora Ashirbaeva  
3 Maftuna Nuraliyeva Toshkent vil 51.20  
Laylo Davletyarova  
Nadejda Shustova  
Yekaterina Charganseva  
4x400 m estafeta erkaklar
1 Mardon Sotiboldiyev Namangan vil 3:16.95  
Azizbek Abdulxamidov  
Azizjon Oripov  
Umid Nabiyev  
2 Javohir Majidov Navoiy vil 3:23.32  
Dilshodbek Jabborov  
Muxammadali Hamzayev  
Faxriddin Umedqulov  
3 Islombek Oltinboyev Surxondaryo vil 3:26.51  
Shohrux Omonov  
Nuriddin Abduqaxxorov  
Anvar Jo'raqulov  
4x400 m estafeta ayollar
1 Marjona Raximova Samarqand vil 4:03.28  
Nodira Ochilova  
Nurxon Ochilova  
Ruxshona Abduxolikova  
2 Komila Yo'ldosheva Xorazm vil 4:04.50  
Allaberganova Laylo  
Shuxratova Intizor  
Dilafruz Ismoilova  
3 Gulsevar Boboqulova Navoiy vil 4:15.22  
Mohina Toirova  
Sabrina G'oibnazarova  
Boboqulova Ozoda  
4X400m Aralash estafeta
1 Mohinaxon Ibragimova Namangan vil 3:40.03  
Mardonbek Sotiboldiyev  
Azizjon Oripov  
Maftuna Abdurazakova  
2 Mirjan Abdijaliev Qoraqalpog'iston 3:46.87  
Dildora Ashirbaeva  
Rano Jamg'irbaeva  
Esengeldi Teleuimbetov  
3 Sevinch Xudoyshukurova Qashqadaryo vil 3:50.35  
Diyora Bozorova  
Jahongir Raxmatullayev  
Avazbek Raxmatov  



O'zbekiston chempionati va O'zbekiston U20 chempionati 21.04.2025 11:42

 

 

Катталар ўртасида Ўзбекистон чемпионати хамда U20 ўртасида Ўзбекистон чемпионати

Дастури

Тошкент шаҳри                              23-25 апрель 2025 йил

  Вақти  

  Тур номи  

  Жинси  

  Давра номи  

  1-кун 23 апрель, Чоршанба (Эрталабки дастур)  

  7:00  

  10000м спортча юриш  

  Эркаклар, Ёшлар U 20  

  Финал  

  8:30  

  100м  

  10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (1)  

  

8:45

100м

Аёллар

Дастлабки босқич

9:00

Узунликка сакраш

Қизлар U 20

Финал

9:00

100м

Қизлар U 20

Дастлабки босқич

9:20

100м

Эркаклар

Дастлабки босқич

9:45

100м

Ёшлар U 20

Дастлабки босқич

10:00

400м

Аёллар

Дастлабки босқич

10:20

400м

Қизлар U 20

Дастлабки босқич

10:45

400м

Эркаклар

Дастлабки босқич

11:15

400м

Ёшлар U 20

Дастлабки босқич

10:00

Узунликка сакраш

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (2)

 

10:00

Ядро итқитиш

Эркаклар

Ёшлар U 20

Финал

11:00

Узунликка сакраш

Ёшлар U 20

Финал

11:30

Ядро итқитиш

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (3)

 

1-кун  23 апрель, Чоршанба (Кечки дастур)

16:00

100м

Аёллар

Финал югуришлар

16:05

100м

Қизлар  U20

Финал югуришлар

16:10

100м

Эркаклар

Финал югуришлар

16:15

100м

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

16:30

400м

Аёллар

Финал югуришлар

16:35

400м

Қизлар  U20

Финал югуришлар

16:40

400м

Эркаклар

Финал югуришлар

16:45

400м

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

16:55

3000м тўсиқлар оша

Аёллар

Финал югуришлар

17:00

Узунликка сакраш

Аёллар

Финал

17:10

3000м тўсиқлар оша

Қизлар U 20

Финал югуришлар

17:30

3000м тўсиқлар оша

Эркаклар

Финал югуришлар

17:45

3000м тўсиқлар оша

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

18:00

Баландликка сакраш

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (4)

 

18:00

Босқон улоқтириш

Эркаклар

Ёшлар U 20

Финал

18:00

5000м

Аёллар

Финал югуришлар

18:25

5000м

Қизлар U 20

Финал югуришлар

18:30

Узунликка сакраш

Эркаклар

Финал

18:50

5000м

Эркаклар

Финал югуришлар

19:00

Ядро итқитиш

Аёллар

Қизлар U 20

Финал

19:15

5000м

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

19:35

400м

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (5)

 

19:40

4Х100м эстафета

Аёллар

Финал югуришлар

19:50

4Х100м эстафета

Қизлар  U20

Финал югуришлар

20:00

4Х100м эстафета

Эркаклар

Финал югуришлар

20:10

4Х100м эстафета

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

2-кун 24 апрель, Пайшанба (Эрталабки дастур)

