Таможенный комитет Узатлетикс
(+998 71) 241-13-65
email: FLAU@exat.uz uzb@mf.worldathletics.org
Проспект И. Каримова д.98 А
Citius, Altius, Fortius!
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa  YANGILIKLAR  Xabarlar

MAHALLIY YANGILIKLAR

U18 ўртасида Ўзбекистон чемпионати 28.03.2023 09:13

 

 

U18 ўртасида Ўзбекистон чемпионати

Дастури (Лайихоси)

 

Тошкент шаҳри                                                                                    6-9 апрель 2023 йил

Вақти

Тур номи

Жинси

Давра номи

1-кун, 7 апрель, Жума (Тонгги дастур)

8:00

10000 м спортча юриш

Ўсмирлар

Финал

9:00

100 м

10 кураш

 

9:15

100 м

Қизлар

Дастлабки босқич

9:35

100 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

10:00

Узунликка сакраш

10 кураш

 

10:00

Ядро итқитиш

Ўсмирлар

Финал

10:00

800 м

Қизлар

Дастлабки босқич

10:20

800 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

10:45

100 м

Қизлар

Ярим финал

11:00

Босқон улоқтириш

Қизлар

Финал

11:05

100 м

Ўсмирлар

Ярим финал

11:30

Ядро итқитиш

10 кураш

 

1-кун, 7 апрель, Жума (Кечки дастур)

15:30

400 м

Қизлар

Дастлабки босқич

15:55

400 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

16:00

Баландликка сакраш

10 кураш

 

16:00

Уч хатлаб сакраш

Қизлар

Финал

16:00

Босқон улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

16:20

5000 м спортча юриш

Қизлар

Финал

17:00

Ядро итқитиш

Қизлар

Финал

17:00

100 м

Қизлар

Финал

17:10

100 м

Ўсмирлар

Финал

17:20

3000 м

Қизлар

Финал

17:30

Уч хатлаб сакраш

Ўсмирлар

Финал

17:35

3000 м

Ўсмирлар

Финал

17:50

400 м

10 кураш

 

18:00

4Х100 м эстафета

Қизлар

Финал

18:20

4Х100 м эстафета

Ўсмирлар

Финал

2-кун, 8 апрель, Шанба (Тонгги дастур)

8:00

110 м ғовлар оша

10 кураш

 

8:10

110 м ғовлар оша

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

8:30

100 м ғовлар оша

7 кураш

 

8:40

100 м ғовлар оша

Қизлар

Дастлабки босқич

9:00

Диск улоқтириш

10 кураш

 

9:00

Лангарчўп билан сакраш

Қизлар

Финал

9:00

200 м

Қизлар

Дастлабки босқич

9:30

200 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

9:30

Баландликка сакраш

7 кураш

 

10:00

Узунликка сакраш

Ўсмирлар

Финал

10:00

800 м

Қизлар

Финал

10:15

800 м

Ўсмирлар

Финал

10:30

Диск улоқтириш

Қизлар

Финал

10:40

2000 м тўсиқлар оша

Қизлар

Финал

11:00

2000 м тўсиқлар оша

Ўсмирлар

Финал

11:00

Лангар чўп билан сакраш

10 кураш

 

11:20

200 м

Қизлар

Ярим финал

11:30

200 м

Ўсмирлар

Ярим финал

2-кун, 8 апрель, Шанба (Кечки дастур)

16:00

Лангарчўп билан сакраш

Ўсмирлар

Финал

16:00

Найза улоқтириш

10 кураш

 

16:30

Узунликка сакраш

Қизлар

Финал

16:30

Ядро

7 кураш

 

16:00

1500 м

Қизлар

Дастлабки босқич

16:20

1500 м

Ўсмирлар

Дастлабки босқич

16:40

1500 м

10 кураш

 

17:00

200 м

Қизлар

Финал

17:10

200 м

Ўсмирлар

Финал

17:20

200 м

7 кураш

 

17:30

Диск улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

17:35

100 м ғовлар оша

Қизлар

Финал

17:50

110 м ғовлар оша

Ўсмирлар

Финал

18:05

4Х400 м эстафета

Қизлар

Финал

18:20

4Х400 м эстафета

Ўсмирлар

Финал

3 кун, 9 апрель, Якшанба (Тонгги дастур)

9:00

400 м ғовлар оша

Қизлар

Финал югуриш

9:00

Узунликка сакраш

7 кураш

 

9:00

Найза улоқтириш

Қизлар

Финал

9:25

400 м ғовлар оша

Ўсмирлар

Финал югуриш

9:30

Баландликка сакраш

Ўсмирлар

Финал

9:50

400 м

Қизлар

Финал

10:00

400 м

Ўсмирлар

Финал

10:20

1500 м

Қизлар

Финал

10:20

Найза улоқтириш

7 кураш

 

10:40

1500 м

Ўсмирлар

Финал

11:00

4Х400 м эстафета

Аралаш

Финал

11:00

800 м

7 кураш

 

11:00

Баландликка сакраш

Қизлар

Финал

11:10

Найза улоқтириш

Ўсмирлар

Финал

Иштирокчиларни қабул қилиш бўйича қабул ҳайъати, Ўзбекистон енгил атлетика федерациясида 6-апрель куни соат 10:00 дан 16:00 гача ишлайди. (Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти жамоаларининг рўйхатдан ўтиши соат 10:00 дан 11:00 гача, колган жамоалар эса 11.00 дан 16.00 гача).

Жамоа вакилларининг йиғилиши ҳакамлар ҳайъати билан биргаликда 6-апрель куни соат 16:30 да Ўзбекистон енгил атлетика федерациясида ҳакамлар хонасида бўлиб ўтади.

 




V International Tashkent Marathon - briffing 10.03.2023 21:00

 

 

10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligida V International Tashkent Marathon va O‘zbekistonning 14 shahrida bir vaqtda o'tkaziladigan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi milliy olimpiya qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

IMG_2538

V International Tashkent Marathon poytaxtda 5500 nafar ishtirokchini birlashtiradi. Ushbu son Yengil atletika federatsiyasi tomonidan muhim sana — beshinchi marafon sharafiga taklif etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirining o'rinbosari Shahrullo Mahmudov Adham Ikromov ta’kidlaganidek, International Tashkent Marathon'ni xorijlik sportchilar va yugurish sporti ixlosmandlari qiziqish bilan kuzatib borishadi.  Bugun  34 ta davlatdan yuguruvchilar  marafonda ishtirok etish uchun ariza topshirishdi.  Eslatib o'tamiz, Toshkentdagi marafon World Athletics'ning xalqaro musobaqalar taqvimiga kiritilgan.  Klassik marafonning litsenziyalangan standartini bajargan holda: ayollar uchun - 2:26:10 va erkaklar uchun - 2:08:10 vaqt belgilandi, sportchilar 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga litsenziya yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

IMG_2515

IMG_2551

Marafon masofasida ishtirok etish istagini bildirgan o‘zbekistonlik sportchilar orasida o‘tgan mavsumlar sovrindorlari Zakirillo Mamatqulov va Vladislav Mamedovlar ham bor.  Yarim marafon masofasida esa  2022 yil g‘oliblari Aziza Mirzakbarova va Yekaterina Tunguskovalar to‘qnash kelishadi.  Yarim marafonda 10 000 metrga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston rekordchisi Sitora Hamidova ham tanaffusdan so‘ng o‘zini marafonda sinab ko‘radi.

O‘zbekistonning eng kuchli sportchilaridan biri, ShHT Toshkent yarimmarafoni g‘olibi Shohrux Davlatov ham yarim marafonda ishtirok etish uchun ariza topshirdi.  Qayd etish joziki, bu uning Keniyaning Iten shahridagi o'quv-mashg'ulot yig‘indan keyingi ilk chiqishi bo‘lib, u yerda sportchi dunyoning eng yaxshi yuguruvchilari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan.

“Yangi Nafas” sport harakatining “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda, birga yuguramiz” yagona shiori o‘tkazilayotgan V International Tashkent Marathon doirasida  3 km masofaga yugurish uchun butun mamlakat bo'ylab taxminan 75 ming ishtirokchi birlashadi.  Oliy ta’lim vazirligi, Fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatimizdagi 57 ta oliy o‘quv yurtidan 25 mingdan ortiq talaba ham poygada ishtirok etadi.

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasining moslashuvchan formati butun mamlakat bo‘ylab turli yoshdagi fuqarolarni birlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga “Yangi nafas” ijtimoiy harakati aholi salomatligini mustahkamlash, aholini sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishga qaratilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistonning shahar va tumanlarida xayriya ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlar, sport tadbirlari o‘tkaziladi.  Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun har bir viloyatda viloyat hokimliklarida tezkor shtab tashkil etilgan.  Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

“Yangi nafas” keng ko‘lamli sport harakati uning tashkilotchilari bo'lgan Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Fan va innovatsiyalar vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasining samarali hamkorligi samarasidir.  Hududlarda o‘tkaziladigan “Yangi nafas” poygalariga Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tayyorlangan 250 nafar malakali hakam va murabbiylar hamda 300 nafarga yaqin ko‘ngillilar jalb etiladi.

Shuningdek, brifingda, 11-mart kuni bo'lib o'tadigan V International Tashkent Marathon arafasida “Paxtakor” stadionida faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlovchi ikki avlodni birlashtirgan “Kids Run” bolalar omaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish musobaqasi o‘tkazilishi haqida ham so‘z yuritildi.

V International Tashkent Marathon'ning o‘tkazilishi ayni paytda professional yuguruvchilar va yugurish sporti havaskorlari uchun bahor faslining boshlanishi bo‘lib, u o'zida tabiatning uyg‘onish kuchlari va g‘oyalarini  mujassam etadi va shu bilan birga xalqimizning sevimli Navro‘z bayrami ramzidir!




12 mart kuni V Toshkent Xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi 23.02.2023 11:20

 

 

2023-yilning mart oyida V Toshkent Xalqaro marafoni va  Yangi Nafas bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

12-mart kuni poytaxtda Bahorgi tengkunlik kuni Navro‘zni umumxalq miqyosda nishonlashga bag‘ishlangan V Toshkent xalqaro yubiley marafoni va O‘zbekistonning 13 ta shahrida Yangi Nafas bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Yuguruvchilar va professional sportchilar 42 km masofaga klassik marafonda, 21 km masofaga yarim marafon masofasida, shuningdek, 3 va 10 km masofaga ommaviy yugurish musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin. Ilk marotaba marafon doirasida bolalar orasida «Kids Run» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

tmm.jpg

Sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “O‘zneftgaz” AJ, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi va Toshkent shahri hokimiyati  tomonidan tashkillashtiriladi.

Yurtimizning eng kutilgan ayyomi - Navro‘zni nishonlash kunlarida Toshkent, an’anaviy tarzda, turli xil mamlakatlardan tashrif buyurgan minglab yugurish havaskorlarini birlashtiruvchi haqiqiy sport pytaxtiga aylanadi. 2019-yilda marafonda 1600 ta yuguruvchi ishtirok qilgan bo‘lsa, 2022-yilda ishtirokchilar soni 2700 tani tashkil qildi.

Sport tadbirining maqomi ham yildan yilga tobora oshib bormoqda: 2022-yilda IV Toshkent xalqaro marafoni ShHT xalqaro yarim marafoni bilan birgalikda o‘tkazilib, bunda 21 ta mamlakatdan yuguruvchilar ishtirok etdi.

Tashkilotchilarning tashabbusiga binoan, “International Tashkent Marathon” beshinchi yubiley marafoni 5500 ta ishtirokchini qabul qilishni rejalashtirilgan bo‘lib, ular to‘rtta masofalardan birida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi — 42 km 195 m, 21 km 97,5 m, 10 km va 3 km. Eslatib o‘tamiz, Toshkent marafonida barcha istaganlar ishtirok etishi mumkin: fuqaroligidan qat’i nazar sportchilar va sport havaskorlari. Marafon va yarim marafon masofalarida 18 yoshga to‘lgan fuqarolar ishtirok etishi ruxsat etiladi, ikkita so‘nggi masofalarda ishtirok etish uchun yosh doirasi cheklanmagan.

Erkaklar va ayollar 10 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi, marafon va yarim marafonning g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Umumiy pul mukofoti 259 mln 720 ming so‘mni tashkil qiladi. 42 km masofalik marafonda birinchi o‘rinni egallagan g‘olib 30 mln so‘mni, (II-o‘rin uchun – 20 mln so‘m, III-o‘rin uchun -  15 mln so‘m,  IV-o‘rin uchun – 10 mln so‘m, V-o‘rin uchun – 8 mln so‘m, VI-o‘rin uchun – 5 mln so‘m) qo‘lga kiritadi.

Yarim marafon ishtirokchilari uchun quyidagi pul mukofotlari ko‘zda tutilgan: I-o‘rin uchun -  20 mln so‘m, (II-o‘rin uchun – 15 mln so‘m, III-o‘rin uchun -  12 mln so‘m,  IV-o‘rin uchun – 8 mln so‘m, V-o‘rin uchun – 6 mln so‘m, VI-o‘rin uchun – 4 mln so‘m).

10 km masofaga yugurish g‘oliblari I-o‘rin uchun – 6 mln so‘m, II-o‘rin uchun – 4 mln so‘m, III-o‘rin uchun - 2 mln so‘mni qo‘lga kiritadi. 3 km masofaga yugurish ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar ko‘zda tutilgan.

Marafonning yangi tadbiri sifatida 11-mart kuni bolalar orasida “Kids Run” ommaviy yugurish poygasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda ikkita toifadagi bolal ishtirok etishi mumkin: 2015-yil va 2011-yilgacha tug‘ilganlar. Ushbu ommaviy yugurish poygasiga ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bepul. “Kids Run” ommaviy yugurish poygasi skandinavcha yurish havaskorlari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Bolalar masofasi 1 km, yuruvchilarning masofasi 3 km ni tashkil qiladi.

Sport musobaqasinining yuqori darajada o‘tkazilishi AIMS Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasidan marafonning yugurish trassasi bilan sertifikatlangan. Musobaqalarda vaqt natijalarini chiplar bo‘yicha avtomatik o‘qish zamonaviy transponder tizimi qo‘llaniladi. Marafonning start-finish maydonchasi an’anaga ko‘ra Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalarining kesishish nuqtasida (mo‘ljal - “Humo Arena” muz saroyi) joylashgan.