7:00

10000м спортча юриш

Аёллар, Қизлар  U 20

Финал

8:30

110м ғовлар оша

10 кураш Эркаклар (6)

 

8:40

110м ғовлар оша

10 кураш

Ёшлар U 20 (6)

 

8:50

110м ғовлар оша

Эркаклар

Дастлабки босқич

9:00

110м ғовлар оша

Ёшлар U 20

Дастлабки босқич

9:00

Уч хатлаб сакраш

Қизлар  U 20

Финал

9:00

Лангарчўп билан сакраш

Аёллар

Қизлар  U 20

Финал

9:10

100м ғовлар оша

7 кураш Аёллар (1)

 

9:15

100м ғовлар оша

7 кураш

Қизлар U 20 (1)

 

9:20

100м ғовлар оша

Аёллар

Дастлабки босқич

9:30

100м ғовлар оша

Қизлар  U 20

Дастлабки босқич

9:45

200м

Аёллар

Дастлабки босқич

10:00

200м

Қизлар  U 20

Дастлабки босқич

10:00

Диск улоқтириш

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (7)

 

10:15

200м

Эркаклар

Дастлабки босқич

10:30

Уч хатлаб сакраш

Ёшлар U20

Финал

10:40

200м

Ёшлар U20

Дастлабки босқич

10:30

Баландликка сакраш

7 кураш Аёллар

Қизлар U 20 (2)

 

11:00

400м ғовлар оша

Аёллар

Финал югуриш

11:05

400м ғовлар оша

Қизлар U 20

Финал югуриш

11:25

400м ғовлар оша

Эркаклар

Финал югуриш

11:50

400м ғовлар оша

Ёшлар U20

Финал югуриш

11:10

Диск улоқтириш

Ёшлар U20

Финал

11:00

Лангар чўп билан сакраш

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (8)

 

12:10

Диск улоқтириш

Аёллар

Қизлар U 20

Финал

2-кун 24 апрель, Пайшанба (Кечки дастур)

15:00

Найза улоқтириш

10 кураш Эркаклар,

Ёшлар U 20 (9)

 

15:30

100м ғовлар оша

Аёллар

Финал

15:40

100м ғовлар оша

Қизлар U 20

Финал

15:55

110м ғовлар оша

Эркаклар

Финал

16:10

110м ғовлар оша

Ёшлар U 20

Финал

16:00

Лангарчўп билан сакраш

Эркаклар,

Ёшлар U 20

Финал

16:00

Найза улоқтириш

Аёллар,

Қизлар U 20

Финал

16:20

200м

Аёллар

Финал

16:30

Уч хатлаб сакраш

Аёллар

Финал

16:30

200м

Қизлар U 20

Финал

16:30

Ядро

7 кураш Аёллар,

Қизлар U 20 (3)

 

16:40

200м

Эркаклар

Финал югуришлар

16:50

200м

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

17:00

1500м

Аёллар

Финал югуришлар

17:10

1500м

Қизлар U20

Финал югуришлар

17:20

1500м

Эркаклар

Финал югуришлар

17:30

1500м

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

17:30

Найза улоқтириш

Эркаклар, Ёшлар U 20

Финал

17:30

Уч хатлаб сакраш

Эркаклар

Финал

17:40

1500м

10 кураш Эркаклар (10)

 

17:50

1500м

10 кураш

Ёшлар U 20 (10)

 

18:00

200м

7 кураш Аёллар, Қизлар U 20 (4)

 

18:15

4Х400м эстафета

Қизлар U 20

Финал югуришлар

18:30

4Х400м эстафета

Ёшлар U 20

Финал югуришлар

18:45

4Х400м эстафета

Аёллар

Финал югуришлар

19:00

4Х400м эстафета

Эркаклар

Финал югуришлар

3 кун 25 апрель, Жума (Эрталабки дастур)

8:10

10000м

Эркаклар Ёшлар U 20

Финал югуриш

8:30

Баландликка сакраш

Эркаклар, Ёшлар U 20

Финал

8:30

Узунликка сакраш

7 кураш Аёллар, Қизлар U 20 (5)

 

9:00

10000м

Аёллар Қизлар U 20

Финал югуриш

9:20

Найза улоқтириш

7 кураш Аёллар, Қизлар U 20 (6)

 

10:00

Баландликка сакраш

Аёллар

Қизлар U 20

Финал

10:00

800м

Қизлар U 20

Финал

10:15

800м

Ёшлар U 20

Финал

10:30

800м

Аёллар

Финал

10:45

800м

Эркаклар

Финал

10:20

Диск улоқтириш

Эркаклар

Финал

11:00

800м

7 кураш Аёллар (7)

 

11:10

800м

7 кураш

Қизлар U 20 (7)

 

11:20

4Х400м эстафета

Аралаш

Финал

11:30

4Х400м эстафета

Аралаш U 20

Финал

11:30

Босқон улоқтириш

Аёллар, Қизлар U 20

Финал

 