E’lon qilingan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili doirasidagi asosiy masalalarni amalga oshirish maqsadida, shu kunning o‘zida O‘zbekistonning 13 ta shahrida va Toshkentda Yangi Nafas bir vaqtda xayriya ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu ommaviy yugurish musobaqasi Yengil atletika federatsiyasi ko‘magida o‘tkaziladigan beshta ahamiyatli loyihalardan biri bo‘lib hisoblanib, aholi salomatligini rivojlantirish va ommaviy sportni ommalashtirishga qaratilgan.

International Tashkent Marathon’da ishtirok etish uchun iticket.uz saytida yoki iTicket savdo ofislarida ro‘yxatdan o‘tish hamda ishtirokchining boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirish kerak. 10 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi, marafon va yarim marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi – 149 ming so‘mni, 3 km ga – 75 ming so‘mni tashkil qiladi. 2023-yil 5-martgacha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.

Marafon, yarim marafon, 10 km, 3 km masofaga yugurish va “Kids Run” ommaviy yugurish musobaqasining ishtirokchi paketiga chipli ko‘krak raqami (sport dasturining turiga muvofiq), ryukzak, kepka va uzun yengli futbolka kiradi.

Ishtirokchi paketi 2023-yil 9-martdan 11-martgacha, ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchining QR-kodini taqdim etgan holda, Yengil atletika federatsiyasi binosida beriladi (Toshkent sh., I.Karimov ko‘ch.,98а).

Ma’lumot uchun telefon raqami: + 998951420184.




Respublika miqyosidagi ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish 24.01.2023 09:12

 

 

“Men g'olib-2023”, “Save Aral-2023”,  “Yangi Nafas-2023”, Vatan qalqoni-2023,

 “V International Tashkent Marathonbo‘yicha 2023-yilda Respublika miqyosidagi

ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish

Taqvim rejasi LOYIHASI

T/r

Tadbirning nomi

Otkaziladigan joyi

Otkazilish muddati

Qatnashchilar soni

Masofa

Ishtirok etuvchi tashkilotlar

Yanvar

1

Men g‘olib

Toshkent shahri

19

1500

10 km

Kuch vazirliklari

Mart

6

International Tashkent Marathon

Toshkent shahri

12

5 000

42,195km, 21,0975km,

10km

Mahalliy xokimiyatlar

7

Yangi nafas

(Navruz)

14 xududlarda

shaxsiyjamoa birinchiligi

12

50 000

3km

May

8

Men g‘olib

Toshkent shahri

7

1500

10km

Kuch vazirliklari

9

Save Aral

Sirdariyo viloyati,

Sirdariyo shahri

15-16

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

10

Jizzax viloyati,

Dostliq tumani

17-18

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

11

Samarqand viloyati,

Juma shahri

19-20

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

12

Qashqadariyo viloyati, Muborak shahri

21-22

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

13

Surxandariyo viloyati, Boysun tumani

23-24

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

Iyun

14

Vatan qalqoni

Toshkent shahri

18

1000

3km

Kuch vazirliklarni oliy talim bitiruvchilari

15

Yangi nafas

(Yoshlar kuni,  halqaro olimpiya harakati kuni)

14 xududlarda

 

25

50 000

Кросс

1 milya

Talabalar, kasaba uyushma a’zolari, harbiylar

Avgust

16

Yangi nafas

(Mustaqillik kuni)

14 xududlarda

jamoa birinchiligi

MV poligonlarida

27

50 000

5км

Talabalar, kasaba uyushma a’zolari, harbiylar

Sentyabr

17

Save Aral

Namangan viloyati,

Chust shaxri

5-6

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

18

Andijon viloyati,  

Andijon tumani

7-8

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

19

Fargona viloyati,

 Bogdod tumani

9-10

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

20

Toshkent viloyati,

Olmaliq shaxri

26-27

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

Oktyabr

21

Save Aral

Samarqand viloyati,

Samarqand shahri

16-17

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

22

Buxoro viloyati,

Buxoro shahri

18-19

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

23

Toshkent viloyati,

Bekobod shaxri

24

2000

3km

Mahalliy xokimiyatlar

Noyabr

24

Yangi nafas

(Bayroq kuni)

14 xududlarda

Ekiden

 

12

50 000

 

6км

Talabalar, kasaba uyushma a’zolari, harbiylar

Favqulodda vaziyatlarda o'zgarishlar bo'lishi mumkin

 

 

 




Bugun “Milliy sport mukofoti-2022” munosiblar taqdirlanishadi 23.12.2022 21:55

 

 

photo_2022-12-23_17-11-05.jpg

Yil sarhisobi fursati keldi. Bugun “Milliy sport mukofoti-2022” munosiblar taqdirlanishadi.

“Milliy sport mukofoti-2022” taqdirlash marosimi boshlandi! Tadbirni Sport rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi

Nominatsiyalar oʻz egalariga topshirilmoqda:

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar Gʻaniyeva (boks)

photo_2022-12-23_18-51-54.jpg

Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (yengil atletika)

Yilning eng yaxshi hakami: Eshpoʻlat Hidoyatov (sport kurashlari)

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport)

Navbatdagi blok Paralimpiya sportiga bagʻishlandi. Undagi nominatsiyalar va gʻoliblar:

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish)

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qoʻziyev (para taekvondo)

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo)

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para oʻq otish)

Navbatdagi nominatsiyalarda amputant sportchilarimiz taqdirlanishdi:

Amputantlar futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov (“Matonat futbol” nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi)

Futbol boʻyicha amputantlar terma jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol boʻyicha amputantlar terma jamoasi faxriysi)

Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi

Ushbu boʻlim OAV xodimlariga bagʻishlandi.

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov (olamsport.com)

Yilning eng faol sport targʻibotchisi: Timur Nizayev («Pravda Vostoka» gazetasi)

photo_2022-12-23_19-53-17.jpg

Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi (Vitaliy Judro)

Olimpizm targʻiboti yoʻlidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxoʻjayev

Eng qiziqarli nominatsiyalarga navbat kelmoqda. Eng yaxshi terma jamoa, federatsiya va tashkilotchi yoʻnalishlarida gʻoliblar aniqlandi.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi federatsiyasi: Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi

Sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha eng yaxshi tashkilotchi: Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Hukumatimiz vakillari, faxriylar ham joriy yil davomida yurtimizda sport targʻibotini kuchaytirishda katta hissa qoʻshishdi. Bugungi tadbirda ularning ham xizmatlari alohida eʼtirof etildi:

Sport sohasidagi koʻp yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi )

Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qoʻshgan hissasi uchun: Nigʻmatilla Yoʻldoshev (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi)

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun: Tanzila Narbayeva (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari)

Yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari)

Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi

Shubhasiz, barcha intizorlik bilan kutgan nominatsiyalar. Yilning eng yaxshi murabbiyi, ayol va erkak sportchilari deb quyidagilar tan olindi:

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (taekvondo WT boʻyicha jahon chempioni)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek Toʻraboyev (dzyudo boʻyicha jahon chempioni)




Davlat bayrog‘ini kuniga bagishlangan sport ommaviy yugurish musobaqasi 13.11.2022 17:03

 

 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘INI QABUL QILISH KUNIGA BAG‘ISHLANGAN YANGI NAFAS OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQASI

13-noyabr kuni mamlakatimizning 15 ta shahridan 50 mingdan ziyod ishtirokchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini qabul qilish kuni arafasida tashkil etilgan Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildi. Ommaviy yugurish musobaqasi Markaziy Osiyoda tashkillashtirilgan eng ommaviy sport tadbirlaridan biriga aylandi.

 Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qo‘qond, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Chirchiq aholisi, “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu sport-vatanparvarlik tadbirida ishtirok etdi.

13-noyabr kuni ommaviy sport turli yoshdagi minglab insonlarni respublika bayrog‘i ostida birlashtirdi. Toshkent shahrida ushbu musobaqa birdaniga uchta manzilda tashkil etildi: tajribali yugurish havaskorlari “Yangi O‘zbekiston” parkida birlashgan bo‘lsa, “Ashxobod” sayilgohida oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi hamda besh mingga yaqin yugurish havaskorlari Humo Arena maydonida to‘plandi. Sport.TV telekanalida tadbirning jonli efiri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda hududlardan ulanishlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov va O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Holmuhammedov ishtirokchilarga tabrik nutqi bilan murojaat qildi.

Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlarining musobaqalar trassasi bo‘ylab  O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 40 metrlik matosi bilan masofani bosib o‘tishi eng yorqin taassurot qoldirgan lahzalarning biriga aylandi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari tobora haqiqiy xalq harakatiga aylanib bormoqda. Halol raqobat shartlarini ta'minlash maqsadida ommaviy yugurish poygalarida faqat professional bo‘lmagan yugurish havaskorlari o‘z kuchini va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tashkilotchilar alohida e'tiborni imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilar uchun trassa xavfsizligini ta'minlashga qaratdi.

Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov, keng ko‘lamli Yangi Nafas ommaviy sport yugurish musobaqasini tashkillashtirish uchun butun mamlakat bo‘ylab 300 dan ortiq volonterlar jalb qilinganligini, 345 ta murabbiy va hakamlar uchun o‘quv treninglari o‘tkazilganligini ta'kidlab o‘tdi. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining ko‘magida O‘zbekistonning 85 ta oliygohidan 27 mingdan ziyod talaba Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Hamma ishtirokchilarga bayram ramzi tushirilgan futbolkalar, g‘oliblarga esa – esdalik  medallari va sovg‘alar topshirildi.

Muhim davlat sanalarini nishonlashga bag‘ishlangan sport tadbirlarining o‘tkazilishi so‘nggi yillarda xayrli an'anaga aylanib qolgan.  Shu kabi keng ko‘lamli sport musobaqalarining tashkil etilishi alohida ramziy ma'noga ham ega – bizning sportchilarimiz O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, g‘alaba qozonmoqda va p'edestalga ko‘tarilmoqda.

Sport yurtimizning yangi avlodi hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi. Sport sohasidagi yutuqlar, shubhasiz, barcha fuqarolarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash uchun xizmat qiladi, respublikamizning bayrog‘i esa xalq birligining timsollashtiradi.

Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi, Kasabalar federatsiyasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi hamda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Ayollar orasida mutlaq g‘oliblar (Toshkent): birinchi o‘rin - Nasibullina Angelina (natija - 12:55.70), ikkinchi o‘rin -  Bektemirova Diana (natija - 13:02.11), uchinchi o‘rin - Tuygunova Zarnigor (natija - 13:22.01).

Erkaklar orasida mutlaq g‘oliblar (Toshkent): birinchi o‘rin - Abdurahmonov Shahrom (natija - 9:19.11), ikkinchi o‘rin - Nadiyorov Sherzod (natija - 9:40.20), uchinchi o‘rin - Xaitov Sherbek (natija - 9:45.01).

Nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar orasida g‘oliblar (ayollar): birinchi o‘rin - Yoqubjonova Mahliyoxon (natija -17:34.2), ikkinchi o‘rin - Kolesnikova Angelina (natija -  20:26.7), uchinchi o‘rin - Azimova Shaxina (natija -23:34.8).

Nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar orasida g‘oliblar (erkaklar): birinchi o‘rin - Arzikulov Sardor (natija - 13:31.5), ikkinchi o‘rin - Baranov Vladimir (natija - 15:04.8), uchinchi o‘rin - Davronbekov Kamron (natija - 15:12.8).

Tаshkiliy qo‘mita

 

Instagram: @yanginafas2022

Facebook: @YangiNafas

* * * * *

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ДАВЛАТ БАЙРОҒИНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШ КУНИГА БАҒИШЛАНГАН YANGI NAFAS ОММАВИЙ ЮГУРИШ МУСОБАҚАСИ

13 ноябр куни мамлакатимизнинг 15 та шаҳридан 50 мингдан зиёд иштирокчи, Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғини қабул қилиш куни арафасида ташкил этилган Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақасига қўшилди. Оммавий югуриш мусобақаси Марказий Осиёда ташкиллаштирилган энг оммавий спорт тадбирларидан бирига айланди.

 Андижон, Бухоро, Гулистон, Жиззах, Қарши, Қўқонд, Навоий, Наманган, Нукус, Самарқанд, Тошкент, Термиз, Урганч, Фарғона ва Чирчиқ аҳолиси, “Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз!” шиори остида ўтказилаётган ушбу спорт-ватанпарварлик тадбирида иштирок этди.

13 ноябр куни оммавий спорт турли ёшдаги минглаб инсонларни республика байроғи остида бирлаштирди. Тошкент шаҳрида ушбу мусобақа бирданига учта манзилда ташкил этилди: тажрибали югуриш ҳаваскорлари “Янги Ўзбекистон” паркида бирлашган бўлса, “Ашхобод” сайилгоҳида оилавий оммавий югуриш мусобақаси ўтказилди ҳамда беш мингга яқин югуриш ҳаваскорлари Humo Arena майдонида тўпланди. Sport.TV телеканалида тадбирнинг жонли эфири ва Қорақалпоғистон Республикаси ҳамда ҳудудлардан уланишлар ташкил этилди.

Ўзбекистон Республикаси Спортни ривожлантириш вазири Адҳам Икромов, Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов ва Ўзбекистон Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи, генерал-майор Шуҳрат Ҳолмуҳаммедов иштирокчиларга табрик нутқи билан мурожаат қилди.

Қуролли кучлар академияси курсантларининг мусобақалар трассаси бўйлаб  Ўзбекистон Республикаси давлат байроғининг 40 метрлик матоси билан масофани босиб ўтиши энг ёрқин таассурот қолдирган лаҳзаларнинг бирига айланди.

Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақалари тобора ҳақиқий халқ ҳаракатига айланиб бормоқда. Ҳалол рақобат шартларини таъминлаш мақсадида оммавий югуриш пойгаларида фақат профессионал бўлмаган югуриш ҳаваскорлари ўз кучини ва кўникмаларини синаб кўриш имкониятига эга бўлди. Ташкилотчилар алоҳида эътиборни имкониятлари чекланган югурувчилар учун трасса хавфсизлигини таъминлашга қаратди.

Енгил атлетика федерацияси бош котиби Камолиддин Рўзимуҳаммедов, кенг кўламли Yangi Nafas оммавий спорт югуриш мусобақасини ташкиллаштириш учун бутун мамлакат бўйлаб 300 дан ортиқ волонтерлар жалб қилинганлигини, 345 та мураббий ва ҳакамлар учун ўқув тренинглари ўтказилганлигини таъкидлаб ўтди. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг кўмагида Ўзбекистоннинг 85 та олийгоҳидан 27 мингдан зиёд талаба Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақасида иштирок этишга муваффақ бўлди. Ҳамма иштирокчиларга байрам рамзи туширилган футболкалар, ғолибларга эса – эсдалик  медаллари ва совғалар топширилди.