Yangi marshrut, rekordlar va butun dunyodan minglab ishtirokchilar 15.04.2025 12:32

 

 

VII Toshkent xalqaro marafoni:

Yangi marshrut, rekordlar va butun dunyodan minglab ishtirokchilar

13-aprel kuni O‘zbekiston poytaxti yana yilning eng yirik va ilhomlantiruvchi sport tadbirlaridan biri - Markaziy Osiyodagi yugurish musobaqalari orasida haqli ravishda yetakchi o‘rinni egallagan VII Toshkent xalqaro marafoni markaziga aylandi. Bu yil marafonda dunyoning 52 davlatidan 11 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi - bu marafon o‘tkazilishi tarixidagi mutlaq rekorddir.

"Yangi O‘zbekiston" bog‘i hududi bo‘ylab o‘tkazilgan yangilangan trassa 42 kilometr 195 metr klassik masofa, 21 kilometr 97,5 metr yarim marafon va 10 kilometr masofaga yugurishni tanlagan marafonchilar uchun arenaga aylandi.

An'anaviy ravishda yangi yuguruvchilarni o‘ziga jalb etadigan qisqaroq 3 kilometrlik masofa bog‘ ichida o‘tkazildi va katta marafon muhitini his qilishni istagan barcha ishtirokchilar uchun qulay maydonchaga aylandi.

Marafonning asosiy tamoyillaridan biri inklyuzivlik va imkoniyatlar tengligi bo‘lib qolmoqda. Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus yugurish musobaqasi tashkil etildi, bu esa sportning chegaralar, xurofotlar va cheklovlarsiz maydon ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Bir kun avval, 12 aprel-kuni Magic City bog‘i 1 va 3 km masofaga Kids Run yugurish musobaqalari doirasida yosh ishtirokchilarni, shuningdek, 3 km masofaga maxsus yo‘nalishda skandinavcha yurish havaskorlarini kutib oldi.

 

Marafon O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi hamda Markaziy Osiyo yengil atletika assosiasiyasi tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasining faol ko‘magida tashkil etildi. Marafonni tayyorlashda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Raqamli texnologiyalar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, "O‘zbekneftgaz" AJ, Toshkent shahar hokimligi, Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi kabi o‘nlab tegishli idoralar ham ishtirok etdi.

 

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Yengil atletika federatsiyasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jaev, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar vakillari ishtirok etdi.

 

Viktor Mahmudov o‘zining qutlov nutqida Toshkent marafoni shunchaki musobaqa emas, balki barcha yoshdagi professional sportchilar va yugurish ixlosmandlarini birlashtirish, sport birligi, ilhom va sog‘lom turmush tarziga intilishning o‘ziga xos muhitini shakllantirish uchun muhim platformaga aylanganini ta'kidladi.

 

Toshkent marafonining xalqaro e’tirofi uning World Athletics rasmiy taqvimiga kiritilgan tadbir maqomi bilan tasdiqlanadi. 2025-yilda marshrut Xalqaro marafonlar va yugurish assosiasiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlandi va masofani o‘lchash "A" toifadagi ekspert tomonidan amalga oshirildi, bu esa uning xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi va natijalarning global darajada tan olinishini ta'minlaydi.

Bu yilgi marafonning mukofot jamg‘armasi 639 million so‘mni tashkil etdi. Musobaqalarda Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belarus, Keniya, Rossiyadan 32 nafar professional atlet, shuningdek, O‘zbekistonning eng kuchli yuguruvchilari ishtirok etdi.

 

Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi direktori Shuhrat Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, sovrindorlarning yosh toifalari kengayishi muhim yangilik bo‘ldi: bu yil sovrinlar erkaklar va ayollar o‘rtasida 15-34, 35-49 va 50+ yosh guruhlarida topshirildi. Ushbu qaror ishtirokchilarning keng doirasini rag‘batlantirish va yangi avlod sportchilarini ilhomlantirish imkonini berdi.

 

VII Toshkent marafoni poytaxtning ishbilarmonlik hayotida ham muhim voqeaga aylandi: tadbirga mamlakatimizning yetakchi kompaniya va tashkilotlaridan 212 ta korporativ jamoa kelib qo‘shilib, sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy ruh tamoyillariga sodiqligini namoyish etdi.

 

Marafonni tashkil etish professional shtabning uyg‘un ishi natijasi bo‘ldi: 85 nafar sertifikatlangan hakam va murabbiy, shuningdek, 115 nafar volontyordan iborat jamoa jalb etildi.

 

Marafon masofasida ukrainalik Vitaliy Shafar g‘alaba qozonib, o‘tgan yilgi marafon g‘olibi belaruslik Vladislav Pryotovning rekordini besh soniyaga yaxshiladi. Bu yil Pryamov 2:19:29 natija bilan ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni qirg‘izistonlik Ilya Tyapkin egalladi - 2:24:44. U Toshkent marafonining ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medali sohibi.

 

Yekaterina Tunguskova oltinchi marta shohsupaga ko‘tarilib, ketma-ket ikkinchi marta birinchi o‘rinni egalladi. U bu yil 2:49:45 natija bilan marraga yetib keldi. Ikkinchi o‘rinni Yevgeniya Indina (2:54:32), uchinchi o‘rinni esa Gulnur Yelemesova (3:07:43) egalladi.

 

Yarim marafon yo‘nalishida ketma-ket ikkinchi yil rossiyalik Rinas Ahmadeev 1:03:22 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lib qirg‘izistonlik Nursultan Keneshbekov 1:04:35 natija bilan marraga yetib keldi, uchinchi bo‘lib marafon yugurish bo‘yicha O‘zbekiston yetakchisi Shohrux Davlatov masofani 1:05:39 da bosib o‘tdi. Ayollar o‘rtasida esa Aynushka Xalil Qizi ishonchli g‘alabaga erishdi - 1:17:01. Ikkinchi o‘rinni Svetlana Kudzelich egalladi, u 1:20:01 vaqtni ko‘rsatdi, uchinchi o‘rinni Yelena Tolstix egalladi - 1:22:19.

 

10 kilometrlik masofada yangi rekordlar o‘rnatildi. Hasan Mirsoatov 30:59 natija qayd etgan bo‘lsa, Alina Hakimova ayollar o‘rtasida 37:06 vaqt bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu ko‘rsatkichlar Toshkent marafonining bo‘lajak ishtirokchilari uchun yangi mezon bo‘ldi.

 

VII Xalqaro Toshkent marafoni g‘oliblari:

 

Erkaklar - 3 km

1.Eldor Botirov - 9:53

2.Diyorbek Ahmedov - 9:58

3. Viktor Surenko - 10:10

 

Ayollar - 3 km

1.Saboqat Samijonova - 11:46

2.Darya Andropova - 11:52

3.Munavvar Xolto‘raeva - 12:28

 

Erkaklar - 10 km

1.Hasan Mirsoatov - 30:59 (marafon rekordi)

2.Nodirbek Mutalipov - 31:15

3.Otabek Toshquvatov - 31:20

 

Ayollar - 10 km

1.Alina Hakimova - 37:06 (marafon rekordi)

2. Azizaxon Mirzakbarova - 37:22

3.Marjona Ahmadalieva - 37:41

 

Yarim marafon

 

Erkaklar

1.Rinas Ahmadiev - 1:03:27

2.Nursulton Keneshbekov - 1:04:35

3.Shoxrux Davlatov - 1:05:39

 

Ayollar

1. Aynushka Xalil qizi- 1:17:01

2. Svetlana Kudzelich - 1:20:01

3. Yelena Tolstix - 1:22:19

 

Marafon

 

Erkaklar

1. Vitaliy Shafar - 2:18:31 (marafon rekordi)

2.Vladislav Pryamov - 2:19:29

3. Ilya Tyapkin - 2:24:44

 

Ayollar

Yekaterina Tunguskova - 2:49:45

2. Yevgeniya Indina - 2:54:32

3.Gulnur Yelemesova - 3:07:43




Eco Save Aral: Ўқувчилар ва талабалар югуришга қўшилмоқда 05.04.2025 20:49

 

 

МАТБУОТ РЕЛИЗИ

Ўқувчилар ва талабалар югуришга қўшилмоқда

photo_2025-04-05_20-39-42

Республика бўйлаб баҳорги оммавий югуришлар босқичи старт олади

Yangi Nafas: мамлакат бўйлаб минглаб иштирокчилар баҳорги югуришларга қўшиладилар

Чегарасиз спорт: Ўзбекистоннинг 14 та шаҳри кенг кўламли югуриш тадбирларини қабул қилади

Саломатлик, экология ва бирдамлик учун югуриш: Yangi Nafas баҳор мавсумининг бошланиши

2025-йил 4-апрель куни бутун республика бўйлаб Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирлиги, Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси, Миллий олимпия қўмитаси ҳамда мамлакатдаги барча вилоят ҳокимиятларининг фаол иштирокида ўтказиладиган кенг кўламли оммавий югуришларнинг баҳорги босқичи бошланади. Ташкилий-техник қўллаб-қувватлаш Ўзбекистон Республикаси Енгил атлетика федерацияси томонидан Марказий Осиё юриш ва югуриш академияси билан ҳамкорликда амалга оширилади.

Енгил атлетика федерацияси томонидан 2019-йилда асос солинган Yangi Nafas умуммиллий ҳаракати ҳудудларда югуриш маданиятини ривожлантиришнинг асосий драйвери вазифасини ўтади. Ўтган йиллар давомида минглаб оилалар югуришни кундалик ҳаётининг бир қисмига айлантириб, фаол ва соғлом турмуш тарзига қадам босди.