Муҳим давлат саналарини нишонлашга бағишланган спорт тадбирларининг ўтказилиши сўнгги йилларда хайрли анъанага айланиб қолган.  Шу каби кенг кўламли спорт мусобақаларининг ташкил этилиши алоҳида рамзий маънога ҳам эга – бизнинг спортчиларимиз Ўзбекистон байроғи остида халқаро мусобақаларда иштирок этиб, ғалаба қозонмоқда ва пьедесталга кўтарилмоқда.

Спорт юртимизнинг янги авлоди ҳаётининг ажралмас қисмига айланиб қолди. Спорт соҳасидаги ютуқлар, шубҳасиз, барча фуқароларда ватанпарварлик руҳини мустаҳкамлаш учун хизмат қилади, республикамизнинг байроғи эса халқ бирлигининг тимсоллаштиради.

Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Спортни ривожлантириш вазирлиги, Мудофаа вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Миллий гвардия, Тошкент шаҳар ҳокимияти, Ёшлар ишлари агентлиги, Касабалар федерацияси, “Ўзбекнефтгаз” АЖ, Ўзбекистон Триатлон федерацияси ҳамда Ўзбекистон Енгил атлетика федерацияси томонидан ташкил этилди.

Аёллар орасида мутлақ ғолиблар (Тошкент): биринчи ўрин - Насибуллина Ангелина (натижа - 12:55.70), иккинчи ўрин -  Бектемирова Диана (натижа - 13:02.11), учинчи ўрин - Туйгунова Зарнигор (натижа - 13:22.01).

Эркаклар орасида мутлақ ғолиблар (Тошкент): биринчи ўрин - Абдураҳмонов Шаҳром (натижа - 9:19.11), иккинчи ўрин - Надиёров Шерзод (натижа - 9:40.20), учинчи ўрин - Хаитов Шербек (натижа - 9:45.01).

Ногиронлиги бўлган иштирокчилар орасида ғолиблар (аёллар): биринчи ўрин - Ёқубжонова Маҳлиёхон (натижа -17:34.2), иккинчи ўрин - Колесникова Ангелина (натижа -  20:26.7), учинчи ўрин - Азимова Шахина (натижа -23:34.8).

Ногиронлиги бўлган иштирокчилар орасида ғолиблар (эркаклар): биринчи ўрин - Арзикулов Сардор (натижа - 13:31.5), иккинчи ўрин - Баранов Владимир (натижа - 15:04.8), учинчи ўрин - Давронбеков Камрон (натижа - 15:12.8)

Ташкилий қўмита

 

Instagram: @yanginafas2022

Facebook: @YangiNafas




Спортни ривожлантириш вазирлигида матбуот анжумани бўлиб ўтди 08.11.2022 08:54

 

 

7 ноябр куни Спортни ривожлантириш вазирлигида Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғини қабул қилинган кун муносабати билан “Yangi Nafas” спорт оммавий югуриш мусобақасига бағишланган матбуот анжумани бўлиб ўтди

img_8958.jpg

Давлат байроғи қабул қилинган куннинг 31 йиллигини нишонлаш доирасида мамлакатдаги кенг кўламли тадбирлардан бирини ўтказишгача роппа-роса бир ҳафта қолди. 13 ноябр куни юртимизнинг 15 та шаҳрида бир вақтда “Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз! шиори остида “Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақасига старт берилади. Анъанага кўра, спорт тадбири Sport.Uz телеканалида жонли эфирда, ҳудудлар ва Қорақалпоғистон Республикасидан уланишлар билан намойиш этилади.

Тадбир бошида, Спортни ривожлантириш вазири Адҳам Икромов, ҳозирги пайтда бутун республика бўйлаб Давлат байроғи қабул қилинган кунга бағишланган спорт-ватанпарварлик тадбирларини муносиб даражада ўтказишга пухта тайёргарлик олиб борилаётганини, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи ҳар бир спортчи учун ғалабалар ва ютуқларининг тимсоли, ғурур ва шон-шараф, миллий бирдамлик рамзи ҳисобланишини алоҳида таъкидлаб ўтди.

Қайд этиш лозим, мазкур оммавий югуриш мусобақасида бутун республика бўйлаб 32 мингга яқин иштирокчи қатнашиши кутилмоқда, бу эса жорий йил ёзда Ёшлар кунига ташкиллаштирилган Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақасида иштирок этган югурувчилар сонидан икки баравар кўпроқни ташкил қилади.

Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълими вазирлигининг кўмагида спорт тадбирида кенг кўламда ёш  иштирокчилар қатнашмоқда. Хусусан, Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақасига Ўзбекистоннинг 85 та олий ўқув юртларидан деярли 27 мингта талаба иштирок этиши режалаштирилган.

 Матбуот анжумани давомида ҳудудий касаба уюшмаларининг вакиллари томонидан онлайн режимда Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақаси ўтказиладиган иштирокчи-шаҳарларда тайёргарлик жараёни ҳақида маълумот берилди. Оммавий югуриш мусобақаларининг йўналишдари, оммавий югуриш хавфсизлигини таъминлаш, қолаверса имкониятлари чекланган иштирокчиларнинг мусобақадаги иштирокини самарали ташкил этиш борасидаги масалалар келишиб олинди.

Спорт оммавий тадбирларига инклюзив қадриятларнинг жорий этилиши Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақаларининг муҳим қисми бўлиб ҳисобланади. Адлия вазирлигининг кўмагида ҳар бир Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақасига ногиронлиги бўлган югурувчилар жалб қилинади. Ташкилотчилар томонидан “Ғалабага ирода учун” махсус номинацияси таъсис этилди.

Енгил атлетика федерацияси раиси ўринбосари Андрей Абдувалиев томонидан,  сўнгги йилларда Ўзбекистонда аҳоли орасида енгил атлетиканинг аҳамиятли даражада оммалашиши кузатилаётгани, аввал фуқаролар учун енгил атлетикачиларнинг спорт соҳасидаги ютуқларини шунчаки кузатиб бориш одатий ҳол бўлган бўлса, бугунги кунда ёшлар ва ўрта ёшдаги инсонлар катта хоҳиш билан оммавий спорт тадбирларига қўшилиш истаги ортиб бораётгани таъкидланди.

Маълумот учун, Тошкент шаҳрида бўлиб ўтадиган оммавий югуриш мусобақаси учта жойда ташкил этилиб, улар Янги Ўзбекистон” парки, “Ашхобод” парки ва “Ҳумо Арена” майдончалари ҳисобланади.

Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақаси Спортни ривожлантириш вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Мудофаа вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Миллий гвардия, Тошкент шаҳар ҳокимияти, Ёшлар ишлари агентлиги, Ўзбекистон касабалар федерацияси, “Ўзбекнефтгаз” АЖ, Ўзбекистон Триатлон федерацияси ҳамда югуриш ҳаваскорлари клублари кўмагида Енгил атлетика федерацияси томонидан ташкил этилган.

Facebook: @Yangi Nafas
Инстаграм: @yanginafas2022

#BayroqUz #Bayroqkuni #YangiNafas #YangiUzbekiston #Ashxobod #15shahar  #sport




Оmmaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi  Yangi Nafas 03.11.2022 12:51

 

 

Davlat bayrogini qabul qilish kuni nishonlanishiga bag‘ishlab Toshkentda, “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” parklari va “Humo Arena” maydonida ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi  

2-noyabr kuni Toshkent shahar hokimiyatida Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogini qabul qilish kuni munosabati bilan umumrespublika ommaviy yugurish musobaqalarini otkazishga bagishlangan press-anjuman otkazildi. Butun Respublika bo‘ylab 32 mingdan ortiq ishtirokchi milliy bayramning 31-yilligini nishonlashga qo‘shiladi.

Davlat bayrog‘i kunini nishonlash doirasida Toshkentda bir qator sport tadbirlaridan tashkil topgan keng ko‘lamdagi dastur tashkil etiladi. 13-noyabrda, Toshkent shahri hokimiyati ko‘magida, ommaviy yugurish musobaqalari “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” parklari va “Humo Arena” sport majmuasining maydonida bo‘lib o‘tadi.

13-noyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” parkining hududida, Bayroq Kuniga bag‘ishlangan sport harakatiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan barcha uchun 3 va 12 km masofali trassa tashkil etiladi. Eng muhim davlat sanasini nishonlash uchun aynan ushbu parkning tanlangani bejiz emas. Yangi zamon davrini timsollantiruvchi “Yangi O‘zbekiston” parki ilk marotaba, sog‘lom turmush tarsi foydasiga tanlovini qilgan, barcha yoshlardagi ishtirokchilarni birlashtiradi. Ommaviy yugurish musobaqalari Milliy Gvardiya va O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadi.

Aynan ushbu kuni, 13-noyabrda, “Ashxobod” parkida oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etilib, ProRun.uz sport klubi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi uning ishtirokchilari sifatida ishtirok etmoqda. Press-anjuman davomida ProRun.uz rahbari Andrey Kulikov ishtirokchilarga bo‘lajak tadbir haqida batafsil gapirib berdi:

« “Ashxobod” parkining hududida 1,5 km uzunlikdagi sport trassasi tayyorlab qo‘yiladi. 600 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda, bu asosan, har bir fuqaro uchun muhim hisoblangan sana – Davlat bayrog‘ini qabul qilish kunini qiziqarli va yorqin nishonlashni xohlagan oilalar va farzandlari. Har bir ishtirokchiga futbolka va esdalik medali tophiriladi. Tadbir paytida parkda konsert dasturi va bepul attraksionlar tashkil etiladi. 3-noyabr kuni  iticket.uz elektron maydonchasida, ishtirok etish uchun belgilangan miqdordagi to‘lov qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi».

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Olimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Sanat G‘ulomnazarov, O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i har bir sportchi uchun mamlakat obro‘si uchun erishgan g‘alabalari va yutuqlarining timsoli bo‘lib hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi. Davlat bayrog‘ini qabul qilish kunining 31-yilligini nishonlash munosabati bilan Sportni rivojlantirish vazirligi “Mening bayrog‘im – mening faxrim” chellenjini e’lon qildi.

Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov, ushbu yili Bayroq kunini nishonlash doirasida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga respublikaning barcha hududlari qo‘shilishini aytib o‘tdi. 13-noyabrda mamlakatning 15 ta shahrida Yangi Nafas bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi. Tadbir tashkilotchilari sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kasabalar federatsiyasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, hamda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etmoqda.  Poytaxtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining marshruti “Humo Arena” sport majmuasining maydoni bo‘ylab o‘tadi. Ayni paytda hududlarda ommaviy yugurish musobaqasini va madaniy-ko‘ngilochar dasturini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik olib borilmoqda. “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining minglab ishtirokchilari, yurtimizning eng muhim kuni – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini qabul qilish kunini nishonlash maqsadida yig‘iladi.

#BayroqUz #Bayroqkuni #YangiUzbekiston #YangiNafas #Ashхabad #sport #Birgayuguramiz




Bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi 29.10.2022 21:16

 

 

Ozbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini nishonlash kuniga bag‘ishlab Yangi Nafas bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Davlatimizning eng muhim milliy bayramlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini qabul qilish kuni arafasida 13-noyabr kuni respublikaning o‘n beshta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Butun yurtimiz bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz" yagona shiori ostida birlashadi.

Davlat bayramlarini nishonlashga bag‘ishlangan ommaviy musobaqalarning o‘tkazilishi so‘nggi yillarga xos, respublikaning minglab fuqarolarini birlashtiruvchi muhim hamda o‘ziga xos xususiyatiga aylanib qolgan. Mamlakatning Davlat bayrog‘ini qabul qilish kuniga bag‘ishlangan holda o‘tkaziladigan sport tadbirlarining ramziy ahamiyati shundaki, ularga ham birdamlik, hurmat, tenglik va milliy iftixor ruhi xosdir.

1991-yil 18-noyabrdan buyon sportchilar va davlat xodimlari, ilmiy doiralar, madaniyat va san’at sohasi vakillari mustaqil O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tarib kelmoqda. Yurtimizning harbiy xodimlari, qo‘llarida davlat bayrog‘ini ushlab, Vatanni himoya qilishga tantanali ravishda qasam ichadilar.

Sport hayotlarining ajralmas qismiga aylangan yangi avlod O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ostida ulg‘aydi. Aynan ular o‘tkazilib kelayotgan Yangi Nafas va Save Aral sport ommaviy yugurish musobaqalarining doimiy ishtirokchilari bo‘lib hisoblanadi.

Davlat bayrog‘i kunini nishonlash doirasida, Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va Toshkent aholisi Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shiladi. Respublika poytaxtida ushbu kuni bir vaqtda 3 ta ommaviy yugurish musobaqalari tashkillashtiriladi – “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” parklarida va “Humo Arena” muz saroyining hududida.

Barcha shaharlar uchun Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasining yagona masofa uzunligi 3 km ni tashkil qiladi. Tashkilotchilar ta’kidlashicha, ushbu masofa har qanday tayyorgarlik darajasiga ega ishtirokchi uchun optimal masofa hisoblanadi. Tajribali yuguruvchilar uchun dasturga 12 km uzunlikdagi masofa kiritilgan bo‘lib, uning marshruti  “Yangi O‘zbekiston” parkida o‘tadi.

Ommaviy yugurish musobaqasida nogironligi bo‘lgan yuguruvchilarning xavfsiz va qulay ishtirok etishining ta’minlanganligi Yangi Nafas dasturining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ko‘magida shaharlarning har birida ularning keng ko‘lamli tadbirda qatnashishi tashkil etiladi.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi doirasida, har bir shaharda konsert – ko‘ngilochar tadbirlarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlab ommaviy fleshmoblar tashkil etiladi.

 Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kasabalar federatsiyasi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etmoqda.

Yangi Nafas — aholini sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy harakat. Ommaviy yugurish musobaqasi Yengil atletika federatsiyasi ishtirokida 2019-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab xayriya ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlar, sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

* * * * *

Ўзбекистон Республикаси давлат байроғини нишонлаш кунига бағишлаб Yangi Nafas бир вақтда оммавий югуриш мусобақаси бўлиб ўтади  

Давлатимизнинг энг муҳим миллий байрамларидан бири - Ўзбекистон Республикаси давлат байроғини қабул қилиш куни арафасида 13 ноябр куни республиканинг ўн бешта шаҳрида бир вақтда Yangi Nafas спорт мусобақалари бўлиб ўтади. Бутун юртимиз бўйлаб 32 мингга яқин иштирокчи "Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда - бирга югурамиз" ягона шиори остида бирлашади.

Давлат байрамларини нишонлашга бағишланган оммавий мусобақаларнинг ўтказилиши сўнгги йилларга хос, республиканинг минглаб фуқароларини бирлаштирувчи муҳим ҳамда ўзига хос хусусиятига айланиб қолган. Мамлакатнинг Давлат байроғини қабул қилиш кунига бағишланган ҳолда ўтказиладиган спорт тадбирларининг рамзий аҳамияти шундаки, уларга ҳам бирдамлик, ҳурмат, тенглик ва миллий ифтихор руҳи хосдир.

1991 йил 18 ноябрдан буён спортчилар ва давлат ходимлари, илмий доиралар, маданият ва санъат соҳаси вакиллари мустақил Ўзбекистон байроғини халқаро майдонда баланд кўтариб келмоқда. Юртимизнинг ҳарбий ходимлари, қўлларида давлат байроғини ушлаб, Ватанни ҳимоя қилишга тантанали равишда қасам ичадилар.

Спорт ҳаётларининг ажралмас қисмига айланган янги авлод Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи остида улғайди. Айнан улар ўтказилиб келаётган Yangi Nafas ва Save Aral спорт оммавий югуриш мусобақаларининг доимий иштирокчилари бўлиб ҳисобланади.

Давлат байроғи кунини нишонлаш доирасида, Фарғона, Қўқон, Наманган, Андижон, Чирчиқ, Гулистон, Жиззах, Самарқанд, Қарши, Термиз, Навоий, Бухоро, Урганч, Нукус ва Тошкент аҳолиси Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақасига қўшилади. Республика пойтахтида ушбу куни бир вақтда 3 та оммавий югуриш мусобақалари ташкиллаштирилади – “Янги Ўзбекистон”, “Ашхобод” паркларида ва “Humo Arena” муз саройининг ҳудудида.

Барча шаҳарлар учун Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақасининг ягона масофа узунлиги 3 км ни ташкил қилади. Ташкилотчилар таъкидлашича, ушбу масофа ҳар қандай тайёргарлик даражасига эга иштирокчи учун оптимал масофа ҳисобланади. Тажрибали югурувчилар учун дастурга 12 км узунликдаги масофа киритилган бўлиб, унинг маршрути  “Янги Ўзбекистон” паркида ўтади.

Оммавий югуриш мусобақасида ногиронлиги бўлган югурувчиларнинг хавфсиз ва қулай иштирок этишининг таъминланганлиги Yangi Nafas дастурининг муҳим қисми бўлиб ҳисобланади. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг кўмагида шаҳарларнинг ҳар бирида уларнинг кенг кўламли тадбирда қатнашиши ташкил этилади.

Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақаси доирасида, ҳар бир шаҳарда консерт – кўнгилочар тадбирларнинг ўтказилиши режалаштирилган. Шунингдек, Давлат байроғи кунига бағишлаб оммавий флешмоблар ташкил этилади.

 Yangi Nafas оммавий югуриш мусобақасининг ташкилотчилари сифатида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси спортни ривожлантириш вазирлиги, Тошкент шаҳар ҳокимияти, Ёшлар ишлари агентлиги, Ўзбекистон касабалар федерацияси, “Ўзбекнефтгаз” АЖ ҳамда Енгил атлетика федерацияси иштирок этмоқда.

Yangi Nafas — аҳолини соғломлаштириш ва соғлом турмуш тарзини ривожлантиришга қаратилган ижтимоий ҳаракат. Оммавий югуриш мусобақаси Енгил атлетика федерацияси иштирокида 2019-йилдан бери ўтказиб келинмоқда. Лойиҳа доирасида Ўзбекистон шаҳарлари бўйлаб хайрия оммавий югуриш мусобақалари ва марафонлар, спорт тадбирлари ўтказилмоқда.




Farg‘ona viloyatida Save Aral – 2022 xayriya ommaviy 08.10.2022 18:05

 

 

Fargona viloyatida Save Aral – 2022 xayriya ommaviy yugurish musobaqalarining yakunlovchi seriyasi bo‘lib o‘tdi

8-oktyabr kuni Qoqon shahrida Save Aral – 2022 xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasi va OzbekneftgazAJ Boshqaruv Raisi Kubogi oynalishining songgi bosqichi bolib otdi. Jami, 2022-yilda loyihada 50 mingga yaqin yugurish havaskorlari, sport jamiyatlari vakillari va professional sportchilar ishtirok etdi.

Save Aral ommaviy yugurish musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ rahbarligida, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va hududiy hokimiytlarning keng ko‘magida o‘tkaziladi.

Keng jamoatchilik e’tiborini Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga va Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklashga jalb qilish Save Aral xayriya ommaviy yugurish musobaqalarini o‘tkazishning asosiy g‘oyasiga aylandi. Shu bilan bir qatorda, aholi orasida ommaviy sport va jismoniy madaniyatni ommalashtirish, fuqarolar salomatligini oshirish va mustahkamlash, ekologik bilim berish va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish kabi dolzarb masalalar ham ko‘tariladi. An’anaviy tarzda, ommaviy yugurish musobaqalari doirasida ommaviy daraxt ekish bo‘yicha ekologik aksiyalar o‘tkazib boriladi.

Bugungi kunda Save Aral xayriya ommaviy yugurish musobaqalari, respublika bo‘ylab minglab insonlarni birlashtiruvchi, O‘zbekistondagi eng ommaviy sport tadbirlari hisoblanadi. Save Aral ijtimoiy loyihasi 2019-yildan boshlab, yoshidan, jinsidan va jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, xohish bildirgan barchani yengil atletika asoslari bilan tanishtirib kelmoqda. Sport tadbirlarining eng yosh va tajribali yuguruvchilari uchun maxsus nominatsiya yaratilgan - "Eng yosh ishtirokchi" va "Eng yoshi katta ishtirokchi". Nogironligi bo‘lgan yuguruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ko‘magida Save Aral ommaviy yugurish musobaqalarida "G‘alabaga irodasi uchun" nominatsiyada doimiy asosda ishtirok etmoqda.

Save Aral loyihasining konseptsiyasi yildan yilga kengaymoqda va ommaviy yugurish musobaqalarining yangi formatlari joriy etilmoqda. 2021-yilning noyabr oyida O‘zbekistonda ilk marotaba fonarchalar bilan kechki ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etilib, dunyo bo‘ylab eng mashhur bo‘lgan estafeta – ekiden o‘tkazildi.

Ushbu 2022-yil respublikaning eng yirik sanoat majmualarida ilk eksperimental ommaviy yugurish musobaqasining o‘tkazilishi bilan esda qoladi. “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyatining tashabbusi bilan Qashqadaryodagi Uzbekistan GTL va Buxaro neftni qayta ishlash zavodi atrofida ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etildi. Ushbu yili har bir ommaviy yugurish musobaqasida “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiy tuzilmalarining xodimlari ishtirok etmoqda. Save Aral sport harakatiga korporativ sektorni faol jalb qilish maqsadida neft-gaz sohasining xodimlari uchun maxsus nominatsiya joriy etildi.

«Yugurish – bu yengil atletika asosi, - deb ta’kidlaydi Yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev, - Yugurishning, aholi orasida ommaviy madaniy va sport hodisasi sifatida ommalashtirilishi, shubhasiz kelgusida O‘zbekistonda yengil atletikaning rivojlanishiga ta’sir qiladi. “Save Aral” loyihasi  kelajakda yurtimizning yengil atletika bo‘yicha terma jamoasining tarkibiga kiruvchi iste’dodli va qobiliyatli sportchilarni aniqlab olishga qaratilgan. Biz Toshkentda faol yugurish hamjamiyatlari mavjudligini kuzatyapmiz, ammo, e’tiborni hududlarga qaratish, u yerda ham yugurish bilan shug‘ullanish, yugurish klublarini yaratish imkoniyati borligini ko‘rsatish zarur».

Shunday tarzda, o‘tgan yilning sentyabr oyida, Samarqand shahrida yengil atletikaning barcha turlari bilan professional darajada shug‘ullanish uchun to‘liq jihozlangan, qayta qurilgan “Afrosiyob” sport majmuasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Sport majmuasini qurish bo‘yicha loyiha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga  oshirilgan. O‘zbekiston yengil atletikasi tarixidagi ushbu nihoyatda muhim voqea Samarqanddagi stadion atrofida Save Aral – 2022 bayramona ommaviy yugurish musobaqasi bilan nishonlandi.

Farg‘ona vodiysida ham yosh avlod orasida yengil atletikani mashhur sport turi sifatida rivojlantirish borasida katta salohiyat mavjud. Tashkilotchilar tomonidan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab To‘raqo‘rg‘on, Shahrixon, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida 4 ta ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish qarori qabul qilindi. Har bir shaharda yugurish musobaqasiga 3 mingdan ziyod yuguruvchilar qo‘shildi. Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimiyatlarining rahbarlari va xodimlari sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llab-quvvatlab, mahalliy aholiga o‘rnak bo‘lgan holda, har yili ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Ushbu yili O‘zbekistonning 16 ta shahrida minglab fuqarolar Save Aral – 2022 loyihasi doirasida Orol dengizini qutqarish va millat salomatligini mustahkamlash yo‘lida qadam bosdilar.#RUNFORARAL

Ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram:@save_aral2022
Facebook:@Save Aral 2022

Tashkiliy qo‘mita

* * * * *

Фарғона вилоятида Save Aral – 2022 хайрия оммавий югуриш мусобақаларининг якунловчи серияси бўлиб ўтди

8 октябр куни Қўқон шаҳрида Save Aral – 2022 халқаро хайрия оммавий югуриш мусобақаси ва “Ўзбекнефтгаз” АЖ Бошқарув Раиси Кубоги ўйналишининг сўнгги босқичи бўлиб ўтди. Жами, 2022-йилда лойиҳада 50 мингга яқин югуриш ҳаваскорлари, спорт жамиятлари вакиллари ва профессионал спортчилар иштирок этди.

Save Aral оммавий югуриш мусобақалари Ўзбекистон Республикаси Енгил атлетика федерацияси ва “Ўзбекнефтгаз” АЖ раҳбарлигида, Спортни ривожлантириш вазирлиги, Миллий Олимпия қўмитаси ва ҳудудий ҳокимиятларнинг кенг кўмагида ўтказилади.

Кенг жамоатчилик эътиборини Орол денгизи атрофидаги экологик муаммога ва Оролбўйи минтақасини қайта тиклашга жалб қилиш Save Aral хайрия оммавий югуриш мусобақаларини ўтказишнинг асосий ғоясига айланди. Шу билан бир қаторда, аҳоли орасида оммавий спорт ва жисмоний маданиятни оммалаштириш, фуқаролар саломатлигини ошириш ва мустаҳкамлаш, экологик билим бериш ва атроф-муҳитга ғамхўрлик қилиш каби долзарб масалалар ҳам кўтарилади. Анъанавий тарзда, оммавий югуриш мусобақалари доирасида оммавий дарахт экиш бўйича экологик акциялар ўтказиб борилади.

Бугунги кунда Save Aral хайрия оммавий югуриш мусобақалари, республика бўйлаб минглаб инсонларни бирлаштирувчи, Ўзбекистондаги энг оммавий спорт тадбирлари ҳисобланади. Save Aral ижтимоий лойиҳаси 2019-йилдан бошлаб, ёшидан, жинсидан ва жисмоний тайёргарлик даражасидан қатъи назар, хоҳиш билдирган барчани енгил атлетика асослари билан таништириб келмоқда. Спорт тадбирининг энг ёш ва тажрибали югурувчилари учун махсус номинация яратилган - "Энг ёш иштирокчи" ва "Энг ёши катта иштирокчи". Ногиронлиги бўлган югурувчилар Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги кўмагида Save Aral оммавий югуриш мусобақаларида "Ғалабага иродаси учун" номинациясида доимий асосда иштирок этмоқда.

Save Aral лойиҳасининг концепцияси йилдан йилга кенгаймоқда ва оммавий югуриш мусобақаларининг янги форматлари жорий этилмоқда. 2021 йилнинг ноябр ойида Ўзбекистонда илк маротаба фонарчалар билан кечки оммавий югуриш мусобақаси ташкил этилиб, дунё бўйлаб энг машҳур бўлган эстафета – экиден ўтказилди.

Ушбу 2022-йил республиканинг энг йирик саноат мажмуаларида илк экспериментал оммавий югуриш мусобақасининг ўтказилиши билан эсда қолади. “Ўзбекнефтгаз” АЖ раҳбариятининг ташаббуси билан Қашқадарёдаги Узбекистан GTL ва Бухаро нефтни қайта ишлаш заводи атрофида оммавий югуриш мусобақалари ташкил этилди. Ушбу йили ҳар бир оммавий югуриш мусобақасида “Ўзбекнефтгаз” АЖ таркибий тузилмаларининг ходимлари иштирок этмоқда. “Save Aral” спорт ҳаракатига корпоратив секторни фаол жалб қилиш мақсадида нефт-газ соҳасининг ходимлари учун махсус номинация жорий этилди.

«Югуриш – бу енгил атлетика асоси, - деб таъкидлайди Енгил атлетика федерацияси раисининг ўринбосари Андрей Абдувалиев, - Югуришнинг, аҳоли орасида оммавий маданий ва спорт ҳодисаси сифатида оммалаштирилиши, шубҳасиз келгусида Ўзбекистонда енгил атлетиканинг ривожланишига таъсир қилади. “Save Aral” лойиҳаси келажакда юртимизнинг енгил атлетика бўйича терма жамоасининг таркибига кирувчи истеъдодли ва қобилиятли спортчиларни аниқлаб олишга қаратилган. Биз Тошкентда фаол югуриш ҳамжамиятлари мавжудлигини кузатяпмиз, аммо, эътиборни ҳудудларга қаратиш, у ерда ҳам югуриш билан шуғулланиш, югуриш клубларини яратиш имконияти борлигини кўрсатиш зарур».

Шундай тарзда, ўтган йилнинг сентябр ойида, Самарқанд шаҳрида енгил атлетиканинг барча турлари билан профессионал даражада шуғулланиш учун тўлиқ жиҳозланган, қайта қурилган “Афросиёб” спорт мажмуасининг очилиши бўлиб ўтди. Спорт мажмуасини қуриш бўйича лойиҳа Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан амалга оширилган. Ўзбекистон енгил атлетикаси тарихидаги ушбу ниҳоятда муҳим воқеа Самарқанддаги стадион атрофида Save Aral – 2022 байрамона оммавий югуриш мусобақаси билан нишонланди.