2024-йилнинг октябрь ойида Yangi Nafas ҳаракати доирасида республиканинг 160 та олий таълим муассасасида таҳсил олувчи 20 000 дан ортиқ талабани бирлаштирган Talaba Yugur илк синов лойиҳаси йўлга қўйилди. Талабалар югуришининг муваффақиятли натижаси аудитория кўламини сезиларли даражада кенгайтириш ва ихтисослашган мавзуга доир югуришлар туркумини йўлга қўйиш имкониятини яратди:

- O’quvchi Yugur – мактаб ўқувчилари учун;

- Talaba Yugur – талабалар учун;

- Inson Uchun – ногиронлиги бўлган шахслар учун;

- Save Aral – Орол ҳудуди ривожланишини қўллаб-қувватлаш учун.

Баҳор мавсумининг асосий тадбирларидан бири Орол денгизи ҳавзасидаги экологик инқирозга жамоатчилик эътиборини жалб қилиш ва Оролбўйи ҳудудини қайта тиклаш ташаббусларини қўллаб-қувватлашга қаратилган Save Aral хайрия югуришларини ўтказишдан иборат. Ушбу тадбирлар доирасида анъанавий равишда экологик акциялар, жумладан, оммавий дарахт экиш тадбирлари ташкил этилади.

Югуришлар туркуми 4-апрелдан 21-майгача бўлиб ўтади ва Ўзбекистоннинг 14 та шаҳрини қамраб олади. Бу ҳар бир киши учун соғлом турмуш тарзига ишонч билан қадам қўйиш ва мамлакатдаги югуриш ҳаракатининг бир қисмига айланиш учун ноёб имкониятдир.

Иштирокчиларни рўйхатга олиш Ўзбекистон Енгил атлетика федерациясининг Yugur.uz онлайн платформасида амалга оширилади. Иштирокчилар қиймати тўплам тоифасига қараб 47 900 сўмдан 388 600 сўмгача бўлган оптимал бошланғич тўпламни танлашлари мумкин. Бундан ташқари, Yugur.uz иловаси иштирокчиларга шахсий кабинетида югуриш натижаларини дарҳол олиш имконини беради.

Talaba Yugur, O‘quvchi Yugur, Inson uchun ва Save Aral югуриш тадбирларининг жадвали ва йўналишлари шаҳарлар, бошланғич тўпламларни тарқатиш санаси ва жойлари кўрсатилган ҳолда Yugur.uz югуриш платформасида эълон қилинади.

Дастлаб Жиззах (4-апрель) ва Гулистон (5-апрель) шаҳарлари эстафетани қабул қилади.

Ҳар бир кун — янги мақсад сари. Мақсад томон югур!

* * * * *

MATBUOT RELIZI

O‘QUVCHILAR VA TALABALAR YUGURISHGA QO‘SHILMOQDA

Respublika bo‘ylab bahorgi ommaviy yugurishlar bosqichi start oladi

Yangi Nafas: mamlakat bo‘ylab minglab ishtirokchilar bahorgi yugurishlarga qo‘shiladilar

Chegarasiz sport: O‘zbekistonning 14 ta shahri keng ko‘lamli yugurish tadbirlarini qabul qiladi

Salomatlik, ekologiya va birdamlik uchun yugurish: Yangi Nafas bahor mavsumining boshlanishi

2025-yil 4-aprel kuni butun respublika bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatdagi barcha viloyat hokimiyatlarining faol ishtirokida o‘tkaziladigan keng ko‘lamli ommaviy yugurishlarning bahorgi bosqichi boshlanadi.Tashkiliy-texnik qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Yengil atletika federatsiyasi tomonidan 2019-yilda asos solingan Yangi Nafas umummilliy harakati hududlarda yugurish madaniyatini rivojlantirishning asosiy drayveri vazifasini o‘tadi. O‘tgan yillar davomida minglab oilalar yugurishni kundalik hayotining bir qismiga aylantirib, faol va sog‘lom turmush tarziga qadam bosdi.

2024-yilning oktabr oyida Yangi Nafas harakati doirasida respublikaning 160 ta oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi 20 000 dan ortiq talabani birlashtirgan Talaba Yugur ilk sinov loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Talabalar yugurishining muvaffaqiyatli natijasi auditoriya ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirish va ixtisoslashgan mavzuga doir yugurishlar turkumini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratdi:

- O’quvchi Yugur – maktab o‘quvchilari uchun;

- Talaba Yugur – talabalar uchun;

- Inson Uchun – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun;

- Save Aral – Orol hududi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun.

Bahor mavsumining asosiy tadbirlaridan biri Orol dengizi havzasidagi ekologik inqirozga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish va Orolbo‘yi hududini qayta tiklash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Save Aral xayriya yugurishlarini o‘tkazishdan iborat. Ushbu tadbirlar doirasida an’anaviy ravishda ekologik aksiyalar, jumladan, ommaviy daraxt ekish tadbirlari tashkil etiladi.