Фарғона водийсида ҳам ёш авлод орасида енгил атлетикани машҳур спорт тури сифатида ривожлантириш борасида катта салоҳият мавжуд. Ташкилотчилар томонидан Фарғона водийси бўйлаб Тўрақўрғон, Шаҳрихон, Марғилон ва Қўқон шаҳарларида 4 та оммавий югуриш мусобақасини ўтказиш қарори қабул қилинди. Ҳар бир шаҳарда югуриш мусобақасига 3 мингдан зиёд югурувчилар қўшилди. Наманган, Андижон ва Фарғона вилоятлари ҳокимиятларининг раҳбарлари ва ходимлари соғлом турмуш тарзини фаол қўллаб-қувватлаб, маҳаллий аҳолига ўрнак бўлган ҳолда, ҳар йили оммавий спорт тадбирларида иштирок этмоқда.

Ушбу йили Ўзбекистоннинг 16 та шаҳрида минглаб фуқаролар
Save Aral – 2022 лойиҳаси доирасида Орол денгизини қутқариш ва миллат саломатлигини мустаҳкамлаш йўлида қадам босдилар. #
RUNFORARAL

Ижтимоий тармоқларда:
Instagram:@save_aral2022
Facebook:@Save Aral 2022

Ташкилий қўмита




Save Aral - 2022 musobaqalari seriyasi boshlandi 02.10.2022 17:12

 

 

FARG‘ONA VODIYSIDA SAVE ARAL – 2022 OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQALARI SERIYASI BOSHLANDI

img_20221002_161844_968.png

Farg‘ona vodiysining To‘raqo‘rg‘on shahrida 2 oktyabr kuni  Save Aral - 2022 xayriya ommaviy yugurish musobaqalarining yakunlovchi seriyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv Raisi kubogi o‘ynalishining so‘nggi bosqichi start oldi. 2022 yil 2 oktyabrdan 8 oktyabrgacha ommaviy yugurish musobaqalari Farg‘ona vodiysining to‘rtta shahrida, shu jumladan, Shahrixon, Marg‘ilon va Qo‘qonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda hududiy hokimiyatlar ko‘magida tashkil etilgan.

To‘raqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan Save Aral - 2022 ommaviy yugurish musobaqasi yurtimizda O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonlashga bag‘ishlangan edi. Yengil atletika federatsiyasi katta va ommaviy sportga aloqasi bo‘lgan barcha uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu bayramga alohida urg‘u berishga qaror qildi. Har bir professional va havaskor sportchining g‘alabasi va yutug‘i asosida ustozlar va murabbiylarning tajribasi, bilimlari va mehnati yotadi.

Save Aral ommaviy yugurish musobaqalarini o‘tkazishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash va sog‘lom odatlarni joriy etish g‘oyalarini tarqatish hisoblanadi. Save Aral tashkilotchilari jamoasini respublikaning katta va kichik shaharlarida, eng chekka joylashgan tumanlarida uchratish mumkin bo‘lib, ular doimo haqiqiy sport bayrami muhitini yaratishga tayyor turishadi.

Ommaviy yugurish musobaqasi 4 oktyabrda navbatdagi shahar Shahrixonda bo‘lib o‘tib, 6 oktyabr kuni estafeta Marg‘ilon shahriga o‘tadi.  Save Aral - 2022 xayriya ommaviy yugurish poygalari seriyasi 8 oktyabr kuni Qo‘qonda o‘tkaziladi. Sport bayramiga 10 mingdan ortiq ishtirokchi qo‘shilishi kutilmoqda.

Save Aral – 2022 da ishtirok etishga xohish bildirgan hamma uchun ushbu shaharlarda o‘tkaziladigan ommaviy yugurish musobaqasi paytida start kuni ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq bo‘ladi.

* * * * *

ФАРҒОНА ВОДИЙСИДА SAVE ARAL – 2022 ОММАВИЙ ЮГУРИШ МУСОБАҚАЛАРИ СЕРИЯСИ БОШЛАНДИ

Фарғона водийсининг Тўрақўрғон шаҳрида 2 октябр куни Save Aral - 2022 хайрия оммавий югуриш мусобақаларининг якунловчи серияси ва “Ўзбекнефтгаз” АЖ Бошқарув Раиси кубоги ўйналишининг сўнгги босқичи старт олди. 2022 йил 2 октябрдан 8 октябргача оммавий югуриш мусобақалари Фарғона водийсининг тўртта шаҳрида, шу жумладан, Шаҳрихон, Марғилон ва Қўқонда ўтказилиши режалаштирилган. Мусобақалар Ўзбекистон Республикаси Енгил атлетика федерацияси ва “Ўзбекнефтгаз” АЖ томонидан, Спортни ривожлантириш вазирлиги ҳамда ҳудудий ҳокимиятлар кўмагида ташкил этилган.

Тўрақўрғон шаҳрида ўтказилган Save Aral - 2022 оммавий югуриш мусобақаси юртимизда Ўқитувчи ва мураббийлар кунини нишонлашга бағишланган эди. Енгил атлетика федерацияси катта ва оммавий спортга алоқаси бўлган барча учун катта аҳамиятга эга бўлган ушбу байрамга алоҳида урғу беришга қарор қилди. Ҳар бир профессионал ва ҳаваскор спортчининг ғалабаси ва ютуғи асосида устозлар ва мураббийларнинг тажрибаси, билимлари ва меҳнати ётади.

Фарғона водийсида ўтказилаётган Save Aral - 2022 югуриш марафони Орол денгизи ҳавзаси атрофидаги экологик вазиятга кенг жамоатчилик эътиборини жалб қилишга қаратилган спорт тадбирлари сериясини якунлайди. Оммавий югуриш мусобақалари “Ўзбекнефтгаз” АЖ тизимининг саноат объектлари, Ўзбекистоннинг бетакрор маданий-тарихий ва табиий ёдгорликлари ҳудудида ўтказилди. “Ўзбекнефтгаз” АЖ Бошқарув Раиси кубоги ўйналиши доирасида махсус номинация билан нефтгаз соҳаси ходимларининг иштирок этиши бу йилга хос хусусият бўлди.

Save Aral оммавий югуриш мусобақаларини ўтказишнинг асосий вазифаларидан бири бўлиб, аҳоли орасида соғлом турмуш тарзини мустаҳкамлаш ва соғлом одатларни жорий этиш ғояларини тарқатиш ҳисобланади. Save Aral ташкилотчилари жамоасини республиканинг катта ва кичик шаҳарларида, энг чекка жойлашган туманларида учратиш мумкин бўлиб, улар доимо ҳақиқий спорт байрами муҳитини яратишга тайёр туришади.

Оммавий югуриш мусобақаси 4 октябрда навбатдаги шаҳар Шаҳрихонда бўлиб ўтиб, 6 октябр куни эстафета Марғилон шаҳрига ўтади.  Save Aral - 2022 хайрия оммавий югуриш пойгалари серияси 8 октябр куни Қўқонда ўтказилади. Спорт байрамига 10 мингдан ортиқ иштирокчи қўшилиши кутилмоқда.

Save Aral – 2022 да иштирок этишга хоҳиш билдирган ҳамма учун ушбу шаҳарларда ўтказиладиган оммавий югуриш мусобақаси пайтида старт куни рўйхатдан ўтиш жараёни очиқ бўлади.




Yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo IV Ochiq chempionati 24.09.2022 11:19

 

 

24-sentyabr kuni Samarqand shahrida yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo IV Ochiq chempionati start oldi. Xalqaro musobaqalar doirasida 41 ta yengil atletika turlari bo‘yicha 56 ta mukofot to‘plamlari o‘ynaladi.

Samarqandda ilk marotaba yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionati o‘tkaziladi.  300 dan ortiq sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Yengil atletika mavsumining yakunida chempionatda ishtirok etish natijasida har bir yengil atletikachi shaxsiy reytingini oshirish va chiqishlarning dastlabki natijalarini hisoblash imkoniyatini beradi.

Ko‘p jihatdan xalqaro turnirni o‘tkazish imkoniyati “Afrosiyob Arena” sport majmuasini sport birinchiligini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish natijasida paydo bo‘ldi. Ushbu o‘ziga xos sport majmuasi 2004-yilda Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning topshirig‘iga binoan “Universiada 2004” sport o‘yinlarini o‘tkazish uchun qurilgan. Sport majmuasi 15 ming tomoshabin o‘rinlarini o‘z ichiga oladi. 2022-yilda davlat rahbarining tashabbusiga binoan sport majmuasining World Athletics Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasining talablariga muvofiq holda keng ko‘lamdagi rekonstruksiyasi amalga oshirildi. Stadion eng so‘nggi urfdagi sport uskunalari, zamonaviy yugurish qoplamasi, irrigatsion, yoritish va tovush tizimlari bilan jihozlangan. Bugungi kunda “Afrosiyob Arena” sport majmuasi – Markaziy Osiyo hududidagi xalqaro sport musobaqalarini qabul qilishga tayyor bo‘lgan ilk sertifikatlangan stadion bo‘lib hisoblanadi.

«Chempionatga tayyorgarlik yuqori saviyada olib borildi. Sportchilar uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish uchun ozmuncha harakat qilmagan tashkiliy qo‘mitaga alohida minnatdorchilik bildirish kerak, - deb ta’kidlab o‘tdi Markaziy Osiyo Yengil atletika federatsiyasi rahbari Dilshod Nazarov, - Bunday darajali musobaqalarni o‘tkazishda eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib yugurish yo‘lakchasining sifati hisoblanadi, Samarqanddagi yugurish yo‘lakchalarining parametrlari barcha World Athletics standartlariga mos keladi».

Ochiq chempionatda yengil atletikachilar asosiy yugurish turlarida, hamda texnik turlarida ishtirok etadi - balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, disk, bolg'a, otish, nayza uloqtirish.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi deyarli barcha turlarda ishtirok etadi. Stadionda ishtirokchilar bilan V Islom birdamlik o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo‘jaev, Farida Soliyeva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyarova kuch sinashadi.

Sport turniri Ozbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qomitasi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan, Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi vaOzbekneftgazAJ komagida tashkil etildi.

* * * * *

24 сентябр куни Самарқанд шаҳрида енгил атлетика бўйича Марказий Осиё IV Очиқ чемпионати старт олди. Халқаро мусобақалар доирасида 41 та енгил атлетика турлари бўйича 56 та мукофот тўпламлари ўйналади.

Самарқандда илк маротаба енгил атлетика бўйича Марказий Осиё Очиқ чемпионати ўтказилади.  300 дан ортиқ спортчилар халқаро мусобақаларда иштирок этиш учун ташриф буюрди. Енгил атлетика мавсумининг якунида чемпионатда иштирок этиш натижасида ҳар бир енгил атлетикачи шахсий рейтингини ошириш ва чиқишларнинг дастлабки натижаларини ҳисоблаш имкониятини беради.

Кўп жиҳатдан халқаро турнирни ўтказиш имконияти “Афросиёб Арена” спорт мажмуасини спорт биринчилигини ўтказишга пухта тайёргарлик кўриш натижасида пайдо бўлди. Ушбу ўзига хос спорт мажмуаси 2004-йилда Мирзиёев Шавкат Миромоновичнинг топшириғига биноан “Универсиада 2004” спорт ўйинларини ўтказиш учун қурилган. Спорт мажмуаси 15 минг томошабин ўринларини ўз ичига олади. 2022 йилда давлат раҳбарининг ташаббусига биноан спорт мажмуасининг World Athletics Бутунжаҳон енгил атлетика ассоциациясининг талабларига мувофиқ ҳолда кенг кўламдаги реконструкцияси амалга оширилди. Стадион энг сўнгги урфдаги спорт ускуналари, замонавий югуриш қопламаси, ирригацион, ёритиш ва товуш тизимлари билан жиҳозланган. Бугунги кунда “Афросиёб Арена” спорт мажмуаси – Марказий Осиё ҳудудидаги халқаро спорт мусобақаларини қабул қилишга тайёр бўлган илк сертификатланган стадион бўлиб ҳисобланади.

«Чемпионатга тайёргарлик юқори савияда олиб борилди. Спортчилар учун барча керакли шароитларни яратиш учун озмунча ҳаракат қилмаган ташкилий қўмитага алоҳида миннатдорчилик билдириш керак, - деб таъкидлаб ўтди Марказий Осиё Енгил атлетика федерацияси раҳбари Дилшод Назаров, - Бундай даражали мусобақаларни ўтказишда энг муҳим тамойиллардан бири бўлиб югуриш йўлакчасининг сифати ҳисобланади, Самарқанддаги югуриш йўлакчаларининг параметрлари барча World Athletics стандартларига мос келади».

Очиқ чемпионатда енгил атлетикачилар асосий югуриш турларида, ҳамда техник турларида иштирок этади - баландликка сакраш, таяниб сакраш, узунликка сакраш, уч ҳатлаб сакраш, диск, болға, отиш, найза улоқтириш.

Енгил атлетика бўйича Ўзбекистон терма жамоаси деярли барча турларда иштирок этади. Стадионда иштирокчилар билан V Ислом бирдамлик ўйинлари ғолиблари Шарифа Давронова, Анвар Анваров, Сухроб Хўжаев, Фарида Солиева, Наргиза Қўчқорова ва Роксана Худоярова куч синашади.

Спорт турнири Ўзбекистон Республикаси Спортни ривожлантириш вазирлиги, Миллий олимпия қўмитаси ва Енгил атлетика федерацияси томонидан, Марказий Осиё енгил атлетика ассоциацияси ва “Ўзбекнефтгаз” АЖ кўмагида ташкил этилди.




Sport ommaviy uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi 06.09.2022 19:21

 

 

Nurota shahrida Save Aral – 2022 sport ommaviy yugurish musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

photo_2022-09-06_00-36-08.jpg

Save Aral xalqaro marafoni kuzgi mavsumining marshruti Buxoro viloyatidan Nurota shahriga ko‘chdi, bu yerda 6-sentyabr kuni xayriya ommaviy yugurish musobaqalarining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sportni rivojlantirish vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimiyati tadbirning tashkilotlari sifatida ishtirok etdi.

Save Aral - 2022 sport ommaviy yugurish musobaqasi Nurota shahri aholisi uchun turistik mavsumni yakunlovchi yorqin hodisaga aylandi. Xalq ijodi festivallarini o‘tkazishning eng mashhur joylaridan biri bo‘lgan Nurota shuningdek Save Aral ijtimoiy-sport loyihasining faol ishtirokchi-shaharlaridan biriga aylandi. 3000 dan ortiq ishtirokchi ushbu sport tadbiriga qo‘shilib, 3 km masofaga yugurishda o‘z kuchini sinab ko‘rdi. Masofada shuningdek Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir arafasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hokimiyatining xodimlari va Yengil atletika federatsiyasi vakillari sport tadbirining xavfsiz va qulay o‘tishi uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.

«Yengil atletika federatsiyasi trassani xalqaro standartlarga muvofiq tarzda tayyorlashga katta ahamiyat beradi, - deb ta’kidlab o‘tdi Save Aral loyihasining bosh hakami Xasanboy Ortiqov, - Bu ommaviy yugurish musobaqalari professional sportchilar uchun mo‘ljallanmaganiga qaramay, shartlar hamma uchun teng bo‘lishi kerak – tekis yer yuzasi, aniq masofa, barcha ishtirokchilarning xavfsizligi ta’minlanishi kerak. Trassa kichik va katta yoshdagi yuguruvchilar uchun ham, nogironligi bo‘lgan shahxslar uchun ham qulay bo‘lishi shart».

Save Aral – 2022 ommaviy yugurish musobaqasining marshruti shaharning markaziy ko‘chalarining biridan boshlanib, Navoiy viloyatining mashhur joylaridan biri bo‘lgan hamda minglab turistlar uchun ziyoratgoh joyi hisoblangan “Chashma” tarixiy majmuasigacha yetib bordi. Majmua “chashma” bulog‘i qismidagi madaniy-tarixiy obidalar qatoridan tashkil topgan. Ular orasida Muhammad Nurota maqbarasi, XVI asr masjidlari va uning hududida Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib suv taʼminoti tarmogʻi qurilgan Iskandar Zulqarnayn davridagi qalʼa bor.

Shahar tarixining suv resurslariga alohida munosabati bilan chambarchas bog‘liqligi Save Aral – 2022 sport ommaviy yugurish musobaqasining uchinchi bosqichini Nurotada o‘tkazish sabablaridan biriga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston shaharlarida 2019-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan Save Aral xayriya loyihasi keng jamoatchilik eʼtiborini Orol dengizi havzasidagi antropogen-tabiiy krizis hamda uning mamlakatdagi ekologik vaziyatga taʼsiriga qaratishga qaratilgan.

Save Aral – 2022 ommaviy yugurish musobaqasida eng tez natija ko‘rsatgan ishtirokchilar Nurota viloyati hokimligi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Birinchi o‘rinni Pardaev Asadbek, ikkinchi o‘rinni Sa’dullayev Javohir va uchinchi o‘rinni Yo‘ldoshev Mehriddin qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Turtayeva O‘g‘iloy eng yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, Nusrotillayeva Sadaf ikkinchi, Aminova Dinara uchinchi o‘rinni egalladi. Nogironligi bo‘lgan ishtirokchilardan Pardaeva Dilbar, Murodova Bahora, Ro'ziev Mashrab, Akobirov Jaloliddin va Toyloqov Anvar taqdirlandi.

Huquq-tartibot idoralari vakillari Save Aral ommaviy yugurish musobaqasida shaxsiy bahslarda bellashdi. Birinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi vakili, ikkinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi va uchinchi o‘rinni Milliy gvardiya qo‘shinlari egalladi.

Save Aral - 2022 ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi 24-sentyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:

Instagram: @Save_aral2022

Facebook: @Savearal2022

Tashkiliy qo‘mita




Buxori viloyatida Save Aral-2022 sport ommaviy yugurish 04.09.2022 14:40

 

 

Buxori viloyatida Save Aral-2022 sport ommaviy yugurish
 musobaqasi bo‘lib o‘tdi

4-sentyabr kuni Buxoro viloyatida "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi kubogining ommaviy yugurish musobaqasi va Save Aral-2022 xalqaro marafonining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Hududdagi eng yirik korxona - Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ("Buxoro NQIZ" MChJ) xodimlari, mahalliy sport birlashmalari va sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ushbu tadbirda ishtirok etdi. Ommaviy yugurish musobaqasi Yengil atletika federatsiyasi va "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Buxoro hokimiyati ko‘magida tashkil etilgan.

Save Aral-2022 ommaviy yugurish musobaqalari kuzgi mavsumining xususiyati shundaki, u nafaqat aholini, balki professional hamjamiyatlarni ham ommaviy sport turlariga jalb qiladi. Ijtimoiy loyiha doirasida "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi kubogi ham o‘ynalayotgan bo‘lib, u neft-gaz sohasining xodimlari uchun yugurishda eng yaxshi ko‘rsatkichlar uchun kurashishlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

4-sentyabrda bo‘lib o‘tgan ommaviy yugurish musobaqasi Buxoro NQIZ yonidagi hududdan boshlanib, Qorovulbozor shahrida yakunlandi. 3500 ga yaqin ishtirokchi 3 km masofaga yugurishda o‘z kuchini sinab ko‘rdi. An'anaviy tarzda, Save Aral yillik ijtimoiy loyihasi doirasida Buxoro viloyatida o‘tkaziladigan musobaqalar ikki yarim minggacha yuguruvchilarni jalb qiladi. Sport musobaqalari arafasida Buxoro NQIZ xodimlari daraxt ekish va shahar hududini Qorovulbozor tumanining maishiy chiqindilaridan tozalash bo‘yicha ekologik aksiyada qatnashdi. Ekologik aksiyalar o‘tkazilishi Save Aral ijtimoiy loyihasining asosiy maqsadlarini - ekologik xabardorlik darajasani oshirish va Orol dengizi tumanida atrof-muhitni himoya qilish masalalarini hal qilishga e'tibor qaratishni aks ettirishga aylandi.

Save Aral ijtimoiy loyihasini shuningdek "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiy tuzilmalarida ishlayotgan xorijiy mutaxassislar ham qo‘llab-quvvatladi. Ulardan bittasi, Iemke Stlin, Uzbekistan GTL zavodi ishtirokida Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan avvalgi ommaviy yugurish musobaqasining g‘olibiga aylandi. Mintaqaviy OAV vakillari bilan suhbatda u o‘zining vatanida, JAR hududida kuzatilayotgan bir qator ekologik muammolar - o‘rmon daraxtlarini ommaviy kesib tashlash va o‘sib kelayotgan aholi uchun ichimlik suvi yetishmovchiligi haqida gapirib berdi. "Bunday keng ko‘lamli ijtimoiy aksiyalar o‘tkazilishi insonlarni birlashtirish va atrof-muhit muhofazasi sohasida muhim tadbirlarga jalb qilish imkonini beradi", - deb ta'kidladi Iemke Stlin.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining jamoasi o‘z faoliyatida ekologik komponentni faol ravishda joriy etib bormoqda va "Avtomobilsiz kun", "Butunjahon suv zahiralari kuni", "Butunjahon tozalik kuni" kabi xalqaro ekologik sanalarni o‘tkazishga qo‘shilmoqda. Save Aral Buxoro NQIZ uchun yangi loyiha bo‘lib, bir vaqtning o‘zida o‘zida sport, ekologik va inklyuziv yo‘nalishlarni birlashtiradi.

 Save Aral-2022 ommaviy yugurish musobaqasining eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilari "O‘zbekneftgaz" AJ, Yengil atletika federatsiyasi va Buxoro NQIZ rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Neftni qayta ishlash korxonasining xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari medallar bilan taqdirlandi. Imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilar uchun ham alohida nominatsiyalar belgilangan bo‘lib, ularning ishtirok etishi Adliya vazirligi va volontyorlik tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

Erkaklar orasida g‘oliblar ("O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiy bo‘linmalarining xodimlari):

  1. Musilmonov Sherali
  2. Ergashev Doston
  3. Elov Dilshod

Mahalliy aholi orasida erkaklar:

1.Bozorov Shaxriyor
2.Rajabov Ilxom
3.Jalolov Qobilbek

Ayollar orasida ("O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiy bo‘linmalarining xodimlari):

1.Baqoeva Xolida
2.Razoqova Muqaddas
3.Joʼraeva Zulayxo

Mahalliy aholi orasida ayollar:

1.Muzaffarova Sabina
2.Roʼzieva Rayxona
3.Xaydarova Moxigul

Save Aral-2022 va "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqalar raisi kubogi birlashtirilgan ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi 6-sentyabrda, Navoiy viloyatining Nurota shahrida bo‘lib o‘tadi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:

Instagram: @Save_aral2022

Facebook: @Savearal2022

Kasaba uyushmasi




Sport mavsumi davom etmoqda Save Aral – 2022 28.08.2022 22:44

 

 

Sport mavsumi davom etmoqda: Save Aral – 2022 kuzgi bosqichi
va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi start oldi

       27-avgust kuni «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan, uning tarkibiy tuzilmasi Uzbekistan GTL zavodi bilan birgalikda hamda Yengil atletika federatsiyasi ko‘magida tungi xayriya ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi va Save Aral – 2022 ijtimoiy loyihasi doirasida start oldi. Ommaviy yugurish musobaqasida «O‘zbekneftgaz» AJ ga qarashli tarkibiy tuzilmalar: Uzbekistan GTL zavodi, Sho‘rtan GQChB va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishtirok etdi. Ushbu sport tadbirining o‘tkazilishi yaqinda bo‘lib o‘tadigan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yillik bayrami nishonlanishiga bag‘ishlandi.

Ilk marotaba, tashkilotchilarning qaroriga asosan, Save Aral – 2022 ommaviy yugurish musobaqalarining kuzgi bosqichi hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi O‘zbekiston shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab odatdagi marshrut bo‘yicha emas, Markaziy Osiyodagi sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonasida – Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan Uzbekistan GTL zavodi yonidagi hududda start oldi.

Ijtimoiy-ekologik hamkorlik sohasidagi masalalarni amalga oshirish maqsadida sport va yuqori texnologiyalar kollaboratsiyasi Yengil atletika federatsiyasining yangi rahbariyati tomonidan taklif etildi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyidan boshlab «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Federatsiyaga rahbarlik qilmoqda.

«Save Aral - 2022 xayriya ommaviy yugurish musobaqasi va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi kubogining Uzbekistan GTL zavodi atrofidagi hududda o‘tkazilishi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi Uzbekistan GTL zavodi, Sho‘rtan GQChB va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining katta jamoasini ommaviy sport bilan faol shug‘ullanishga jalb qilish uchun ajoyib tashabbus bo‘lib hisoblanadi. Xodimlar salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish va mehnat muhofazasi «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyatining alohida etiboridadir deb ta’kidlab o‘tdi Mehriddin Abdullayev. Shuningdek, GTL zavodida eng zamonaviy xalqaro standartlar joriy etilgan, lekin ayni paytda jamoa ichida ekologik ma’suliyatni ham rivojlantirish juda muhim.

Neft-gaz sohasining mutaxassislari o‘z faoliyatida atrof-muhitni himoya qilish masalalari bilan muntazam ravishda duch keladi. Ular, Save Aral – 2022 hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish arafasida tashkil etilgan, Uzbekistan GTL majmuasi yonidagi G‘uzor tumanini obodonlashtirishga qaratilgan ekologik aksiyalarga katta istak bilan qo‘shildilar. Ekologik aksiyalar doirasida Federatsiya va «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan saksovul ekish hamda hududni maishiy axlat uyumlaridan tozalash ishlari tashkillashtirildi.

Save Aral sport ommaviy yugurish musobaqalarini o‘tkazish yillari davomida, ijtimoiy loyihaning keng jamoatchilik e’tiborini Orol dengizi fojeasi va Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklash masalalarini hal qilish uchun choralarni faollashtirishga jalb qilishga qaratilgan asosiy maqsadi, aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va bilim tarqatish bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbusga aylandi.

Keng jamoatchilik tomonidan muntazam qiziqishni ta’minlash maqsadida Yengil atletika federatsiyasi tomonidan doimiy ravishda ommaviy yugurish musobaqalarini noodatiy o‘tkazish formatlari taklif etiladi. Save Aral - 2022 hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi sport tadbirining o‘tkazilishi o‘ziga xos neft-gaz majmuasi yonidagi hududda tungi paytda tashkil etilishi ham ishtirokchilarni jalb etishga qaratilgan o‘zgacha yechim bo‘ldi. Uzbekistan GTL zavodining sanoat jihatdan jihozlanishi xayriya ommaviy yugurish musobaqasini ajratilgan sport trassasi ko‘rinadigan qismida xavfsiz marshrut bo‘ylab tashkil etish imkoniyatini berdi. Uzbekistan GTL zavodining xodimlari yashaydigan vaxta shaharchasining hududi ommaviy yugurish musobaqasining finish nuqtasi sifatida tanlandi.

Save Aral – 2022 va «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi tungi ommaviy yugurish musobaqasida ikki ming atrofida inson ishtirok etib, ular orasida o‘z oilalari bilan qatnashgan Uzbekistan GTL hamda Sho‘rtan NGQChB va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining mutaxassislari bor. Sport tadbiriga, Save Aral loyihasida bir necha marotaba ishtirok etgan, Qashqadaryo viloyatidan sportchilar va yugurish havaskorlari qo‘shildi.

Musobaqa g'oliblari quyidagi natijalarga erishidilar:

Xodim erkaklar:

1. Primov Hasan 12:30.43

2. Purmanov Mansur 12:31.55

3. Primov Husan 12:32.46

Xodim ayollar:

1. Iemke Stlyn 16:08.18 Janubiy Afrika

2. Kenjayeva Shirin 16:26.28

3. Tojieva Farida 17:02.26

Mahalliy erkaklar:

1. Mahmudov Jahongir 12:05.87

2. Juraev Muslimbek 12:15.43

3. Muhammadiev Asilbek 12:16.40

Mahalliy ayollar:

1. Omonova Dilfuz 14:42.56

2. Saidmuradova Shoxida 15:10.57

3. Hukumova Jonbebe 15:40.22

Qatnashchilar umumiy soni: 1800

Ulardan tashqari:

Harbiylar - 130

Oila a'zolari - 600

Har bir ishtirokchiga peshona uchun fonarcha va qurib borayotgan Orol dengizi tasvirlangan sport kiyimi berildi. Eng yaxshi natijani namoyish qilgan yuguruvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, alohida nominatsiyalardagi o‘zgacha ehtiyojlarga ega musobaqa ishtirokchilarga ham sovg‘alar berildi.