Yugurishlar turkumi 4-apreldan 21-maygacha bo‘lib o‘tadi va O‘zbekistonning 14 ta shahrini qamrab oladi. Bu har bir kishi uchun sog‘lom turmush tarziga ishonch bilan qadam qo‘yish va mamlakatdagi yugurish harakatining bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyatdir.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasining Yugur.uz onlayn platformasida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar qiymati to‘plam toifasiga qarab 47 900 so‘mdan 388 600 so‘mgacha bo‘lgan optimal boshlang‘ich to‘plamni tanlashlari mumkin. Bundan tashqari, Yugur.uz ilovasi ishtirokchilarga shaxsiy kabinetida yugurish natijalarini darhol olish imkonini beradi.

Talaba Yugur, O‘quvchi Yugur, Inson uchun va Save Aral yugurish tadbirlarining jadvali va yo‘nalishlari shaharlar, boshlang‘ich to‘plamlarni tarqatish sanasi va joylari ko‘rsatilgan holda Yugur.uz yugurish platformasida e’lon qilinadi.

Dastlab Jizzax (4-aprel) va Guliston (5-aprel) shaharlari estafetani qabul qiladi.

Har bir kun — yangi maqsad sari. Maqsad tomon yugur!




Бўйича спортчи аёллар ва мураббийларга байрам табриги! 08.03.2025 13:36

 

 

Енгил атлетика бўйича спортчи аёллар ва мураббийларга

БАЙРАМ ТАБРИГИ!

photo_2025-03-08_13-26-24

Ассалому алайкум, азиз ва мўътабар аёллар!

Қадрли опа-сингилларим!

Барчангизни баҳорнинг илк байрами, гўзаллик, латофат ва меҳр рамзи бўлган 8 март – “Халқаро хотин-қизлар куни” билан чин қалбдан муборакбод этаман.

Мамлакатимизда спортнинг енгил атлетика турини ривожлантириш, унга ёшларни, шу жумладан хотин-қизларни

кенг жалб қилиш, шунингдек юртимизнинг халқаро нуфузини оширишда Сиз каби фаол ва фидойи аёлларимизнинг ўрнини беқиёс деб биламан. 

Сизларнинг тимсолингизда ҳамиша соғлик, гўзаллик, матонат ва ғалаба рамзини кўрамиз.

Муҳтарам Президентимизнинг аёлларга йўллаган табрикларида таъкидланганларидек, ақл-заковатли, билимли ва истеъдодли хотин-қизларимиз бугунги кунда давлат ва жамиятнинг барча соҳаларида намуна кўрсатиб келишмоқда.

Ўтган йили Олимпия ва Паралимпия ўйинларида мамлакатимиз делегацияси таркибидаги аёл спортчилардан 3 нафари олтин, 8 нафари кумуш ва яна 3 нафари бронза медалларини қўлга киритиб, юртимизнинг спорт тарихида янги саҳифа очилди.

Ушбу натижаларни “Лос Анжелес 2028” олимпиадасида янгилаш, хусусан "Спорт қироличаси" деб номланадиган енгил атлетикада янада кўпроқ медалларни қўлга киритишингиз учун, Сиз азизларга барча имконият ва шарт-шароитларни яратишга бор куч-ғайратимизни сафарбар қиламиз.

Ишонаманки, Муҳтарам Юртбошимиз раҳбарликларида мамлакатимизда спортни янада ривожлантириш

борасида олиб борилаётган кенг қамровли ислоҳотлар, келгусидаги Олимпия ва Паралимпия, Осиё ўйинлари ҳамда Жаҳон чемпионатларида юксак натижаларга эришишингизга асос бўлади.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларни бугунги байрам билан яна бир бор самимий қутлаб, нуфузли халқаро спорт мусобақаларида Ватанимиз байроғини баланд кўтариш ва жаҳонда Янги Ўзбекистоннинг обрўсини янада юксалтириш йўлида улкан зафарлар тилайман!

Акмалхўжа Мавлонов,

Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси Раиси




Енгил атлетика бўйича (U18) ўртасида саралаш мусобақаси дастури 06.03.2025 10:32

 

 

ЕНГИЛ АТЛЕТИКА БЎЙИЧА ЎСМИРЛАР ВА ЎСМИР ҚИЗЛАР (U 18) ЎРТАСИДА САРАЛАШ МУСОБАҚАСИ ДАСТУРИ

Тошкент шаҳри               “ЎЕАФ” спорт мажмуаси               12-13 март 2025 йил

1 кун, 12 март, Чоршанба

09:00

100 м

Ўсмирлар

Ўн кураш (1)

09:00

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

09:00

Диск улоқтириш

Ўсмир қизлар

Финал

09:15

100 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Етти кураш (1)

09:25

100 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

09:40

110 м ғ/о

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

09:40

Узунликка сакраш

Ўсмирлар

Ўн кураш(2)

10:00

100 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

10:30

Баландликка сакраш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (2)

10:30

100 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

10:40

Узунликка сакраш

Ўсмирлар

Финал

10:40

Ядро итқитиш

Ўсмирлар

Ўн кураш(3)