Save Aral – 2022 hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi loyihasi O‘zbekistonda ommaviy sportni ommalashtirishga qaratilgan eng kuchli va samarali vositalardan biriga aylandi. Save Aral – 2022 loyihasini O‘zbekistonning katta va kichik shaharlari bo‘ylab sport tadbirlarini 3 yil davomida o‘tkazish mobaynida 35 ta tashkil etilgan ommaviy yugurish musobaqalarida turli yoshdagi 130 mingga yaqin inson ishtirok etdi. 2022 yil boshidan Yengil atletika federatsiyasi tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ bilan birgalikda Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Qashqadryo, Surhondaryo, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida 12 ta ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi. Save Aral – 2022 kuzgi mavsumi hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi kubogi doirasida 8 ta ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ularda sportni rivojlantirish harakatiga qo‘shilmoqchi va atrof-muhit muhofazasiga o‘z hissasini kiritmoqchi bo‘lgan har bir ishtirokchi qatnashishi mumkin.

Tashkiliy qo‘mita




Yangi O‘zbekistonning muzaffar sportchilari tantanali kutib olindi 20.08.2022 21:01

 

 

Bugun Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi poytaxtimizda tantanali kutib olindi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, o‘zbek sportining katta oilasi, atletlarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

photo_2022-08-20_20-19-24.jpg

Tadbirda avvalida Sherzod Asadov Prezident Shavkat Mirziyoyevning muzaffar sportchilarimizga yo‘llagan tabrigini, shuningdek, "Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Prezident qarorini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng Abdulla Aripov so‘z olib, O‘zbekiston delegatsiyasining ortda qolgan musobaqada erishgan muvaffaqiyati bilan qutladi va o‘zbek sporti Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik borasida to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, sportchilarimizdan dzyudo bo‘yicha musobaqa g‘olibi Muzaffar To‘raboyev hamda yengil atletika bahslarida chempion bo‘lgan Sharifa Davronova, trenerlar nomidan og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev so‘zga chiqib, ushbu g‘alabalar zamirida muhtaram yurtboshimiz va davlatimizning sportga qaratayotgan e’tibori turgani haqida to‘xtalib, kelgusida ham bildirilgan ishonchni oqlagan holda xalqaro maydonda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga va’da berishdi.

photo_2022-08-20_20-19-27.jpg

O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, shuningdek, o‘zbek estradasining taniqli vakillari o‘z ijodlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi. Shuning bilan delegatsiyamiz vakillari ajratilgan maxsus avtobuslarga o‘tirib, poytaxtimizning markaziy ko‘chalari bo‘ylab Milliy Olimpiya qo‘mitasiga yo‘l oldi. Sayrda hamshaharlarimiz ham sportchilarimizni qutlab turishdi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tgan tadbirning ikkinchi qismida rasmiylar delegatsiyamizning erishgan g‘alabasini yana bir karra madh etishdi va sportchilarimiz muvaffaqiyati sharafiga mushakbozlik tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, Konya-2021 V Islom birdamligi o‘yinlarida 56 ta davlatdan 4200 nafar sportchi ishtirok etib, unda delegatsiyamiz 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza, jami 158 ta medal bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi va kompleks musobaqalarda o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.




"Osiyo bolalari" o'yinlaridagi chiqish natijalari 02.08.2022 16:31

 

 

Vladivostok shahri ( Rossiya) da bo‘lib o‘tgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etgan o‘smirlarlar  terma jamoasi (2007-2008) sportchilari tomonidan   4 oltin, 4 kumush va 8 bronza jami 16 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

Oltin medal soxiblari:

Toshkent shahri sportchisi Rustam Abdullaev 100 m 11,51sek, 200 m 23,36 sek va uzunlikka sakrashda 6,71sm uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Murabbiyi Lyubov Nikolaevna Chuprunova.

Namangan viloyati sportchisi Maftuna Axmedova 1500 metrga yugurishda 4:36,81 sek natijaga ega bo‘ldi. Murabbiyi Hakimov Ravshan Xolmatovich.

Kumush medal egalari:

Qashqadaryo viloyati sportchisi  Servar Meyliyev uzunlikka sakrashda  6,37 sm natijani ko‘rsatdi. Murabbiyi A’zam Xoliyarov

Andijon viloyati sportchisi  Dilnoza Xoshimova  1500 metrga yugurishda 4:48,91 sek natijasi bilan ishtirok etdi. Murabbiyi Mo‘min Qodirov.

Yengil atletikaning 4x100 metrga o‘g‘il bolalar o‘rtasida estafetaga yugurish bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasi  46,81 sek natija ko‘rsatib II-o‘rinni egalladilar.

Sportchilar Ilya Sirenko ( murabbiyi Yelena Drozdova), Amir Ishonxo‘jaev (murabbiyi Kuzmin Anatoliy Georgievich) , Rustam Abdullaev  va Servar Meilievlar.

Qiz bolalar jamoasi 4x400 metr estafetaga yugurish bo‘yichafaxrli II-o‘rinni egalladilar ularning natijalari 4:03.98 sek.

Namangan viloyatidan Moxidil Mamajonova, Navoiy viloyatidan Visola Sanoeva va Karina Karimovalar, Qashqadaryo viloyati sportchisi Niginabonu Qanoatova.

Bronza medal soxiblari:

Toshkent shahri sportchisi Amir Ishonxo‘jaev  100 m 11,92 sek va 200 m 23,92 seklarga yugurishda III-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Murabbiyi Kuzmin Anatoliy Georgievich.

Navoiy viloyati sportchisi Karina Karimova 100 metrga yugurishda – 12,88sek natijaga erishdi. murabbiylari Sanjar Aslanov va Zulfizar Aslanova.

Farg'ona viloyati sportchisi Islom Tilaboldiev 400 metr masofaga 53,46 sek.

Murabbiyi Axatjon Maxsumov Abdumalikovich

Farg'ona viloyati sportchisi  Ruxshona Muxamedinova 3000 metrga yugurishda 10:43.37 sek.

Murabbiyi Axatjon Maxsumov Abdumalikovich.

Namangan viloyati sportchisi Maftuna Axmedova 800 metrga yugurishda 2:14.20sek. 

Murabbiyi Ravshan Xolmatovich Hakimov.

Farg‘ona viloyati sportchisi Asadbek Xaliljonov  800 metrga yugurishda 2:04.56 sek. Murabbiyi Axatjon Maksumov Abdumalikovich.

4x100 metr estafetaga yugurish bo‘yicha  qizlar jamoasi 51,08 sek natija bilan III- o‘rinni egalladilar.

Sportchilar:  Navoiy viloyati  Karina Karimova, Namangan viloyati Sofiya Nikolaeva, Farg‘ona viloyati Shahribonu Qambarova  va Buxoro viloyatidan Jasmina Kiyomovalar ishtirok etdilar.

VII Xalqaro “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari musobaqasida  muvaffaqiyatli ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritib xalqaro arenalarda O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga ko‘tarib ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritgan terma jamoa a'zolarini, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi,  Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va Respublikamizning barcha sporchi hamda murabbiylari nomidan  Sizlarni va murabbiylaringizni chin qalbdan tabriklaymiz. Kelgusida  yanada ulkan yutuqlarni kutib qolamiz.

Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishda o'rinbosarlar jamoasi katta murabbiyi Sibagatullina Albina Salavatovna, jamoa psixologi va sport menejeri Andreeva Naira Talgatovna va  RSVSM direktori Kutybaev Erkinbay Menglibaevichga shuningdek, xalqaro musobaqada milliy terma jamoa a'zolariga yaqindan ko‘maklashgan va ularga sharoitlar yaratib berishda amaliy yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.




Ўзбекистоннинг саккизта шаҳрида югуриш мусобақаси бўлиб ўтди 26.06.2022 15:52

 

 

ЎЗБЕКИСТОННИНГ САККИЗТА ШАҲРИДА YANGI NAFAS ЮГУРИШ МУСОБАҚАСИ БЎЛИБ ЎТДИ

2022 йилнинг 26 июн куни республиканинг саккизта шаҳрида бир вақтда, Ўзбекистон Ёшлар куни ва Олимпия куни Халқаро спорт байрамига бағишланган Yangi Nafas спорт югуриш мусобақаси бўлиб ўтди.

«Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз!» шиори остида, Чирчиқ, Гулистон, Фарғона, Наманган, Жиззах, Самарқанд ва Шаҳрисабзда 20 мингдан зиёд инсон Yangi Nafas югуриш мусобақасида иштирок этди. Tошкент Yangi Nafas югуриш мусобақасининг 5 мингдан ортиқ иштирокчисини қабул қилди. Мактаб ўқувчилари ва талабалар, жамоат арбоблари ва тадбиркорлар, спортчилар ва шунчаки ҳаваскорлар ушбу спорт байрамига қўшилдилар. Иштирокчилар билан биргаликда Оксана Чусовитина, Шаҳрам Ғиёсов, Асал Сапарбаева, Равшан Ирматов, Дилшод Собиров, Руслан Нуриддинов ва Акбар Жўраев каби машҳур спортчилар ҳам югуриш мусобақасига қатнашди.

img_3354.jpg

Халқаро Олимпия қўмитаси президенти Томас Бах тадбир очилишида югуриш мусобақасининг иштирокчиларига табрик нутқи билан мурожаат қилди. Ўзининг видео мурожаатида у барчани, бугунги кунда ХОҚ иштирокчилари – 205 та мамлакатни бирлаштириб турувчи, Халқаро Олимпия куни билан табриклаб, ёш авлодни спортни ҳаётларининг ажралмас қисмига айлантиришга давъат қилди.

Шунингдек, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Спортни ривожлантириш вазирлиги ва Ёшлар ишлари агентлиги раҳбарияти ҳам табрик сўзи билан чиқди. Таъкидлаб ўтилганидек, президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йилдаги ташаббуси билан Ёшлар кунининг нишонланиши, шу жумладан, ёшлар онгида фаол ва соғлом турмуш тарзига бўлган интилишларини мустаҳкамлашга қаратилган.

img_3391.jpg

Югуриш мусобақаси мобайнида Sport TV телеканалида Ўзбекистонда илк маротаба ҳудудларда бир вақтда Yangi Nafas югуриш мусобақасининг ўтказилиши жорий эфирда узатилди. Тошкентдаги Humo Arena майдонининг ҳудудида ҳар битта иштирокчи-шаҳарларининг ҳар биридан онлайн-трансляция амалга оширилди.

«Yangi Nafas спорт тадбирининг янги форматда, яъни бир вақтда югуриш мусобақаси сифатида ташкил этилиши  янада кўпроқ шаҳар ва вилоятларни қамраб олишга имконият берди, - деб таъкидлади Енгил атлетика федерациясининг Бош котиби Камолиддин Рўзимуҳаммедов, - Мусобақани ўтказишга техник тайёргарлик анча вақт эгаллаб, ташкиллаштириш жараёнига янада жиддий ёндашишни талаб қилди, бироқ, шу билан бир қаторда, биз ҳудудлардаги фаол ва истеъдодли ёшларни оммавий спортга жалб қилишга муваффақ бўлдик».

Спорт трассасининг пухта равишда тайёрланиши, шунингдек, имкониятлари чекланган югурувчиларнинг хавфсиз ва қулай шароитларда иштирок этиш имкониятини таъминлади. Адлия вазирлиги кўмагида ҳар бир ҳудудда югуриш мусобақасида ногиронлиги бор инсонларнинг жамоатчилик бирлашмалари иштирок этди.

Ҳасан Ортиқов, Енгил атлетика федерацияси спортни мониторинг қилиш бўйича мутахассис бошчилигидаги ҳакамлар жамоаси ҳакамликни World Athletics Халқаро ассоциациясининг оммавий спорт тадбирлари учун тасдиқланган қоидаларига асосланган ҳолда амалга оширди.

Тошкентдаги югуриш мусобақасида биринчи ўринни 9:31:81 ва 12:58:63 натижалари билан Шаҳром Абдуллаев ва Ангелина Насибуллина эгаллади. Асосий совринли ўринлардан ташқари, ташкилотчилар томонидан қуйидаги махсус номинациялар жорий этилди: «Ғалабага ирода учун», «Энг ёш иштирокчи», «Энг ёши катта иштирокчи». Тошкент ва ҳудудлардаги барча ғолибларга қимматбаҳо ва эсдалик совғалари топширилди.

img_3442.jpg

img_3486.jpg

img_3445.jpg

Yangi Nafas югуриш пойгасининг ташкилотчилари сифатида Тошкент ш. ҳокимияти, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Спортни ривожлантириш вазирлиги, «Ўзбекнефтегаз» АЖ, Адлия вазирлиги, Ёшлар ишлари агентлиги, Миллий Олимпия қўмитаси, Енгил атлетика федерацияси, ҳамда югуриш мусобақасининг иштирокчи шаҳарларининг ҳокимиятлари иштирок этди.

Yangi Nafas спорт байрами рақслар флешмоби ва эстрада юлдузлари иштирокидаги концерт дастури билан якунланди. 

* * * * *

O‘ZBEKISTONNING SAKKIZTA SHAHRIDA YANGI NAFAS YUGURISH MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

2022-yilning 26-iyun kuni respublikaning sakkizta shahrida bir vaqtda, O‘zbekiston Yoshlar kuni va Olimpiya kuni Xalqaro sport bayramiga bag‘ishlangan Yangi Nafas sport yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

«Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!» shiori ostida Chirchiq, Guliston, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Samarqand va Shahrisabzda 20 mingdan ziyod inson Yangi Nafas yugurish musobaqasida ishtirok etdi. Toshkent Yangi Nafas yugurish musobaqasining 5 mingdan ortiq ishtirokchisini qabul qildi. Maktab o‘quvchilari va talabalar, jamoat arboblari va tadbirkorlar, sportchilar va shunchaki havaskorlar ushbu sport bayramiga qo‘shildilar. Ishtirokchilar bilan birgalikda Oksana Chusovitina, Shahram G‘iyosov, Asal Saparbaeva, Ravshan Irmatov, Dilshod Sobirov, Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘raev kabi mashhur sportchilar ham yugurish musobaqasiga qatnashdi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tadbir ochilishida yugurish musobaqasining ishtirokchilariga tabrik nutqi bilan murojaat qildi. O‘zining video murojaatida u barchani, bugungi kunda XOQ ishtirokchilari – 205 ta mamlakatni birlashtirib turuvchi, Xalqaro Olimpiya kuni bilan tabriklab, yosh avlodni sportni hayotlarining ajralmas qismiga aylantirishga dav'at qildi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati ham tabrik so‘zi bilan chiqdi. Ta'kidlab o‘tilganidek, prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yildagi tashabbusi bilan Yoshlar kunining nishonlanishi, shu jumladan, yoshlar ongida faol va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Yugurish musobaqasi mobaynida Sport TV telekanalida O‘zbekistonda ilk marotaba hududlarda bir vaqtda Yangi Nafas yugurish musobaqasining o‘tkazilishi joriy efirda uzatildi. Toshkentdagi Humo Arena maydonining hududida har bitta ishtirokchi-shaharlarining har biridan onlayn-translyasiya amalga oshirildi.