11:00

400 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

11:30

Ядро итқитиш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (3)

11:40

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

Ўн кураш (4)

11:25

400 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

11:50

100 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Финал

12:00

Найза улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

12:00

Узунликка сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

12:00

110 м ғ/о

Ўсмирлар

Финал

12:10

100 м

Ўсмир қизлар

Финал

12:20

Диск улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

12:20

100 м

Ўсмирлар

Финал

12:30

200 м

Ўсмир қизлар

Етти кураш (4)

12:40

400 м

Ўсмирлар

Ўн кураш(5)

12:50

2000 м т/о

Ўсмир қизлар

Финал

13:00

2000 м т/о

Ўсмирлар

Финал

Кечки дастур

14:00

5000 м спортча юриш

Ўсмирлар

Финал

14:00

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

Финал

14:40

5000 м спортча юриш

Ўсмир қизлар

Финал

15:20

800 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

15:45

800 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

15:20

Найза улоқтириш

Ўсмир қизлар

Финал

16:10

3000 м

Ўсмирлар

Финал босқичи

16:30

Баландликка сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

16:40

3000 м

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

17:10

400 м

Ўсмирлар

Финал

17:20

400 м

Ўсмир қизлар

Финал

2 кун, 13 март, Пайшанба

09:00

110 м ғ/о

Ўсмирлар

Ўн кураш(6)

09:00

Узунликка сакраш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (5)

09:20

200 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

09:55

200 м

Ўсмир қизлар

Дастлабки босқич

10:20

Уч хатлаб сакраш

Ўсмирлар

Финал

10:20

Ядро итқитиш

Ўсмир қизлар

Финал

10:30

1500 м

Ўсмирлар

Финал босқичи

10:30

Найза улоқтириш

Ўсмир қизлар

Етти кураш (6)

10:50

1500 м

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

11:15

400 м ғ/о

Ўсмирлар

Финал босқичи

11:20

Диск улоқтириш

Ўсмирлар

Ўн кураш (7)

11:30

Ядро итқитиш

Ўсмирлар

Финал

11:40

Уч хатлаб сакраш

Ўсмир қизлар

Финал

11:50

400 м ғ/о

Ўсмир қизлар

Финал босқичи

12:20

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмирлар

Ўн кураш (8) - Ўсмирлар

12:25

200 м

Ўсмирлар

Финал

12:30

Босқон улоқтириш

Ўсмир қизлар

Финал

12:35

200 м

Ўсмир қизлар

Финал

12:50

800 м

Ўсмир қизлар

Етти кураш (7)

13:40

Найза улоқтириш

Ўсмирлар

Ўн кураш (9)

14:10

1500 м

Ўсмирлар

Ўн кураш(10)

14:30

Босқон улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

1.Иштирокчилар талабномаларини қабул қилиш бўйича қабул ҳайъати, Тошкент шаҳрида “ЎЕАФ” спорт мажмуаси биносида 11 март куни соат 10:00 дан 16:00 гача ишлайди.

2.Жамоа вакилларининг йиғилиши ҳакамлар ҳайъати билан биргаликда 11 март куни соат 16:30 да Тошкент шаҳрида “ЎЕАФ” спорт мажмуаси биносининг ҳакамлар хонасида бўлиб ўтади.

3.Спортчиларнинг шаҳсий снарядлари мусобақа кунидан бир кун аввал соат 12:00 га қадар топширилиши лозим.

4.Мусобақа иштирокчилари сонига қараб дастурда айрим ўзгаришлар бўлиши мумкин.

Турлар

Иштирокчилар

Баландликларни кўтарилиши хамда депсиниш масофалари

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

140, 145, 150, 155, 160, 165, 170, 175, 180, 185, 190, 195, 199, 202,.+2

Ўсмир қизлар

130, 135, 140, 145, 150, 155, 159, 163, 166, 168,+2

10-кураш

135 ….+3

7-кураш

125 ….+3

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмирлар

220 ….+10

Ўсмир қизлар

200 ….+10

10-кураш

220  ….+10

Уч хатлаб сакраш

Ўсмирлар

11 м

Ўсмир қизлар 

9 м

Югуриш турларида 2 босқич (Дастлабки ва финалларни ўтказиш хамда кейинги босқичга чиқиш тартиби)

9 иштирокчигача

Финал

Дастлабки босқич ўтказилмайди

18 нафаргача

Икки босқичда

3+2

27 нафаргача

Икки босқичда

2+2

28 ва ундан кўп

Икки босқичда

Вақт бўйича




VII Toshkent xalqaro marafoni: yilning asosiy yugurish musobaqasi 28.02.2025 12:29

 

 

VII Toshkent xalqaro marafoni: yilning asosiy yugurish musobaqasi

2025-yil 13-aprel kuni Toshkent shahri yana eng kutilgan sport tadbirlaridan biri - VII Toshkent xalqaro marafoniga mezbonlik qiladi. Bu yil marafon (42 km), yarim marafon (21 km) va 10 km masofaga yugurish trassalari "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash yo‘l bo‘ylab, 3 km masofa esa bevosita bog‘ hududida tashkil etiladi. Unda butun dunyodan 8 mingga yaqin professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Asosiy yugurish musobaqasi arafasida, 12-aprel kuni Magic City bog‘ida an’anaviy Kids Run bolalar yugurish musobaqasi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv yugurish musobaqasi, 3 km masofaga yugurish musobaqasi, shuningdek, shimoliy yurish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Barcha tadbirlar ertalab soat 8:00 da boshlanadi.