«Yangi Nafas sport tadbirining yangi formatda, ya'ni bir vaqtda yugurish musobaqasi sifatida tashkil etilishi  yanada ko‘proq shahar va viloyatlarni qamrab olishga imkoniyat berdi, - deb ta'kidladi Yengil atletika federatsiyasining Bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov, - Musobaqani o‘tkazishga texnik tayyorgarlik ancha vaqt egallab, tashkillashtirish jarayoniga yanada jiddiy yondashishni talab qildi, biroq, shu bilan bir qatorda, biz hududlardagi faol va iste'dodli yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga muvaffaq bo‘ldik».

Sport trassasining puxta ravishda tayyorlanishi, shuningdek, imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilarning xavfsiz va qulay sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta'minladi. Adliya vazirligi ko‘magida har bir hududda yugurish musobaqasida nogironligi bor insonlarning jamoatchilik birlashmalari ishtirok etdi.

Hasan Ortiqov, Yengil atletika federatsiyasi sportni monitoring qilish bo‘yicha mutaxassis boshchiligidagi hakamlar jamoasi hakamlikni World Athletics Xalqaro assosiasiyasining ommaviy sport tadbirlari uchun tasdiqlangan qoidalariga asoslangan holda amalga oshirdi.

Toshkentdagi yugurish musobaqasida birinchi o‘rinni 9:31:81 va 12:58:63 natijalari bilan Shahrom Abdullayev va Angelina Nasibullina egalladi. Asosiy sovrinli o‘rinlardan tashqari, tashkilotchilar tomonidan quyidagi maxsus nominasiyalar joriy etildi: «G‘alabaga iroda uchun», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yoshi katta ishtirokchi». Toshkent va hududlardagi barcha g‘oliblarga qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangi Nafas yugurish poygasining tashkilotchilari sifatida Toshkent sh. hokimiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, «O‘zbekneftegaz» AJ, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yengil atletika federatsiyasi, hamda yugurish musobaqasining ishtirokchi shaharlarining hokimiyatlari ishtirok etdi.

Yangi Nafas sport bayrami raqslar fleshmobi va estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.




Sportchilarimizning Yevropadagi startlari 23.06.2022 21:25

 

 

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yetakchi atletlari Roksana Xudoyarova (uch hatlab sakrash), Yekaterina Voronina (yetti kurash), Safina Sa’dullayeva (balandlikka sakrash) va Dariya Reznichenko (uzunlikka sakrash) 25 may – 22 iyun kunlari yengil atletika bo‘yicha bir qator Yevropa mamlakatlarida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdi.

roksana_hudoyarova_12

 Roksana Xudoyarova ilk startini Gretsiyaning Kalliteya shahrida boshladi, Ungacha u uzoq Avstraliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lib, uchta bahorgi startda qatnashdi va ularning barchasida g‘alaba qozondi: 5 mart kuni Kvinslend shtati chempionatida 13.60 natija bilan, 1 aprelda 13,54 ko'rsatib Avstraliya ochiq chempionati g'olibasiga aylandi. Shundan so‘ng u Singapurga muvaffaqiyatli uchib ketdi va u erda 13,76 natija bilan Avstraliya ochiq chempionatida g'olib chiqdi.

Kalifea shahridagi 12-xalqaro Jumping uchrashuviga Roksana musobaqa arafasida uchib keldi. Yetti soatlik vaqt farqidan charchoq, Avstraliyadan Singapurga sakkiz soatlik parvoz, transfer va keyin Singapurdan Gretsiyaga o'n ikki soatlik parvoz uning chiqishlariga ta'sir qildi, ammo Roksana o'zini yig'ib, ruxsat etilgan shamollar bilan (+1,3m/s)  - 13,68 natija bilan beshinchi o'rinni egallaydi va mavsumda eng yaxshi natijasini ko'rsatdi. Natija, joriy Osiyo mavsumidagi ikkinchi natija, bo'ldi. To‘rt kun ichida Roksana yana ikkita startda qatnashdi, 27-may kuni Polshada Poznan shahridagi turnirda 13.45 natija bilan yana beshinchi o‘rinni va 29-may kuni Fransiyaning Forbach shahrida bo‘lib o‘tgan “Meeting de Forbach” xalqaro turnirida 13,45 natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Воронина-5

Yekaterina Voronina ikkita oltin toifadagi ko'pkurash musobaqalarida (dunyoning eng yaxshi sportchilari darajasi) ishtirok etdi.

28-29 may kunlari Avstriyaning Gyotzis shahrida o‘tkazilgan Hypomeeting turnirida Yekaterina birinchi kuni to‘siqlar osha 100 metrga 14,42 (920)ga yugurdi, balandlikka sakrashda u 1,77 (941) natija ko‘rsatdi, yadro uloqtirishda 13, 37 (752) va 200 m masofada 25,18 (870) natija bilan birinchi kunni yakunladi. Ikkinchi kuni uzunlikka sakrashda 5,82 (795), nayza uloqtirishda 47,10 (804) va 800 metrga yugurishda 2:14,35 (902) natija qayd etildi. Umumiy hisobda Yekaterina Voronina 5984 ball to‘pladi va joriy 2022 yil uchun Osiyo qit’asi yetakchisiga aylandi.

Arona shahrida Xalqaro turnir Internacional Arona Pruebas Combinadas Tenerife, jahon yengil atletika musobaqasining Oltin turnirining Ispaniya bosqichi 4-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.

Yekaterina Voronina dasturlarda quyidagi natijalar bilan 100 metr - 14,50 sekund (909), balandlik - 1,73 (801), yadro uloqtirish - 13,64 (770), 200 metr - 25,52 (840), uzunlik - 6,02 (856) , nayza uloqtirish – 50,45 (869), 800 metr 2:11,90 (937), jami 6072 ball to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab, joriy yilda Osiyoning eng yaxshi sportchilari ro‘yxatida peshqadamligini mustahkamladi.

safina_sadullaeva_2022

Safina Sa’dullayeva uchta startda ishtirok etdi. 2-iyun kuni Fransiyaning  Monreal shahrida bo‘lib o‘tgan International Silver Level Tournament Meeting international d’athlétisme de Montreuil turnirida u 1,86 balandlikni zabt qilib ikkinchi o‘rinni egalladi. Safina 1.80 balandlikdan boshlandi. U 1,83 va 1,86 balandliklarni birinchi urinishlardayoq oldi va keyingi 1,89 balandlik unga bo'ysunmadi.

Uning ikkinchi starti Germaniyaning Relingen shahrida o‘tkazilgan “57th International Pentecost Sport Meeting Rehlingen” 57-xalqaro sport festivali bo‘ldi va Safina Sadulaeva 1,88 natija bilan musobaqa g‘olibasiga aylandi.

22 iyun kuni Safina Sa’dullaeva Chexiyaning Brno shahri markazida, Olimpiya maydonida o‘tkazilgan 26-ROČNÍK BRNĚNSKÉ LAŤKY OLYMPIE turnirida start oldi. Safina 1,84, 1,88 va 1,91 balandliklarda to‘sinni osonlik bilan yengib o‘tdi va ularni birinchi urinishlardanoq zabt qildi va joriy mavsumda o‘zining eng yaxshi natijasini ko‘rsatdi. Keyingi 1,94 balandlik unga bo‘ysunmadi. 1,91 balandlik bilan u jahon mavsumi yetakchilari Yaroslav Maguchiy va mos ravishda 2,03 va 1,97 natijaga ega Irina Gerashchenkolardan keyin, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

reznichenko_darya_2

Daria Reznichenko 24-may kuni Chexiyaning Turnov shahridagi Ludvik Danek memorialida, 2-iyun kuni Avstriyaning Eyzenshtadt shahridagi Raiffeisen Austrian Open turnirida 4-iyun kuni Jaen shahrida boʻlib oʻtgan beshta xalqaro turnirda, uchta bronza va ikkita chellenjerdan boshladi. Ispaniyaning Andujar shahrida Paraiso turniri, 8-iyun kuni Finlyandiyaning Espoo shahrida Espoo Motonet GP Gran-prisida va 11-iyun kuni “Oltin chivin” turkumiga kiruvchi uzunlikka va uch hatlab sakrash boʻyicha Innsbrukdagi 18-xalqaro Golden Roof Challenge musobaqasida seriyali va Avstriyaning Innsbruk shahri markazida, Mariya Teresyen ko'chasidagi Anna ustuni oldida 83 metr uzunlikdagi gilam bilan yotqizilgan dunyodagi eng yirik "FlySwat" ko'chma yengil atletika majmuasida bo'lib o'tdi. Chexiya va Finlyandiyada Daria musobaqa g‘olibi bo‘ldi, Avstriyada u birinchi startda uchinchi o‘rinni egalladi, Ispaniyada va Avstriyada ikkinchi startda shohsupadan bir qadam uzoqda qoldi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Eng yaxshi natija – 6,37 metrni Eyzenshtadtdagi turnirda ko‘rsatdi.




Саккизта шаҳарида бир пайтда байрамга бағишланган югуриш мусобақаси бўлиб 21.06.2022 14:58

 

 

"Yangi Nafas": 26 июнь куни Ўзбекистоннинг саккизта шаҳарида бир пайтда байрамга бағишланган югуриш мусобақаси бўлиб ўтади

2022 йилнинг 26 июнь куни республиканинг саккизта шаҳрида бир пайтда Ўзбекистон Ёшлар кунини ва “Олимпия куни” Халқаро спорт байрамини нишонлашга бағишланган "YangiNafas" спорт югуриш мусобақаси бўлиб ўтади. Югуриш мусобақасининг расмий шиори - Бир ватанда, бир вактда, бир хил масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз!  

2017 йилда президент Шавкат Мирзиёевнинг ташаббуси билан ўтказилиб бошланган Ёшлар куни Ўзбекистон миллий байрамлари календаридан мустаҳкам ўрин эгаллади ва бугунги кунда мамлакатнинг деярли 60 фоиз аҳолисини бирлаштирмоқда. Ёш аудиторияни кенг қамраб олиш ва енгил атлетикага қизиқишини ошириш мақсадида бу йили илк маротаба "Yangi Nafas" машҳур лойиҳаси Ёшлар куни тадбирлари дастурига қўшилди. Ташаббус 2020 йилда Ўзбекистон Республикаси Енгил атлетика федерацияси томонидан, оммавий спортни ривожлантириш учун кенг кўламли спорт ҳаракати сифатида жорий этилган эди (Aral Marathon, Save Aral ва бошқалар).

Олимпия куни – бу Олимпия ҳаракатига бағишланган анъанавий спорт байрами. Ушбу кун дунё бўйлаб нишонланадиган энг оммавий байрамлардан бири бўлиб, у Халқаро Олимпия қўмитасининг 205 та иштирокчи-мамлакати томонидан нишонланади. Жисмоний маданият ва спортга қизиқиш билдирган ҳамда соғлом турмуш тарзи ғояларини қўллаб-қувватлайдиган миллионлаб инсонлар турли хил акциялар ва мусобақаларда иштирок этади. 2022 йилда байрам «Биргаликда, бутун дунёда тинчлик бўлиши учун» - #MoveForPeace шиори остида ўтмоқда.  

"Yangi Nafas" спорт югуриш мусобақаси ушбу йили тамоман янги форматда бўлиб ўтади. Фарғона, Наманган, Чирчиқ, Гулистон, Жиззах, Самарқанд, Шаҳрисабз ва Тошкентнинг марказий кўчалари бўйлаб бир вақтнинг ўзида 16 000 дан ортиқ инсон югуради. Югуриш мусобақасида умумий таълим ва спорт мактабларининг ўқувчилари, олийгоҳларнинг талабалари, жамоат арбоблари иштирок этади. Биринчи маротаба югуриш мусобақасининг жонли эфирда узатилиши ташкил этилади. Югуриш масофаси 3 км ни ташкил қилади. Иштирокчиларни рўйхатдан ўтказиш жараёни 06:30 да, тадбирнинг ўзи эса – 07:30 да бошланади. Масофа ғолиблари қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Тошкентда "Yangi Nafas" югуриш мусобақасининг старт нуқтаси бўлиб, Афросиёб ва Бешёғоч кўчаларининг кесишиш жойида жойлашган Humo Arena спорт-кўнгилочар мажмуасининг майдони ҳисобланади.

"Yangi Nafas" спорт югуриш пойгасида истаган ҳар бир инсон иштирок этиши мумкин. Спорт трассасининг пухта равишда тайёрланиши шунингдек имкониятлари чекланган югурувчиларнинг хавфсиз ва қулай шароитларда иштирок этиш имкониятини таъминлайди.  

«Спорт, биринчи навбатда, бу ёшлик дегани, - деб таъкидлайди Андрей Абдувалиев, Ўзбекистон Енгил атлетика федерацияси раисининг ўринбосари, - Ва бизнинг асосий тарбияланувчиларимиз ёш авлод вакилларидир. Биз, ўз тажрибамиздан ва амалиётимиздан келиб чиқиб, уларга энг яхшисини берамиз. Таъкидлаб ўтиш жоизки, енгил атлетика Ўзбекистон ёш авлодининг салоҳиятини амалга ошириш ва ривожлантириш учун энг самарали соҳалардан бири бўлиб ҳисобланади. Бундай форматдаги оммавий тадбирларнинг ўтказилиши ёшларга соғлом турмуш тарзини қўллаб-қувватлаш ва спортда ўз кучини синаб кўриш учун имконият беради».

Югуриш мусобақаларига ҳар бир шаҳарда малакали ҳакамлар, мураббийлар ва Енгил атлетика федерацияси томонидан тайёрланган волонтерлар жамоаси жалб қилинади. "Yangi Nafas" деб номланган бир вақтда югуришмусобақасирақслар флешмоби билан якунланади.

"Yangi Nafas" югуриш мусобақасининг асосий ташкилотчилари сифатида Тошкент шаҳар ҳокимияти, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси спортни ривожлантириш вазирлиги, “Ўзбекнефтгаз” АЖ, Адлия вазирлиги, Ёшлар ишлари агентлиги, Миллий Олимпия қўмитаси ва Енгил атлетика федерацияси иштирок этади.

darakchi.uz




Pages: Birinchi Oldingi ... 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... Keyingi Oxirgi
Надия Дусанова
Светлана Радзивил и Надия Дусанова
Юлия Тарасова
Светлана Радзивил
  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
НАШИ ПАРТНЕРЫ:
Партнер 1
Партнер 2
Партнер 3
Партнер 4
Партнер 5