VII Toshkent xalqaro marafonining mukofot jamg‘armasi 639 million so‘mni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, erkaklar va ayollar o‘rtasida marafon masofasida O‘zbekiston milliy rekordini o‘rnatganlarga 15 million so‘m, yarim marafon masofasida esa 10 million so‘m ajratiladi.

Marafonda barcha xohlovchilar – fuqaroligidan qat’i nazar, professional sportchilar ham, havaskorlar ham ishtirok etishlari mumkin. 42 km (marafon), 21 km (yarim marafon), 10 km, 3 km masofalarga yugurish hamda shimoliy yurish musobaqalarida 15 yoshdan oshgan erkaklar va ayollar ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.

Asosiy masofalarda (marafon, yarim marafon va 10 km) qatnashuvchilar yosh toifalari bo‘yicha taqsimlanadi: 15-34 yosh, 35-49 yosh, 50 yosh va undan yuqori, erkaklar va ayollar uchun alohida. Har bir toifada 1-3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar marafon hamkorlaridan qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Yosh yuguruvchilar uchun "Kids Run" bolalar yugurish musobaqalari tashkil etilgan: 5 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 km masofaga, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa 3 km masofaga yugurishlari mumkin. Yakka tartibdagi ishtirokchilardan tashqari, korporativ jamoalar, tashkilotlar va sport klublari ham marafonda qatnashish uchun ariza berishlari mumkin.

Marafon O‘zbekiston sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yengil atletika uyushmasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbir Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, "O‘zbekneftgaz" AJ, O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, havaskor yugurish klublari ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Toshkent marafoni xalqaro sport tadbiri sifatida tan olingan va World Athletics (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) musobaqalari taqvimiga kiritilgan. Marafonning yangilangan trassasi AIMS (Xalqaro marafonlar va ommaviy yugurish musobaqalari assotsiatsiyasi) tomonidan "A" toifasidagi rasmiy trassa o‘lchovchisi ishtirokida sertifikatlashdan o‘tkazildi, bu esa uning jahon standartlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Marafonga tayyorgarlik alohida puxtalik bilan olib borilmoqda: tashkilotchilar tomonidan trassani sifatli qoplash, hakamlar jamoasi va ko‘ngillilarni tayyorlash, shuningdek, ovqatlanish zonalari va sanitariya punktlarini tashkil etish ta’minlanadi. Tayyorgarlik darajasi va antidoping standartlariga rioya etilishini baholash uchun Toshkentga xalqaro mutaxassislar tashrif buyuradi.

VII Toshkent xalqaro marafoniga ro‘yxatdan o‘tish Perfend.com va Yugur.uz platformalarida boshlandi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2025-yil 2-aprelda yakunlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda to‘lovlar quyidagicha:

  • Marafon (42 km): 350 ming so‘m
  • Yarim marafon (21 km): 300 ming so‘m
  • 10 km masofasi: 190 ming so‘m
  • 3 km masofasi: 150 ming so‘m
  • “Kids Run”: 100 ming so‘m
  • Shimoliy yurish (1 km): 150 ming so‘m

Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarning kumush, oltin va platina raqamlari uchun maxsus kvotalar ko‘zda tutilgan. VIP raqamlarning narxi tanlangan masofaga qarab 200 ming so‘mdan 1 million 200 ming so‘mgacha farq qiladi.

Start paketni olish uchun Perfend.com yoki Yugur.uz platformalarida ro‘yxatdan o‘tishingiz va 2025-yil 10 va 11-aprel kunlari soat 10:00 dan 20:00 gacha paketlarni berish punktiga tashrif buyurishingiz lozim. Bunda shaxsingizni va/yoki bolangizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishingiz kerak. Boshlang‘ich paketga chipli ko‘krak raqami, to‘rtta to‘g‘nag‘ich, ryukzak va marafonning rasmiy logotipi tushirilgan futbolka kiradi. Paketlar Furqat ko‘chasi, Beshyog‘och maydonidagi Magic City bog‘ida tarqatiladi.

VII Toshkent xalqaro marafoni, dunyo bo‘ylab professional va havaskor yuguruvchilarni birlashtirgan holda, 2025-yilning haqiqatan ham e’tiborga loyiq voqeasiga aylanishi kutilmoqda!

Instagram: @tmmarathon

Facebook:@tmmarathon




Pages: Birinchi Oldingi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... Keyingi Oxirgi
Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5